I. Булим. Бухгалтерия хисоби


 MOLIYAVIY FAOLIYATDAN OLINADIGAN



Yüklə 3,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə196/201
tarix11.12.2023
ölçüsü3,98 Mb.
#145443
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   201
Buxgalteriya hisobi nazariyasi

3. MOLIYAVIY FAOLIYATDAN OLINADIGAN 
DAROMADLAR 
Moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlarga quyidagilar kiradi: 
3.1. Olingan royaltilar va sarmoya transferti. 
3.2. O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida boshqa 
xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida ulush qo‘shgan holda 
qatnashishdan olingan daromad, aksiyalar bo‘yicha dividendlar va 
obligatsiyalar hamda xo‘jalik yurituvchi subyektga tegishli qimmatli 
qog‘ozlar bo‘yicha daromadlar. 
3.3. Mol-mulkni uzoq muddatli ijaraga berishdan olingan daromadlar 
(lizing to‘lovini olish). 
3.4. Valyuta schyotlari, shuningdek, chet el valyutalaridagi 
operatsiyalar bo‘yicha ijobiy kurs tafovutlari. 
3.5. Sarflangan (qimmatli qog‘ozlarga, shu’ba korxonalarga va 
hokazolarga) mablag‘larni qayta baholashdan olingan daromadlar. 
3.6. Moliyaviy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar. 
4. FAVQULODDA FOYDA 
Favqulodda foyda moddalari - bu ko‘zda tutilmagan, tasodifiy tusga 
ega bo‘lgan, hodisa yoki xo‘jalik yurituvchi subyektning odatdagi 
faoliyati doirasidan chetga chiqadigan tusdagi operatsiyalar natijasida 


326 
paydo bo‘ladigan va olinishi kutilmagan foydadir. Bunga daromadlarning 
favqulodda moddalari yoki asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar 
bo‘limida aks ettirilishi kerak bo‘lgan o‘tgan davrlardagi foyda kirmaydi. 
G. TOVAR-MODDIY ZAHIRALARNI, TUGALLANMAGAN
ISHLAB CHIQARISHLARNI, SHUNINGDEK, KELGUSI 
DAVRLAR XARAJATLARINI BAHOLASH 
Ushbu Nizomga muvofiq ishlab chiqarish xarajatlari hisobot davri 
mobaynida ishlab chiqarish schyotlarida va tayyor mahsulot schyotida 
shakllanishi kerak. Biroq bir turdagi mahsulotni seriyali (keng ko‘lamda) 
ishlab chiqarishda favqulodda holatlar tufayli kelib chiqqan favqulodda 
yoki bir galgi xarajatlar tayyor mahsulot tannarxiga kiritilmasligi, balki 
sotish xarajatlari sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisobdan chiqarilishi kerak. 
Tovar-moddiy 
boyliklar 
zahiralarini, 
tugallanmagan 
ishlab 
chiqarishni, 
shuningdek, 
kelgusi 
davrlar 
xarajatlarini 
baholash 
"Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga 
muvofiq amalga oshiriladi. 
Kelgusi davrlar xarajatlari xarajatlarning alohida toifasini tashkil 
qiladi. Biroq mazkur Nizomga muvofiq ushbu xarajatlardan 2-ilovada 
keltirilgan ro‘yxatdagi xarajatlar chiqarib tashlanadi (ular Hisobot 
davrining kelgusida soliq solinadigan bazadan chiqarib tashlanadigan 
xarajatlari sifatida aks ettiriladi). (O‘zR VM 11.03.2009 y. 63-son Qarori 
tahriridagi xatboshi) 

Yüklə 3,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə