Хусанхужаев Обидхон Мамутович Семантическо-структурное и лингвопоэтическое исследование


- Bo‘stoni ma’rifat va gulshani haqiqat



Yüklə 188,5 Kb.
səhifə12/13
tarix07.10.2023
ölçüsü188,5 Kb.
#125934
növüИсследование
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Таржимага бериш учун

- Bo‘stoni ma’rifat va gulshani haqiqat, – dedi Sultonali, – Imomi A’zam rahmatullohi allayhi o‘n ikki yoshlarida darsgo‘ylik qilib va hokazo kutubi mutabarraka ta’lifotig‘a ham ibtido qilg‘an ekanlarkim, bu karomat janoblaridan po‘shida emasdir. Bas, indal’uqalo yoshliqning hech bir nuqs va ahamiyati yo‘q, ammo fazlu zakovat lozimdir. Masalan, kaminangiz tahsilda “Aqoid” gacha bordim va qariyib o‘n yildan beri mirzoliq qilurman.O‘z hunarimda yaxshi tajriba ham ortdirdim, shuning bilan birga nafsilamrni iqror etishka majburmankim shogirdingiz mirzo Anvardan ko‘b darajada quyidaman: tahrirda, taqrir, va foizda Anvaringizning yordamig‘a muhtojman. Holbuki yoshim undan barobar katta, men o‘qug‘an darslarni ehtimol Anvar o‘qumag‘an... Anvarning zakovatiga yolg‘iz men emas hatto marhum munshiy mulla Muhammad Rajabning o‘zi tahsin qilar, ajoyib o‘g‘lon deb qo‘yar edi. Menim mirzo Anvarni bu o‘rung‘a sa’i qilishim bo‘lsa bir g‘araz yuzasidan emas, xolisonadir.
Keltirilgan matndagi terminlar lingvopedagogik, kulturologik yondashuv asosida tahlil etilsa, A.Qodiriyning o‘zbek milliy pedagogik madaniyatini chuqur anglagan bilimdon ekanligi namoyon bo‘ladi. Bo‘stoni ma’rifat va gulshani haqiqat, Imomi A’zam rahmatullohi allayh, ibtido qilg‘an, indal’uqalo, “Aqoid“gacha, tahrirda, taqrir, sa’i qilishim singari so‘z va so‘z birikmalari orqali o‘zbek milliy pedagogik terminlarining tarixan ham semantik maydoni keng ekanligini e’tirof etishimiz mumkin.
Keltirilgan matndan ma’lum bo‘ladiki, Sultonali tilidan Abdulla Qodiriy o‘zbek ziyolisining ma’naviyati yuksak, tarbiyali va o‘zidan ilmi va bilimi, madaniyati yuqori bo‘lgan insonlarga hurmat bilan qarash ruhiyatini yuksak badiiy nafislik bilan tasvirlab bergan. Bundan kelib chiqqan, xulosa shundaki, milliy mentalitetga xos bo‘lgan mardlik shaxs tarbiyasi bilan bog‘lanadi. Milliy tarbiya esa milliy pedagogikaning ajralmas qismidir.
Sultonali tomonidan aytilgan so‘zlar insof va diyonat, ma’naviyatli bir o‘zbekning xarakterini ochib beradi. Demak, milliy pedagogikamizda ma’naviy tarbiyaviy muhit o‘zbek psixologiyasida azaldan mavjud va qadrli hisoblangan. Anglashiladiki, Sultonalining so‘zlarida o‘zbekning muloqot madaniyatidagi o‘ziga xos bir ko‘rinishi tasvirlangan. Demak, nutqiy etiket lingvopedagogik madaniyat bilan uzviy bog‘liq hodisa sanaladi. CHunki ta’lim va tarbiya, odob-axloq masalasi nutqiy etiketda ham o‘z ifodasini topadi. Etiket – axloqiy madaniyatda yaqqol ko‘zga tashlanadigan munosabat ko‘rinishlaridan biri. Etiket, asosan, insonning tashqi madaniyati, o‘zgalar bilan bo‘lgan munosabatlarda o‘zini tutishi, nutqiy etiket esa insonlar orasidagi muloqot jarayonida o‘zini tutish qonun -qoidalarining bajarilishini ta’minlaydi28.
Ko‘rinadiki, matnda ifodalangan jumlalardagi tilshunoslik terminlari o‘z navbatida ta’lim tizimiga oid pedagogik terminlar sifatida o‘zaro umumiylikni ifodalab lingvopedagogik kulturologiyaning bir ko‘rinishi sifatida namoyon bo‘ladi.
XULOSA
1. Tilning eng faol sathi – leksikologiya tarkibidagi terminologiya zamon va texnika taraqqiyoti bilan hamnafas taraqqiy etayotgan sohalardan sanaladi. Sohaviy terminologiya orasida pedagogik terminologiya ham globallashuv va integratsiyalashuv natijasida tinimsiz yangilanayotgan, boyib borayotgan tarmoqlardan biri. Ayniqsa, o‘zbek pedagogik terminologiyasining keyingi yillarda boyishi, kengayishi bu sohaga oid terminlarni lingvistik jihatdan tahlil qilish zaruratini yuzaga keltirdi.
2. Termin – ko‘p aspektli birlik bo‘lib, bir paytning o‘zida bir nechta fanning obyekti bo‘la oladi va har bir fan termin tushunchasiga o‘ziga xos belgi va xususiyatlarni kiritishga urinadi.
3. Pedagogik terminlar ham sintaktik-leksik, derivatsion, sintagmatik usullar natijasida yuzaga keladi. Ilmiy bilimlarning kengayib borishi bilan nazariy jihatdan murakkab atamalar ham iste’molga kiritila boshlanadi. Murakkab atamalar nafaqat muayyan tizimdagi tushuncha mazmunini to‘liq ifodalaydi, nazariy jihatdan tushunchaning mazmuniy ifodasini tilda to‘liq voqelantiradi. Bu zamonaviy ta’lim sistemasida terminlarning shakillanishi, aniq nomlanishi, semantik-sintatik strukturasida keng namoyon bo‘ladi.
4. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida boshqa soha terminlari singari pedagogik terminlar ham leksik, sintaktik, frazeologik kalkalash yo‘llari bilan hosil bo‘lishi tadqiqotlardan ma’lum. Kalkalash usulida so‘z assotsiativ ma’nosining tarkibiy qolipi o‘zlashtiriladi. Kalkalashda o‘zlashtirilayotgan so‘z yoki so‘z birikmasining tarkibiy qismlari alohida tarjima qilinadi va birlashtiriladi.
5. Zamonaviy ta’lim tizimida tilga bo‘lgan qiziqish, til madaniyatiga ongli munosabatda bo‘lish, kommunikativ me’yor doirasida harakat qilish imkoniyatlariga ega bo‘lishni belgilaydi, shuningdek, yaratilgan zamonaviy innovatsion texnologiyalarni ta’lim tizimiga nazariy va amaliy jihatdan tatbiq etish imkonini beradi. Milliy ta’lim tizimida xorijiy terminlardan foydalanish pedagoglardan xorijiy terminlarning ma’nolarini chuqur bilishni taqozo etadi.
6. Lingvistik tahlillar ta’lim tizimiga o‘zlashgan xorijiy pedagogik terminlarni hamda hozirda faol qo‘llanib kelayotganini, bu esa pedagogik terminlarni leksik-semantik guruhlarga ajratish mumkin degan xulosani beradi. Pedagogika termin o‘z atrofiga ta’lim va tarbiya bilan bog‘liq terminlarni birlashtiradi va terminologik maydonni yuzaga chiqaradi.
7. Termin-eponim tushunchasi o‘tgan asrning 60-80 yillarida paydo bo‘lgan bo‘lishiga qaramay, tilshunoslikda to‘liq tadqiqini topmagan. Termin-eponim fizika, kimyo, matematika, biologiya, geografiya, tibbiyot singari tabiiy fanlar qatoriga kiruvchi fanlar sistemasi leksik-semantik strukturasida keng qo‘llanadi. Shuningdek, pedagogik terminlar tizimida ham eronim-terminlar alohida o‘ringa ega. Ularning yuzaga kelishi o‘ziga xos semantik-stilistik va nomitatsion-motivatsion jihatlarga ega.
8. Termin matn hosil qilishda so‘z kabi jumlaning bir bo‘lagigiga aylanadi va matn mazmunini kengaytirishga xizmat qiladi. Badiiy matnda muallif o‘z g‘oyasini ochib berishda turli soha terminlariga murojaat qiladi. Badiiy matnlarda maxsus leksika badiiy asar qaramonlarining nutqida ko‘p uchraydi. Bunda asar qahramonlarining qaysi sohaga mansubligi, qiziqishi, kasbi, ijtimoiy kelib chiqishi, mavqe ochib beriladi.
9. Semantik jihatdan poetik nutqni tashkil etgan leksik birliklarning bir umumiy semantik maydon atrofiga birlashib, nutqning umumiy mazmunini yuzaga chiqarish uchun xizmat qilishi natijasida bir butunlik shakllanadi. Leksemalar o‘zaro sintaktik aloqaga, poetik nutq tarkibida boshqa so‘zlar bilan semantik munosabatga kirishi asosida ma’no tovlanishlari hosil qilinadi, ular poetik nutq uchun funksional xoslanadi va shu yo‘l bilan nutqda dominantlikka ega bo‘lgan semantik markaz hosil bo‘ladi. Poetik nutq semantikasi orqali nutq muallifi va o‘quvchi (tinglovchi) ongida voqelikning poetik tasviri hosil qilinadi, ya’ni poetik olami yaratiladi. Bu jarayonda pedagogik terminlarning qo‘shimcha ma’no bo‘yoqlari bilan qo‘llanishi ahamiyatli.
10. Shoir va yozuvchilarimizning asarlari tuzilishidagi semantik-sintaktik butunlik, ilm-fan, texnika va boshqa soha terminlarining qo‘llanilishi asarga badiiy tasvir bo‘yoqdorligini olib kiradi. Demak, terminlarning badiiy asarlardagi ishtiroki mullifning muayan maqsadini amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Muallif proza singari she’riy asarlarda ham o‘zining mantiqiy maqsadini emotsional tarzda ochib berishni pragmatik ma’no orqali ifodalaydi.
11. Til tafakkur ifodachisi bo‘lish bilan birga ma’naviy unsurlar orqali miliy xarakterni ochib beruvchi va ijtimoiy munosabatlarni ro‘yobga chiqaruvchisidir. Gap shundaki, har qanday milliy xarakter o‘ziga xos bo‘lgan ma’naviyatdan tashkil topadi va falsafiy, psixologik xususiyatlarni o‘zida umumlashtirgan holda ligvokulturologik jarayonlarda voqelanadi.

Yüklə 188,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə