I. Булим. Бухгалтерия хисоби



Yüklə 3,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə198/201
tarix11.12.2023
ölçüsü3,98 Mb.
#145443
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   201
Buxgalteriya hisobi nazariyasi

AMORTIZATSIYASI BO‘YICHA 
1.9. Sug‘urtaning ixtiyoriy turlari bo‘yicha qonun hujjatlarida 
belgilangan normalardan ortiqcha ajratmalar, mol-mulkni sug‘urta qilish 
va hayotni uzoq muddatli sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta mukofotlari 
bundan mustasno. (O‘zR VM 21.05.2007 y. 105-son Qarori tahriridagi 
band), (Oldingi tahririga qarang) 
ISHLAB CHIQARISH TUSIDAGI BOSHQA XARAJATLAR 
BO‘YICHA 
1.11. Tabiiy atrof muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni qonun 
hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha joylashtirganlik uchun 
kompensatsiya to‘lovlari. (O‘zR VM 15.10.2003 y. 444-son Qarori 
tahriridagi band), (Oldingi tahririga qarang) 
1.12. Tegishli vakolatli organlar qarorlarisiz to‘lanadigan, ishlab 
chiqarishdagi 
shikastlanishlar 
tufayli 
mehnat 
qilish 
layoqatini 
yo‘qotishlar bilan bog‘liq nafaqalar. 


328 
DAVR XARAJATLARI BO‘YICHA 
1.13. Xizmat yengil transporti va xizmat mikroavtobusini saqlashga 
sarflanadigan xarajatlar, ularni yollash va ijaraga olish xarajatlari. 
O‘zR Prezidentining 18.12.2006 y. PQ-532-son Qaroriga muvofiq 
1.15-band o‘z kuchini yo‘qotgan 
1.14. Telekommunikatsiyalar xizmatlari, shu jumladan: kanallarni 
ijaraga berish; ko‘chma, yo‘ldosh va peyjing aloqa; radiochastota 
spektridan foydalanish; ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari uchun haq 
to‘lash, mahalliy tarmoqlar va Internet bundan mustasno, shuningdek 
faqat 
bank 
xizmatlari 
ko‘rsatishda 
foydalaniladigan 
telekommunikatsiyalar xizmati uchun haq to‘lash (ko‘chma va peyjing 
aloqadan tashqari). (O‘zR VM 28.12.2004 y. 610-son Qarori tahriridagi 
band), (Oldingi tahririga qarang) 
O‘zR Prezidentining 18.12.2006 y. PQ-532-son Qaroriga muvofiq 
1.16-band o‘z kuchini yo‘qotgan 
1.15. Shaharlararo va xalqaro telefon so‘zlashuvlar uchun 
belgilangan normativlardan ortiqcha to‘lov. 
1.16. Yuqori organlar hamda yuridik shaxslar birlashmalari: 
vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar va boshqalar xarajatlariga 
ajratmalar. 
1.17/ 
Boshqaruv 
xodimlariga 
tegishli 
nodavlat 
pensiya 
jamg‘armalariga ajratmalar. (O‘zR VM 15.10.2003 y. 444-son Qarori 
tahriridagi band) 
1.18. Boshqaruv xodimlarining xizmat safarlari uchun belgilangan 
normalardan ortiqcha xarajatlar. 
1.19. Qonunchilikda belgilangan normativ va normalardan ortiqcha 
vakillik xarajatlari. 
1.20. Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun bepul binolar berish 
xarajatlari, ularga kommunal xizmatlar ko‘rsatish qiymatini to‘lash va 
boshqalar. 
1.21. Xodimlarning ixtiyoriy sug‘urtasiga va ishlab chiqarish 
jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan ixtiyoriy sug‘urtaning boshqa turlariga 
qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha xarajatlar, mol-
mulkni sug‘urta qilish va hayotni uzoq muddatli sug‘urta qilish bo‘yicha 
sug‘urta mukofotlari xarajatlari bundan mustasno. (O‘zR VM 21.05.2007 
y. 105-son Qarori tahriridagi band), (Oldingi tahririga qarang) 
1.21-1. Ishlab chiqarish jarayoniga bevosita taalluqli bo‘lmagan atrof 
tabiiy muhitni ifloslantirganlik va unga chiqindilarni joylashtirganlik 


329 
uchun 
qonun 
hujjatlarida 
belgilangan 
normalardan 
ortiqcha 
kompensatsiya to‘lovlari. (O‘zR VM 25.12.2003 y. 567-son Qarori 
tahriridagi band) 
1.21-2. Davlat mulkini boshqarish bo‘yicha investitsiya aktivlarining 
ishonchli boshqaruvchilari, davlat ishonchli boshqaruvchilari va ishonchli 
boshqaruvchilar mukofotlari va xizmatlar haqi, shuningdek boshqa 
investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari mukofotlari bo‘yicha 
xarajatlar. (O‘zR VM 02.10.2008 y. 221-son Qarori tahriridagi band), 
(Oldingi tahririga qarang) 
1.22. Xo‘jalik yurituvchi subyekt sohasiga to‘g‘ri kelmaydigan 
kasblar bo‘yicha kadrlar tayyorlash xarajatlari. (O‘zR VM 15.10.2003 y. 
444-son Qarori tahriridagi band) 
1.23. Loyihalardagi va qurilish-montaj ishlaridagi kamchiliklarni, 
shuningdek obyekt yonidagi omborga tashib keltirilgungacha sodir 
bo‘lgan buzilishlar va deformatsiyalarni bartaraf etish bo‘yicha xarajatlar, 
zanglashdan himoya qilishdagi kamchiliklar oqibatida tekshirib ko‘rish 
(asbob-uskunalarni qismlarga ajratish) bo‘yicha xarajatlar va shu kabi 
boshqa xarajatlar yetkazib berish va ishlarni bajarish shartlarini buzgan 
yuridik shaxslar hisobiga, ushbu xarajatlarni kamchiliklar, buzilishlar 
yoki nobudgarchiliklar uchun javobgar yetkazib beruvchi yoki boshqa 
xo‘jalik yurituvchi subyektlar hisobiga undirish mumkin bo‘lmagan 
miqdorda, qoplanadi. 
1.24. Xo‘jalik yurituvchi subyekt qatnashchilaridan (mulkdorlaridan) 
birining tashabbusi bo‘yicha amalga oshirilgan auditorlik xizmatlari 
uchun to‘lov. 
1.25. O‘z xizmat ko‘rsatuvchi ishlab chiqarishlari va xo‘jaliklariga 
sarflangan xarajatlardan ko‘rilgan zararlar. 
1.26. Xodimlarning ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashishi 
bilan bog‘liq bo‘lmagan salomatlikni muhofaza qilish va dam olishni 
tashkil qilish tadbirlari xarajatlari. 
1.27. Mahsulot ishlab chiqarish (shaharlar va shaharchalarni 
obodonlashtirish, qishloq xo‘jaligiga yordam ko‘rsatish va boshqa ish 
turlari) bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlar (xizmatlar)ni bajarishga xo‘jalik 
yurituvchi subyektlar tomonidan sarflangan xarajatlar. 
1.28. Bayramlar va atoqli sanalar, ijtimoiy faoliyatdagi yutuqlar 
munosabati bilan xodimlarni rag‘batlantirish hisoblanadigan bir martalik 
mukofotlar. (O‘zR Prezidentining 27.12.2005 y. PQ-244-son Qarori 
tahriridagi band), (Oldingi tahririga qarang) 


330 
1.29. Xodimlarga tovarlar, mahsulotlar va boshqa qimmatbaho 
buyumlarni bepul berish yoki xodimlar uchun ishlar, xizmatlarni bajarish. 
1.30. Xodimlar xarajatlarini to‘lash (ovqatlanishga, yo‘l haqiga, 
davolanish va dam olishga, ekskursiyalarga, sayohatlarga yo‘llanmalarga, 
sport seksiyalarida, to‘garaklarda, klublarda mashg‘ulotlarga, madaniy-
ko‘ngilochar tomoshalarga, jismoniy tarbiya (sport) tadbirlariga, obunaga 
va xodimlarning shaxsiy iste’mol tovarlariga va boshqa shu kabilarga 
to‘lovlar). 
1.31. Pensiyalarga ustamalar, pensiyaga chiqayotgan mehnat 
faxriylariga biryo‘la to‘lanadigan nafaqalar. 
1.32. Xodimlarga to‘lanadigan moddiy yordam, xodimning 
jarohatlanishi yoki boshqa tarzda sog‘lig‘iga shikast yetkazilishi va 
xodim oila a’zolarining vafoti munosabati bilan beriladigan moddiy 
yordamdan tashqari. (O‘zR VM 15.10.2003 y. 444-son Qarori tahriridagi 
band) 
1.33. 
Ekologiya, 
sog‘lomlashtirish 
va 
boshqa 
xayriya 
jamg‘armalariga (agar ular yuridik shaxslar sifatida ro‘yxatdan 
o‘tkazilgan bo‘lsa), madaniyat, xalq ta’limi, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy 
ta’minot, jismoniy tarbiya va sport korxonalari, muassasalari va 
tashkilotlariga badallar. 
1.34 Ishlab chiqarish jarayoniga bevosita tegishli bo‘lmagan moddiy 
boyliklarning tabiiy kamayish normalaridan ortiqcha nobudgarchiligi va 
kamomadi. 
1.35. Sud xarajatlari. 
1.36. Aybdorlari aniqlanmagan o‘g‘irliklardan yoki aybdor tomon 
hisobidan zarur summani undirish mumkin bo‘lmagan hollarda ko‘rilgan 
zararlar. 
1.37. Xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy vositalari va boshqa 
mol-mulki (aktivlari)ning chiqib ketishi (balansdan chiqarilishi)dan 
ko‘rilgan zararlar, xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan uch yildan ortiq 
ishlatilgan asosiy vositalarni sotishdan ko‘rilgan zarardan tashqari. (O‘zR 
VM 15.10.2003 y. 444-son Qarori tahriridagi band), (Oldingi tahririga 
qarang) 
1.38. Xo‘jalik shartnomalari shartlarining, shu jumladan mahsulot 
yetkazib beruvchilar va debitorlar aybi bilan buzilganligi uchun 
belgilangan yoki e’tirof etilgan jarimalar, penyalar, neustoykalar va 
boshqa xil sanksiyalar, shuningdek, yetkazilgan zararlarni to‘lash 
bo‘yicha xarajatlar. 


331 
1.39. Soliq haqidagi qonunlarni va boshqa qonunlarni buzganlik 
uchun jarima va penyalar. 
1.40. To‘langan boshqa jarimalar. 
1.43. Xo‘jalik yurituvchi subyektning "Davr xarajatlari" bo‘limining 
2.3.22-bandida ko‘rsatilgan boshqa operatsiya xarajatlari. (O‘zR 
Prezidentining 18.12.2006 y. PQ-532-son Qarori tahriridagi band), 
(Oldingi tahririga qarang) 

Yüklə 3,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə