Hozirgi zamonaviy sotsiologiyadagi asosiy yo'nalishlar Reja: I. Kirish



Yüklə 148,54 Kb.
səhifə6/8
tarix22.03.2024
ölçüsü148,54 Kb.
#180825
1   2   3   4   5   6   7   8
Hozirgi zamonaviy sotsiologiyadagi asosiy yo\'nalishlar

Dialektik sotsiologiya. Hozirgi zamon Farb sotsiologlari sotsiologik muammolarni tushuntirish uchun o‘zlari dialektika deb talqin qiladigan tushunchalardan foydalanishga harakat qiladilar. Bunga fransuz sotsiologi va Frankfurt maktabining namoyondasi Georgiy Gurvich (1894-1969)ning falsafiy sotsiologik qarashlari yaqqol misol bo‘la oladi. Uning «dialektik sotsiologiya»si jamiyatda dialektika qonunlarining amal qilishini, shu- ningdek, jamiyatning ichki tuzilishidagi har qanday barqarorlashtirishni to‘lig‘icha inkor etadi. Uning fikricha, dialektika insonlarning amaliy faoliyati bilan bevosita bog‘liqdir.
Frankfurt maktabining tarafdorlari (T. Adorno, M. Xorkxaymer,
G. Markuze) dialektika faqat ijtimoiy taraqqiyotga xosdir deb ta’kidlaydilar. Bunday talqin qilishning sababi shundaki, jamiyat ongga va tasavvurlarga ega bo‘lgan kishilar birligidan iborat. Bunday jamiyatda albatta, dialektika mavjud bo‘ladi. Tabiatda ong yo‘q, shuning uchun dialektika ham yo‘qdir.
Individualizm sotsiologiyasi. Farb sotsiologiyasida individualizm sotsiologiyasi muayyan o‘ringa ega. Uning asosiy g‘oyasi quyidagilardan iborat. Har qanday ijtimoiy hodisa, ijtimoiy hayot individual harakatlar yig‘indisi orqali talqin qilinishi mumkin. Sotsiologik fanlarning vazifasi, avvalambor, individual harakat va individual harakatlar yig‘indisi nima ekanligini tushuntirishdan iborat.
Individualizm tarafdorlari nuqtai nazarida harakat sxemasi quyidagi elementlarni o‘z ichiga olishi kerak:4

  1. harakat qiluvchi shaxs, individ yoki guruhlar; 2) vaziyatga ma’lum darajada majburiy jalb qilinganlar; 3) qandaydir harakatlar orqali maqsadga intilish; 4) maqsadga erishish uchun resurslarni manipulatsiya qilish; 5) u yoki bu tarzda aniq xatti-harakatlarni bildirish.

«Individual harakatlar yig‘indisi nima», degan savolni tushuntirishda bir necha ijtimoiy nazariyalar ishtirok etadi. Ulardan biri amerikalik sotsiolog J. Xomans tomonidan yaratilgan ijtimoiy almashish nazariya- sidir. Ushbu nazariyaning asosiy maqsadi kishilarning xatti-harakatini rag‘batlantirish orqali ularga ta’sir etishdir. Uning nazariyasi quyidagi qoidalarda ifodalanadi:
Birinchidan, harakatlar qanchalik rag‘batlantirilsa, ular shunchalik tez takrorlanadi; ikkinchidan, avvalgi rag‘batlanish ma’lum vaziyatda amalga oshgan bo‘lsa, kishilar yana shunday vaziyat yaratishga intiladilar; uchinchidan, agar rag‘batlantirish yuqori bo‘lsa, kishilar unga erishish uchun rag‘batlantiriladigan narsadan ko‘p narsa sarf qilishga ham tayyor bo‘ladirlar; to‘rtinchidan, kishilar ehtiyoji to‘la qondirilgan bo‘lsa, ular boshqalarning ehtiyojlariini ham qondirish uchun harakat qiladilar.
J. Xomansning ijtimoiy almashinish nazariyasini, J. Adams,
J. Uolster va boshqalar to‘g‘ri, odilona almashtirish nazariyasi bilan to‘ldirdilar. Bu nazariya ham quyidagi tizim shaklida ifoda etilgan.

  • odamlar faqat o‘zlarini o‘ylash tabiatidan kelib chiqadilar va shaxsiy manfaatlarini yuqori qo‘yishga intiladilar;

  • guruhlar individ manfaatlari va munosabatlari hisobiga jamoa manfaatlarini kengaytiradilar;

  • individlar nohaq munosabatlarda qatnashganligi uchun, ruhiy jihatdan o‘zini noqulay his qiladi;

  • nohaqlik qanchalik kuchli bo‘lsa, noqulaylik ham shuncha kuchli bo‘ladi va adolatli munosabatlarni tiklashga intilish kuchayadi.

Shunday qilib, bu nazariyada asosiy o‘rinni «adolatli munosabatlar» kategoriyasi egallaydi. «Adolatli munosabatlar» o‘zaro munosabatlarda qatnashganlar hissalarining tengligini belgilaydi. Ijtimoiy adolatga eri- shish, individ va guruhlar harakatini rag‘batlantiradi.5
Individualizm uslubiga asoslanadigan nazariya – ramzli interak- sionizm sotsiologiyasining ko‘zga ko‘ringan namoyondalari tomonidan rivojlantirildi.

Yüklə 148,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə