I–Bob. “Kreativlik” va “kreativ pedagogika” tushunchalarining mohiyati


Pedagog kreativlik potensialining ustuvor tamoyillari



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə6/19
tarix28.11.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#134980
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
MAmura

Pedagog kreativlik potensialining ustuvor tamoyillari
Pedagogning kreativlik potensiali uning umumiy xususiyati sifatida aks etadi. U ijodiy faoliyatning dastlabki sharti va natijasi sanaladi. Mazkur sifat shaxsning o‘z-o‘zini namoyon qilish layoqatiga egalikni va tayyorlikni ifodalaydi. Qolaversa, kreativ potensial negizida har bir mutaxassisning shaxsiy qobiliyatlari, tabiiy va ijtimoiy quvvati yaxlit holda namoyon bo‘ladi. Kreativ potensial bilish jarayoniga yo‘naltirilgan ijodkorlik bilan chambarchas bog‘liq. Pedagogning kreativ potensiali an’anaviy tafakkur yuritishdan farqli ravishda quyidagilarda namoyon bo‘ladi: - tafakkurning tezkorligi va egiluvchanligi; i - yangi g‘oyalarni yaratish qobiliyati; - bir qolipda fikrlamaslik; - o‘ziga xoslik; - tashabbuskorlik; - noaniqlikka toqat qilish; Pedagog kreativlik potensialiga ega bo‘lishi uchun kasbiy faoliyatida quyidagilarga e’tiborini qaratishi zarur: - kasbiy faoliyatiga ijodiy yondashish; - yangi-yangi g‘oyalarni yaratishda faollik ko‘rsatish; - ilg‘or pedagogik yutuq va tajribalarni mustaqil o‘rganish; - hamkasblar bilan pedagogik yutuqlar xususida fikr almashish. Har bir pedagogning o‘zini o‘zi rivojlantirishi va o‘zini o‘zi namoyon eta olishi bevosita uning kreativlik qobiliyatiga egaligi bilan bog‘liq. Odatda pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo‘lishlari pedagogik muammolarni hal qilishga intilish, ilmiy-tadqiqot ishlari yoki ilmiy loyihalarni amalga oshirish va o‘zaro ijodiy hamkorlikka erishishlari orqali ta’minlanadi. Pedagog o‘z-o‘zidan ijodkor bo‘lib qolmaydi. Uning ijodkorlik qobiliyati ma’lum vaqt ichida izchil o‘qib-o‘rganish, o‘z ustida ishlash orqali shakllantiriladi va u asta-sekin takomillashib, rivojlanib boradi. Har qanday mutaxassisda bo‘lgani kabi bo‘lajak pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo‘lishlari uchun talabalik yillarida poydevor qo‘yiladi va kasbiy faoliyatni tashkil etishda izchil rivojlantirib boriladi. Bunda pedagogning o‘zini o‘zi ijodiy faoliyatga yo‘naltirishi va bu faoliyatni samarali tashkil eta olishi muhim ahamiyatga ega. Pedagog ijodiy faoliyatni tashkil etishda muammoli masalalarni echish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, shuningdek, pedagogik xarakterdagi ijod mahsulotlarini yaratishga alohida e’tibor qaratishi zarur. Muammoli masala va vaziyatlarni hal qilar ekan, pedagogning masala echimini topishga ijodiy yondashishi unda hissiy-irodaviy sifatlarning rivojlanishiga yordam beradi. Pedagog o‘z oldiga muammoli masalalarni qo‘yish orqali mavjud bilimlari va hayotiy tajribalariga zid bo‘lgan dalillar bilan to‘qnash keladi. Buning natijasida o‘z ustida ishlash, mustaqil o‘qib o‘rganishga nisbatan ehtiyoj sezadi. O‘qituvchilar darslarda talabalarning erkin fikr yuritishlarini ta’minlay olishlari kerak. Xuddi shu holatdagina ularning fikrlari kreativlik kasb etadi. “Kreativlik darslarida talabalar birgina “to‘g‘ri” javobni izlash o‘rniga o‘zlarini erkin va hotirjam sezishlari va yuzaga kelgan muammolarga turli echimlarni izlab topishlari maqsadga muvofiqdir. Qancha ko‘p g‘oya va fikrlarni o‘rtaga tashlasalar, shuncha ko‘p g‘oyalar kreativ bo‘ladi (Simonton, 1999). O‘quvchilar “Aqliy hujum” metodidan foydalanganlarida noaniqlikka duch kelishlari mumkin. Talabalarni to‘g‘ri yo‘lga yo‘naltirish va keyinchalik ularni mustaqil “sayohatga” qo‘yib yuborish ularda kreativ va, hattoki noaniq bo‘lsada, turli g‘oyalarni o‘ylab topishga bo‘lgan intilishni kuchaytiradi. CHak Djons aytganiday “Qo‘rquv xissining yuzaga kelishi kreativlikka asoslangan har qanday ishda mavjud; havotir kreativlikning xizmatkoridir” (Goleman, Kaufman, & Ray, 1992). Talabalarni yo‘naltirish talabalarda o‘qituvchiga bog‘liq bo‘lib qolmay, ularda avtomatik ravishda harakat qilish ko‘nikmasini shakllantiradi. YUqori sinf o‘quvchilari yoki yuqori kurslarining malakali talabalari jarayonni kichik alohida qism va bosqichlarga bo‘lib, yosh va tajribasiz talabalarni ruhlantirib, bu esa o‘zz o‘rnida kretivlik ko‘nikmasining shakllanishaga o‘z ta’siri o‘tkazadi (Amabile, 1998). O‘qituvchilartalabalarga manbalar bilan ta’minlash, maslahat berish, yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish, ularning progress va muvafaqqiyatini aniqlashda mezonlarni ishlab chiqishda murabbiy sifatida xizmat qiladilar. SHuningdek, yuqori kurs talabalari nafaqat ichki kreativlikni shakllantirish, balki kichik guruhlarda ishlash, kreativlik va sharhlar berishga qiziqtira oladilar ham (m: ong sayohati, tasavvur chegarasi, kelajakdagi muammolarni echish, yangilik ochmoq va kashf etmoq)”. Kreativlik potensialiga ega pedagog o‘zida quyidagi malakalarni namoyon eta oladi: - bajariladigan vazifaning mohiyati va ahamiyatini belgilay bilish; - masalaning qo‘yilishini tahlil qila olish; - masalani hal qilish rejasini tuzish; - masalani hal qilishda samarali metodlar (analiz, sintez, induksiya, deduksiya, taqqoslash va b.)larni qo‘llash; - masalani hal qilish usullarini tanlay olish; - qabul qilingan qarorning to‘g‘riligini asoslash va qayta tekshirish; - masalani hal qilishda kichik tadqiqot (izlanish)ni olib borish; - masalani hal qilish sharoiti, jarayonning borishi va masala echimi yakunlarini umumlashtirishga oid dalillarni rasmiylashtirish.

Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə