I. Булим. Бухгалтерия хисоби


 DAVR XARAJATLARI BO‘YICHA



Yüklə 3,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə200/201
tarix11.12.2023
ölçüsü3,98 Mb.
#145443
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   201
Buxgalteriya hisobi nazariyasi

2.2. DAVR XARAJATLARI BO‘YICHA: 
2.2.1. Mazkur Nizomning 1.2-bandida sanab o‘tilgan boshqaruv 
xodimlariga tegishli xodimlar mehnatiga haq to‘lash xarajatlari. 
2.2.2. Qonunchilikka muvofiq yoki xo‘jalik yurituvchi subyektning 
o‘zining qaroriga ko‘ra majburiy ishga chiqilmagan vaqt yoki past haq 
to‘lanadigan ish bajarilganligi uchun haq to‘lash. 
2.2.3. Mehnat layoqati vaqtincha yo‘qotilgan taqdirda qonunchilikda 
belgilangan amaldagi ish haqigacha bo‘lgan ustama. 
2.2.4. Asosiy ish joyi bo‘yicha ishchilarga, xo‘jalik yurituvchi 
subyekt ishchilari va mutaxassislariga ular ishdan ajralgan holda malaka 
oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash tizimida o‘qigan vaqt uchun haq 
to‘lash. 
2.2.5. Bolalarni tarbiyalayotgan ayollar ta’tiliga qonunchilikka 
muvofiq haq to‘lash. 
*) Izoh.
Ushbu ilovaning birinchi qismida (1.1, 1.2, 1.11, 1.12, 1.21, 
1.35, 1.36, 1.37, 1.38, 1.40, 1.41, 1.42, 1.47-bandlardan tashqari) 
nazarda tutilgan xarajatlar smetasi xo‘jalik yurituvchi subyektning 
vakolatli boshqaruv organi (qatnashchilar, muassislarning umumiy 
yig‘ilishi, aksiyadorlik jamiyatlarida esa kuzatuvchi kengash) tomonidan 
tasdiqlanadi. Xo‘jalik yurituvchi subyektning ustav jamg‘armasidagi 
davlat ulushi 25 foiz va undan ortiq bo‘lgan taqdirda xarajatlar smetasi 


334 
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi bilan kelishgan holda 
tasdiqlanadi. 
Tovar-moddiy zahiralarni davr xarajatlari sifatida hisobga olinadigan 
ikkita eng past tannarx: tannarx bo‘yicha yoki sof bozor narxi bo‘yicha 
baholash bilan bog‘liq bo‘lgan maxsus ajratmalar soliq solinadigan 
bazani hisoblashda foyda tarkibiga qaytadan kiritiladi, biroq tovar-
moddiy zahiralar haqiqatan sotilgandan keyin chegirib tashlanadi. 
Ushbu davrning soliq solinadigan bazasidan chiqarilmaydigan, biroq 
keyingi 
davrlarning 
soliq 
solinadigan 
bazasidan 
chiqariladigan 
xarajatlarga quyidagilar kiradi: 
1. Ishonchsiz qarzlar bo‘yicha rezervga ajratmalar. (O‘zR 
Prezidentining 18.12.2006 y. PQ-532-son Qarori tahriridagi band), 
(Oldingi tahririga qarang) 
2. Mashina va mexanizmlarning ayrim turlarini yakka tartibda sinab 
ko‘rish hamda barcha turdagi asbob-uskunalar va texnik qurilmalarni, 
ularning o‘rnatilish sifatini tekshirib ko‘rish maqsadida (ishlatilayotgan 
holatda), kompleks sinab ko‘rish xarajatlari. 
3. Asbob-uskunalarni yetkazib bergan zavodlar yoki ularning 
topshirig‘iga binoan ixtisoslashtirilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar 
tomonidan amalga oshiriladigan shefmontaj xarajatlari. 
4. Qurilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt direksiyasining, direksiya 
bo‘lmagan taqdirda - texnik nazorat guruhining xarajatlari (ma’muriy 
xarajatlar), shuningdek xo‘jalik yurituvchi yangi subyektlar va 
obyektlarni foydalanishga qabul qilib olish bilan bog‘liq xarajatlar. 
5. Yangi ishga tushirilgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarda ishlash 
uchun kadrlar tayyorlash xarajatlari. 
6. 
Boshqaruv 
tizimlari 
va 
vositalarini 
yaratish 
hamda 
takomillashtirish bo‘yicha xarajatlar. 
7. Seriyali va keng ko‘lamda chiqariladigan mahsulotlarning yangi 
turlarini ishlab chiqarish hamda texnologik jarayonlarga tayyorgarlik 
ko‘rish va ularni o‘zlashtirish xarajatlari. 
8. Qonunchilikka muvofiq ishchi kuchlari qabul qilish bilan bog‘liq 
xarajatlar. 
9. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarni, ishlab chiqarish liniyalarini 
rivojlantirish (takomillashtirish) xarajatlari. 


335 
10. Jadallashtirilgan metod bilan hisoblangan amortizatsiya summasi 
va belgilangan normalar bo‘yicha hisoblangan amortizatsiya summasi 
o‘rtasidagi farq: 
a) asosiy vositalar bo‘yicha soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga 
muvofiq; 
b) nomoddiy aktivlar bo‘yicha boshlang‘ich qiymatidan va foydali 
ishlatish muddatidan kelib chiqqan holda xo‘jalik yurituvchi subyekt 
tomonidan hisoblab chiqilgan normalarga muvofiq. (O‘zR VM 
15.10.2003 y. 444-son Qarori tahriri) 


336 

Yüklə 3,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə