Ijtimoiy -gumanitar va mutaxassislik fanlari


Iqtisodiy inqirozlardan chiqish va iqtisodiyotni



Yüklə 85,11 Kb.
səhifə9/13
tarix30.05.2023
ölçüsü85,11 Kb.
#114158
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
UMARBEK NIYOZMATOVNING KURS ISHI (3) (2)

5.Iqtisodiy inqirozlardan chiqish va iqtisodiyotni
barqarorlashtirish yo‘llari.
Inqiroz — taraqqiyotda orqaga ketish, tanazzul. Har qanday obʼyekt oʻzining rivojlanishi mobaynida paydo boʻlish, ulgʻayish, pasayish va halok boʻlish bosqichlaridan oʻtadi. Har qanday tizim (obʼyekt)ning nisbatan yuqori darajada shakllangan holatidan quyi darajadagi holatga oʻtish jarayoni inqiroz davri deyiladi. Ijtimoiy tizimlardagi inqirozlarga differensial yondashish kerak. Iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, maʼnaviy sohalardagi inqirozlar, odatda, mustaqil roʻy beradi, baʼzan esa hammasi kompleks tarzda baravar boʻladi. Jahon bankining ma’lumotlariga ko‘ra, jahon iqtisodiyoti oxirgi 50 yilda to‘rt marotaba tashqi qarz to‘lqinini boshidan kechirdi. Shundan, dastlabki uchtasi inqirozlar bilan yakunlandi. Ularning oxirgisi sifatida 2010 yildan buyon rivojlanayotgan mamlakatlarda qarz to‘lqini - o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqdi. 2018 yilda jami qarz 54 foiz punktga oshdi. Joriy past foizli stavkalar yuqori qarz muammolarini bartaraf etishda asosiy vosita bo‘lishi mumkin. Hozirgi kunga qadar iqtisodiy inqirozlar turli moliyaviy instirumentlarning nobarqarorligidan kelib chiqqan bo‘lsa, joriy davrdagi inqirozni yuzaga kelishi tamomila o‘zgacha tus olganligi bilan farqlanadi. Dunyoning yetakchi fond bozorlarida eng yirik kompaniyalar indekslari va aksiyalarning bozor qiymati halokatli darajada tushib ketishiga olib keldi. Bularning barchasi, o‘z navbatida, ko‘plab mamlakatlarda ishlab chiqarish va iqtisodiy o‘sish sur’atlarining keskin pasayib ketishi bilan bog‘liq ishsizlik va boshqa salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi.
Hozirgi vaqtda bir qator yetakchi tahlil va ekspertlik markazlari global moliyaviy inqiroz holatini va uning yuz berishi mumkin bo‘lgan oqibatlariga doir materiallarni o‘rganish va umumlashtirish natijasida quyidagi xulosalarga kelmoqda.
Birinchidan, moliya-bank tizimidagi inqiroz jarayonlari deyarli butun dunyoni qamrab olayotgani, retsessiya va iqtisodiy pasayishning muqarrarligi, investitsiyaviy faollik ko‘lamining cheklanishi, talab va xalqaro savdo hajmining kamayishi, shuningdek, jahonning ko‘plab mamlakatlariga ta’sir ko‘rsatadigan jiddiy ijtimoiy talafotlar sodir bo‘lishi mumkinligi o‘z tasdig‘ini topmoqda.
Ikkinchidan, avj olib borayotgan global moliyaviy inqiroz jahon moliya-bank tizimida jiddiy nuqsonlar mavjudligi va ushbu tizimni tubdan isloh qilish zarurligini ko‘rsatdi. Ayni vaqtda bu inqiroz asosan o‘z korporativ manfaatlarini ko‘zlab ish yuritib kelgan, kredit va qimmatbaho qog‘ozlar bozorlarida turli spekulyativ amaliyotlarga berilib ketgan banklar faoliyati ustidan yetarli darajada nazorat yo‘qligini ham tasdiqladi.
Uchinchidan, moliyaviy-iqtisodiy inqirozning har qaysi davlatdagi miqyosi, ko‘lami va oqibatlari qanday bo‘lishi ko‘p jihatdan bir qancha omillardan kelib chiqadi. Ya’ni, bu avvalo, ana shu davlatning moliya-valyuta tizimi nechog‘liq mustahkam ekaniga, milliy kredit institutlarining qay darajada kapitallashuvi va likvidligi (to‘lov imkoniga), ularning chet el va korporativ bank tuzilmalariga qanchalik qaram ekaniga, shuningdek, oltin-valyuta zaxirasining hajmi, xorijiy kreditlarni qaytarish qobiliyati va pirovard natijada — mamlakat iqtisodiyotining barqarorlik, diversifikatsiya va raqobatga bardoshlik darajasiga bog‘liq.
To‘rtinchidan, jahon moliyaviy inqirozidan imkon qadar tez chiqish, uning oqibatlarini yengillashtirish ko‘p jihatdan har qaysi davlat doirasida va umuman, dunyo hamjamiyati miqyosida qabul qilinayotgan chora-tadbirlarning qanchalik samaradorligiga, ularning bir-biri bilan uyg‘unligiga bog‘liq.

Yüklə 85,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə