Ijtimoiy -gumanitar va mutaxassislik fanlari



Yüklə 85,11 Kb.
səhifə6/13
tarix30.05.2023
ölçüsü85,11 Kb.
#114158
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
UMARBEK NIYOZMATOVNING KURS ISHI (3) (2)

3.Tarkibiy inqirozlar.
Iqtisodiyotdagi inqirozlardan bir kurinishi yoki uning bir turi tarkibiy inqirozlardir. Bu inqirozlarni ishlab chiqarishlarning ayrim sohalari bilan tarmoqlar rivojlanishi o’rtasidagi chuqur nomutanosibliklar keltirib chiqaradi. Tarkibiy inqirozlar bilan iqtisodiy tebranishlar va shu jumladan iqtisodiy faolikning mavsumiy tebranishlar ham mavjud bo’ladi. Masalan bayramlar arafasidagi harid qilish, istemolchilik tovarlarning faollik suratida, asosan chakana savdoda sezilarli har yillik tebranishlarga olib keladi. Qishloq ho’jaligi, avtomobil sanoati, qurilish ham qandaydir darajada mavsumiy tebranishlarga duchor bo’ladi. Iqtisodiy faolik iqtisodiyotdagi uzoq muddatli tamoillarga, yani uzoq muddatli davr, masalan 25, 50 yoki 100 yil davomida iqtisodiy faollikni ortishi yoki pasayishiga bog’liq. Bu yerdashuni takidlash lozimki, ayrim mamlakatlarda (masalan AQSh) o’zoq muddatli tamoil sezilarli iqtisodiy o’sish bilan xarakterlansa, boshqalari uchun iqtisodiy o’sishning sekinlashuvi xos iqtisodiy faolikning tebranishni tushuntiruvchi ko’plab qarashlar mavjud bo’lishiga qaramasdan ko’pchilik iqtisodchilar, ishlab chiqarishlar va bandlik darajasini bevosita aniqlovchi omil umumiy yoki yalpi sarflar darajasi hisoblanadi, deb tasdiqlaydi.
Kitchin sikli – zahiralar sikli deb ham nomlanadi. Bunda Kitchin moliyaviy hisoblar va tovar zahiralari harakatida sotish narhlarini tahlil qilish asosida 2 yildan 4 yilgacha davr davomidagi qisqa to’lqinlarni tadqiq qilishga o’zining e’tiborini qaratadiJuglar sikli – biznes – sikl, sanoat sikli, o’rtacha sikl va katta sikl kabi nomlar bilan ham ataladi. Oldingi davrlarda iqtisodiy fan 7 – 12 yillik sikllarni ajratib ko’rsatganligi tufayli, aynan shu sikl Fransuz, Angliya va AQShda foiz stavkalari va narhdan tebranishlarni asosiy tahlil qilish asosida sanoat siklining tabiatini o’rganishga katta hissa qo’shgan. K. Juglar (1819 – 1905 y) nomi bilan ataladi. Odatda iqtisodiy inqirozlardan sanoatning ishlab chiqarish vositalari va uzoq muddatlifoydalaniladigan iste’molchilik tovarlari ishlab chiqaradigan tarmoqlari ko’proq yo’qotishga uchraydi. Uy – joy va sanoat binolari qurilishi, og’ir mashinasozlik hamda investision tovarlar, avtomobillar, maishiy xo’jalik buyumlari va shunga o’xshash tovarlar ishlab chiqarish bilan bog’liq sanoat tarmoqlari va ularda band bo’lgan ishchilar siklning inqiroz fazasida og’ir oqibatiga uchraydi. Biroq, bu tarmoqlar siklning yuksalish fazasida o’zining rivojlanish uchun yuqori darajada raqobat oladi.
Iqtisodiyot qiyinchilikni boshdan kechira boshlaganda, ishlab chiqaruvchilar ko’pincha zamonaviy uskunalarni sotib olishni va yangi zavodlar qurishni to’xtatadi yoki qandaydir muddatga kechiktirishi mumkin. Bunday kon’yunktura sharoitda investision tovarlar zahiralarini ko’paytirish hyech qanday iqtisodiy mazmunga ega emas, aksincha korxonalar mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan ancha to’laroq foydalanishlari mumkin bo’ladi.
Iqtisodiy jihatdan qo’lay davrlarda yani sikilning jonlanishi va yuksalish fozalarida ishlab chiqarish vositalari odatda ular to’liq eskirganiga almashtiriladi. Ammo inqiroz davri kelganda korxonalar o’zining eskirgan uskunalarini ta’mirlab, ularni ishga tushiradi. Shu sababli bu davrda ishlab chiqarish vositalariga investitsiyalar keskin qisqaradi. Ortiqcha ishlab chiqarish quvatlari mavjud bo’lgan ayrim korxonalar, xatto istemol qilingan asosiy kapitalning o’rnini asosiy kapitalining o’rnini qoplashga ham harakat qilmaydi.
Qisqa muddatli foydalanadigan istemolchilik tovarlari ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlari siklining oqibatlarini nisbatan kamroq darajada sezadi. Aholi yoki keng istemolchilar qatlamiga iqtisodiy sikil turlicha ta’sir ko’rsatadi. Inqiroz davri boshlanganda, doimiy doromad oluvchi istemolchilar oila byudjetini qisqartirishga to’g’ri keladi, maishiy texnika va avtomashina kabi uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarni harid qilishni to’xtatadi. Har qanday sharoitda ham oila a’zolarini yeb-ichishi va keyinishi zarurligi tufayli oziq-ovqat mahsulotlari va keyim kechaklar, yani qisqa muddatda foydalanadigan istemolchilik tovarlarini harid qilishni to’xtatish mumkin emas. Faqat bunday tovarlarini harid qilish miqdori qandaydir darajada kamayishi mumkin.
Investision tovarlar va uzoq muddat foydalaniladigan istemolchilik tovarlari ishlab chiqaruvchi ko’pchilik sanoat tarmoqlari yuqori darajada manopol mavqiyega egaligi bilan farqlanadi va natijada bozorda nisbatan ko’p bo’lmagan yirik firmalar ma’lum davr davomida narxning pasayishiga qarshi turishi, talabning kamayishi sababli mahsulot chiqarish hajmini cheklash uchun yetarlicha manopol xukumdorlikka ega bo’lishi mumkin. Shu sababli talabaning kamayishi birinchi navbatda ishlab chiqarish va bandlilik darajasiga ta’sir ko’rsatadi. Bunga teskor bo’lgan holatni qisqa muddatli foydaniladigan istemolchilik tovarlari ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlarida kuzatish mumkin. Bu tarmoqlarning ko’pchiligi o’zlarining raqobatga layoqatsizligi va ishlab chiqarish markazlashuvi darajasining pastligi bilan harakterlanadi. Shu sababli ular siklining salbiy oqibatlariga qarshi tura olmasligi mumkin va mahsulotlarga talabning pasayishi ishlab chiqarish darajasiga qaraganda narxlarda ko’proq aks etadi.
Ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibini tubdan o’zgartirishga qodir bo’lgan texnologiya, tadqiqotlar va inovatsiyalardagi qudratli o’zgarishlar. Iqtisodiy sikllarni tashqi omillarning mavjudligi bilan tushuntiruvchi nazariyani eksternal nazariya deb atash qabul qilingan. Internal nazariya iqtisodiy sikllarni iqtisodiy tizimning o’ziga xos ichki omillar tug’diradi deb hisoblaydi.
Asosiy kapitalning jismoniy xizmat muddati, ko’pchilik iqtisodchilar tamonidan (iqtisodiy tizimning o’ziga xos ichki omillar to’g’risida deb hisoblaydi). Iqtisodiy siklni tug’diruvchi muxim omillardan biri sifatida qaraladi. Agar bir yoki bir necha tarmoqda mashina uskunalarga talabning keskin ortishi keltirib chiqaradigan iqtisodiy o’sish boshlansa to’liq tabiyki bu xol mashina va uskunalar to’liq eskiradigan har 10-15 yildan keyin takrorlanadi.
Boshqa ichki omillardan qo’yidagilar ajratib ko’rsatiladi.
-Shaxsiy istemolning o’zgarishi (qisqarish yoki kengayish);
-Investisiyalar, yani ishlab chiqarishni kengaytirish, uni yangilash va yangi ish joylarni vujudga keltirishga yo’naltiriladigan mablag’lar hajmi.
-Ishlab chiqarish talab va takliflar hajmiga ta’sir ko’rsatishga qaratilgan davlatning iqtisodiy siyosatining o’zgarishi iqtisodiy sikilning kelib chiqishini faqat eksternal yoki internal nazariya orqali tushuntirish ko’lami tug’ri emas. Iqtisodiy sikl va umuman iqtisodiy tizimdagi miqdoriy va sifat o’zgarishlar tashqi va ichki omillar oqibatida kelib chiqish mumkin emas. Demak kapitalning to’planishi yuqori darajada bo’lgan tarmoqlarda ishlab chiqarish hajmining keskin pasayishi va narxlarning nisbatan sekin tushishi, to’planish darajasi past bo’lgan tarmoqlarda narxlarning sezilarli tushishi va mahsulot ishlab chiqarish hajmining nisbatan kam qisqarishi kuzatiladi.



Yüklə 85,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə