I–Bob. “Kreativlik” va “kreativ pedagogika” tushunchalarining mohiyati



Yüklə 1,1 Mb.
səhifə2/19
tarix28.11.2023
ölçüsü1,1 Mb.
#134980
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
MAmura

Predmeti; Bo’lajak pedagoglarda kreativlikni shakllantirish va rivojlantirish yo’llaridan ta’lim jarayonida samarali foydalanishning zamonaviy shakl, usul va vositalari. 
Bitiruv ishining maqsadi va vazifalari. Bitiruv ishining maqsadi: Bo’lajak pedagoglarni kreativ pedagogikaning umumiy asoslari? tamoyillari,pedagoglarda kreativlik sifatlarini rivojlantiruvchi metod,metod,vosita va texnalogiyalar bilan tanishtirish orqali ularda o’quv va ma’naviy-ma’rifiy ishlar jarayonini, talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatlarini samarali tashkil etishga nisbatan kreativ yondashish malakalarini rivojlantirish. Bitiruv ishi maqsadidan kelib chiqib quyidagi vazifalar belgilab olindi: tinglovchilarni kreativ pedagogikaning umumiy asoslari, tamoyillari, pedagoglarda kreativlik sifatlarini rivojlantiruvchi metod, vosita va texnalogiyalar bilan tanishtirishtinglovchilarda o’quv dasturlarini yaraish^nazariy va amaliy mashg’ulotlar uchun materiallarni to’plash va ularni saralash: o’quv axborot (ma’lumotlarni) samarali izlash: nazariy va amaliy mashg’ulotlar uchun didaktik ishlanmalar tayyorlash: nazariy va amaliy mashg’ulotlar uchun o’quv topshiriqlari turlarini belgilash: o’quv topshiriqlarini ishlab chiqish; - tinglovchilarning mavzu moxiyatidan kelib chiqqan xolda g’oyaiy mazmun va ilmiy asoslarga ega, amaliy qiymatga o’quv materialini tayyorlay olish, ma’ruza mashg’uloti uchun mo’ljallangan matnning visual xususiyat kasb etishi (sxema,jadval, diagramma) ga erishish ,ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar, shuningdek, reyting nazorat uchun keyslar va darajali testlar to’plamini shakllantirish borasidagi ko’nikmalarning malakaga aylanishini taminlashdan iborat. 
Bitiruv ishini tayyorlashda foydalanilgan adabiyotlar va normativ-huquqiy hujjatlarning qisqacha tahlili. Bitiruv ishini tayyorlashda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni va “O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasi”, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning oliy ta’lim tizimidagi mavjud muammolarni bartaraf etish, mamlakatimizda malakali kadrlar tayyorlash tizimiga zamonaviy yondashuvga oid g’oyalaridan unumli foydalanildi. Kreativ yondashuv asosida «ta’lim sifatini baxolash mezonlari, shakllari va turlari» modulini ukitish turlari mavzusi borasida ko’plab olimlar ilgari surgan nazariyalari va olib borgan tadqiqotlari tahliliy o’rganildi. Bitiruv ishida kreativ yondashuv asosida ta’lim sifatini baxolash mezonlari pedagogning kreativlik sifatlariga ega bo‘lishi taqozo etadi. So‘nggi yillarda etakchi xorijiy mamlakatlarning ta’lim tizimida talaba va talabalarda kreativlik sifatlarini shakllantirish masalasiga alohida, jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Buni Bronson, Merriyman (2010 y.), Ken Robinson (2007 y.), Fisher, Frey (2008 y.), Begetto, Kaufman (2013 y.), Ali (2011 y.), Treffinger (2008 y.) va b. tomonidan olib borilgan ko‘plab tadqiqotlar, ularning natijalarian ko‘rish mumkin. Birgina Ken Robinson tomonidan 2007 yilda tayyorlangan “Maktab kreativlikni barbod etyaptimi?” nomli video lavhani YouTube saytida 5 mln marta tomosha qilingan. Qolaversa, o‘qituvchilar kreativlik asoslarini o‘rganishga jiddiy kirishganlar (Begetto, Kaufman, 2013 y.). O‘qituvchilarda pedagogik faoliyatni kreativ yondashuv ko‘nikma, malakalarini shakllantirish hamda rivojlantirishga doir adabiyotlar chop etilyapti, Ta’lim departamenti tomonidan tayyorlangan video lavhalarga asoslanuvchi noan’anaviy darslar tashkil etilyapti (Ali, 2011; Ta’lim departamenti, 2013 y.). Salmoqli amaliy ishlar olib borilayotganligiga qaramay, ko‘pchilik o‘qituvchilar hali hanuz shaxs (o‘zlarida hamda talabalarda kreativlik sifatlarini qanday qilib samarali shakllantirish tajribasini o‘zlashtira olmayaptilar. Ta’lim tizimini boshqarish organlari har yili ta’lim muassasalarida yuqori samaradorlikka erishishga e’tibor qaratadi. 
Bitiruv ishining nazariy va amaliy ahamiyati shu bilan belgilanadiki, tadqiqot natijasida olingan xulosalar o’quv modulini yaratishda amaliy dastur bo’lishi mumkin. Olingan xulosa va bildirilgan tavsiyalardan o’quv jarayoni sifatini ta’minlashda, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishda, ta’lim muassasalari faoliyatida kreativ yondashuv asosida o’qitishni takomillashtirish jarayoniga xizmat qiladi. 


Yüklə 1,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə