Hujjatlashtirish va inventarizatsiya haqida umumiy tushunchalar



Yüklə 1,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix28.11.2023
ölçüsü1,84 Mb.
#135199
1   2   3   4
hujjatlashtirish-va-inventarizatsiya-haqida-umumiy-tushunchalar

hujjatlashtirish
–bu korxona xo’jalik faoliyatini kuzatib 
borish, hisobga olinadigan xo’jalik operatsiyalarini nazorat qilish va aks 
ettirishning asosiy usulidir, ya’ni xo’jalik operatsiyalarini hujjat yordamida 
rasmiylashtirishdir. 


"Экономика и социум" №8(111) 2023 www.iupr.ru
 
80 
Buxgalteriya hisobi usuli elementlaridan biri hujjatlashtirish bo‘lib, 
xo’jalik operatsiyalari ustidan nazoratni amalga uning ahamiyati xo‘jalikni 
yuritishda, boshqaruvni oqilona tashkil etishda, shuningdek hisob ishlarini 
yuritish oldiga qo‘yilgan vazifa hamda talablarga javob berishda zaruriydir. 
Hujjatlar O‘zbekiston Respublikasi statistika tashkiloti ishlab chiqqan va 
tasdiqlagan maxsus blankalarga ro‘y bergan yoki sodir etilishi kerak bo‘lgan 
xo‘jalik jarayonlarini hamma rekvizitlarni aks ettirilgan holda tuziladi. 
Rekvizitlar- bu hujjat nomi mazmuni, to’ldirish sanasi, tasdiqlovchi belgilr kabi 
ko’rsatkichlarni ifodalovchi yozuvlar. Rekvizitlarni noto’g’ri yoki buzub 
ko’rsatish ham buxgalteriya hisobi tartib va tamoyillarining buzulishiga olib 
keladi. Shuning uchun ham buxgalteriya hisobida hujjatlarning rekvizitlarini aniq 
va to’g’ri rasmiylashtirish talab qilinadi. Bundan tashqari korxona 
maxsuslashtirib ishlab chiqqan blanka shakllari ham qo‘llaniladi, ushbu hollarda 
ishlab chiqilgan blankalar shakli moliya tashkilotlari tomonidan tasdiqlanishi 
kerak. Blankalarni eskirganlarini, hamda andozaga javob bermaydigan shakllarini 
ishlatish ta’qiqlanadi. Hozirgi davrda korxonalar o‘z buxgalteriya hisobini 
yuritishda zamonaviy texnika vositalaridan keng foydalanmoqdalar. Bunda 
korxonalarga birlamchi hujjatlarni hamma standartlar talabiga rioya etgan holda 
hisoblash texnikalari orqali ishlab chiqarishga ruxsat etilgan. O‘zbekiston 
Respublikasi o‘rnatgan qonunchiligida belgilangan hollarda ba’zi hujjatlar qat’iy 
hisobda olib boriladi. Bunday blankalardan foydalanish va ular asosida hisob 
yuritish tartibi hamda ulardan foydalanuvchi korxonalar doirasi moliya vazirligi 
va tegishli boshqarmalari tomonidan belgilanadi. 
Biz hujjatlar va hujjatlashtirish haqida ozgina ma’lumotga ega bo’ldik, endi 
keling buni biz buxgalteriya hisobidagi ahamiyatli jihatlari va qanchalik zarur 
ekanligi haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo’lamiz. 
Bilamiz buxgalteriya hisobi ma’lum bir xo’jalik yurituvchi sub’yekt 
to’g’risidagi moliyaviy axborotlarni o’lchash, qayta ishlash va moliyaviy hisobot 
ko’rinishida taqdim etish tizimidir. Buxgalteriya hisobida yozuvlar hujjatlar 
asosida amalga oshirilishi qonunchilik bilan rasman belgilangan. Buxgalteriya 
hisobi hujjatlarida voqea-hodisaning mazmuni, miqdori, summaning aks 
ettirilishi tegishli buxgalteriya yozuvlarini amalga oshirish uchun asos bo’lib 
xizmat qiladi.

Yüklə 1,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə