"Kreativ fikrlash" faniga kirish "Kreativ fikrlash" fani nimani o’rgatadi?



Yüklə 283,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix31.05.2023
ölçüsü283,3 Kb.
#114499
  1   2
1-maruza. Kreativ fikrlash



“Kreativ fikrlash” faniga kirish faniga kirish 
1. “Kreativ fikrlash” fani nimani o’rgatadi? 
- Kreativ fikrlashga bir qancha ta’riflar keltiring? 
- Kreativ tafakkur va ijodkorlik masalalari haqida olimlar fikrlarini keltiring 
- An’anaviy, "akademik" intellektga yoki kreativ izlanishga yо‘naltirilgan fikrlash 
turlarini taqqoslang 
2. Kreativlik potensialiga ega shaxsni tasvirlab bering. 
3. Men kreativ fikrlay olaman….mavzusida esse yozing. 
Taʼlimning asosiy vazifasi oʻquvchida jamiyatda muvaffaqiyatli hayot kechirishi 
uchun bugun va kelajakda kerak boʻladigan koʻnikmalarni shakllantirishdir. 
Kreativ fikrlash bugungi yoshlar ega boʻlishi kerak boʻlgan muhim koʻnikmadir 
(Lucas va Spencer, 2017 [15]). Bu koʻnikma ularga doimiy tarzda va shiddat bilan 
oʻzgarayotgan, oddiy savodxonlikdan tashqari «XXI asr» koʻnikmalariga ega 
ishchilarni taqozo etayotgan dunyoga moslashishga koʻmaklashadi. Umuman 
olganda, bugungi oʻquvchi kela jakda hozir hatto mavjud boʻlmagan sohalarda 
ishlashi, yangi muammolarni yangi texnologiyalar orqali hal etishi kutilmoqda. 
Oʻquvchida kreativ fikrlash koʻnikmasini shakllantirish ularga tobora 
murakkablashayotgan mahalliy va global muammolarni noodatiy yondashuv orqali 
hal etish imkonini beradi. 
Tomas Edison “Kreativlik — g‘ayriixtiyoriy jarayon”, deydi. Lekin har kuni 
ko‘plab mutaxassislar muammolarga noodatiy yechim topishga zaruriyat sezadi. 
Ular mana shu g‘ayriixtiyoriy jarayonni ixtiyoriylashtirishi mumkinmi? Tabiatda 
yangi fikrlarni yuzaga keltiruvchi “sehrli tayoqcha” yo‘q, biroq har qanday 
mutaxassisning kreativ o‘ylashiga ko‘maklashadigan ko‘plab usullar mavjud. 
Buning uchun ijodiy fikrlashga vaqt ajratish, ijodiy salohiyatni anglash lozim. Jorj 
Bernard Shou hazillashib shunday deydi: “Ko‘pchilik yiliga ikki-uch marta 
o‘ylaydi. Mening butun dunyoga mashhurligim sababi — haftada bir yoki ikki 
marta o‘ylaganim”. Demak, xayolga kelgan yangi fikrlarni e’tiborsiz qoldirmaslik
o‘ylash uchun imkon yaratish muhim. 
Ijodkorlik chegarasini belgilang. Muammoli masalaga duch kelgan paytingizda 
ijodkorlik chegaralarini belgilang. O‘zingizdan “Eng oddiy yechim nimada?” deb 
so‘rang. Keyin “muammoni hal qilishning aql bovar qilmas varianti”ni tasavvur 
qiling. Oddiy va hayratlanarli yechim o‘rtasida sizga ijodiy maydon paydo bo‘ldi. 
Endi yangi g‘oya mavhum emas, uning chegaralari mavjud. Bu ijod jarayonidagi 
psixologik bosimni yengillashtiradi. 

Yüklə 283,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə