Jamiyatda oilaning o`rni va uning huquqiy himoyalanganligi



Yüklə 38,5 Kb.
tarix07.06.2022
ölçüsü38,5 Kb.
#89048
Jamiyatda oilaning o`rni va uning huquqiy


Aim.uz

Jamiyatda oilaning o`rni va uning huquqiy himoyalanganligi
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasiga muvofiq, “Oila- jamiyatning asosiy bo`g`inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo`lish huquqiga ega “ deb , ko`rsatib o`tilgan. Albatta jamiyatning paydo bo`lishida oilaning roli beqiyosdir. Oilaning shakllanishi va rivojlanishi , jamiyatning rivojlanishiga ham katta ta'sir ko`rsatdi. Davlat doimiy ravishda oila manfaatlarini barcha jabhalarda himoya qilib, ularga keng imkoniyatlar yaratib beradi.
1991 yil mustaqqillikka erishganimizdan so`ng, davlat oilaviy munosabatlari sohasida tub islohotlarni amalga oshirila boshladi. Jumladan, 1992 yilda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan tashkil qilingan “Mahalla xayriya jamg`armasi” kam ta'minlangan oilalarga, boquvchisini yo`qotgan shaxslarga moddiy jihatdan kata yordam ko`rsatdi va ularga keng shart-sharoitlar yaratdi. 1993 yil 4-martda Prezidentimiz farmoni bilan “Sog`lom avlod uchun” ordeni tashkil etildi. Bu orden onalik va bolalikni muhofaza qilish, yosh avlodning salomatlini saqlash hamda yoshlarni vatan tuyg`usida tarbiyalash ishlarida o`zining xizmatlari bilan tanilgan shaxslarga berildi.
1994 yil 22-avgustda Prezidentimizning “Kam ta'minlangan oilalarni ijtimoiy himoyalash to`g`risida”gi farmoni qabul qilindi.Bu farmonga ko`ra moddiy jihatdan qiynalib qolgan oilalarga yaqindan yordam berish, ularga yetarlicha shart-sharoitlar yaratib berishni nazarda tutadi.
Oila munosabatlarni 1998 yil 30-aprelda O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan ” Oila kodeksi” tartibga soldi.Bu qabul qilingan Oila kodeksi o`zida xalqaro normalarni, jahon oilaviy tajribalarini, shu bilan birga o`zbekona urf-odat hamda qadriyatlarni o`zida mujassamlashtirdi. Oila kodeksida oila qonunchiligimiz uchun yangi bo`lgan munosabatlar, nikoh shartnomasi, aliment to`lash to`g`risidagi kelishuv, qon-qarindoshlik va boshqa munosabatlar kiritildi.
1998 yilni “Oila yili “ deb e'lon qilinishi, davlatimiz tomonidan oila manfaatlarini himoyalash, ularni rag`batlantirish hamda ularga yetarli shart-sharoit yaratib berish chora –tadbirlarini ishlab chiqdi. Vazirlar Mahkamasi tomonidan oilaviy munosabatlarni himoyalash bo`yicha dastur ishlab chiqildi. Bu dasturga ko`ra oilalarni huquqiy, ijtimoiy- iqtisodiy hamda ma'naviy jihatdan himoyalash tadbirlari belgilandi.
Balog`at yoshiga yetgan erkaklar va ayollar irqi, millati yoki diniy belgilari bo`yicha hech qanday cheklashlarsiz nikohdan o`tishga va oila qurishga haqli. Ular nikohdan o`tishda, nikohda turgan vaqtlarida va uni bekor qilish vaqtida bir xil huquqdan foydalanadilar8. Bundan ko`rinib turibdiki, har qanday shaxs qonunda belgilangan yoshga yetgach xohlagan shaxs bilan nikoh munosabatlariga kirishishi mumkin. Hech kim har qanday kamsitilishlar bilan birovning nikoh tuzishiga to`sqinlik qilishi mumkin emas.
Oilaviy munosabatlarda er va xotin bir xil huquq va majburiyatlarga ega bo`ladi. Ayol faqatgina uy –ro`zg`or ishlari bilan shug`ullanmasdan, balki davlatning boshqaruv sohasida ham ishtirok etishlarini bildiradi.Hozirgi rivojlanish jarayonida ayollarimizning ko`plab boshqaruv sohalarida rahbarlik lavozimida faoliyat olib borayotganligini guvohi bo`lishi mumkin Ayol va erkak nikohni qayd qilar ekan, albatta uning qonuniy bo`lishligini xohlaydi.Shu sababli nikoh fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish organlarida tuziladi (FHDYO). Diniy rasm-rusmlarga binoan tuzilgan nikoh huquqiy ahamiyatga ega emas. Oila qonunchiligi diniy holatlarni cheklab qo`ymaydi, faqatgina bunday holat oila qonunchiligiga zid bo`lmasligi kerak.
Nikoh tuzish nikohlanuvchilarning F H D YO organlariga ariza berganlaridan keyin bir oy o`tgach , shaxsan ularning ishtirokida amalga oshiradi. Ba'zi holatlarda nikoh bir oy o`tgunga qadar ham tuzilishi mumkin. Bunday holatlarga:
- Nikohlanuvchilar uzoq vaqt birga turgan bo`lsalar;
- Nikohlanuvchilardan biri o`qish yoki mehnat safari bilan xorijiy mamlakatlarga ketayotgan bo`lsa;
- Bo`lajak er-xotinning yaqin qarindoshlaridan biri og`ir kasal bo`lgan bo`lsa;
- taraflardan biri harbiy xizmatga chaqirilgan bo`lsa.
Shunday holatlar ham uchraydiki, nikoh ariza beruvchilar tomonidan ariza berilgan kuni ham qayd etilishi mumkin.
Masalan ; (ayol kishi homilador bo`lib qolsa , o`rtada farzand tug`ilganda .)
Agar shaxs og`ir kasal bo`lib qolganda, nikohni kasalxonalarda ham qayd etishga ruxsat beriladi. Nikohni qayd etish vaqtida albatta taraflarning o`zlari hamda ikkita vakil ishtirok etadi, ya'ni kelinning dugonasi hamda kuyovning o`rtog`i. Nikoh qayd etilganidan keyin ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlariga muhr qo`yiladi.
Nikoh tuzish uchun qonunda belgilangan yosh aniq qilib belgilanib qo`yilgan. Erkaklar uchun 18 yosh, ayollar uchun 17 yosh qilib belgilanib qo`yilgan. Ba'zi holatlarda nikohlanuvchilar yashayotgan tuman va shahar hokimining roziligi asosida nikoh yoshini bir yilga qisqartirib berishi mumkin.
Nikohdan o`tayotgan har ikki tomonning erkin va to`liq roziligi asosidagina nikoh tuzilishi mumkin.9
O`zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 14-moddasiga ko`ra, Nikoh tuzish ixtiyoriydir. Nikoh tuzish uchun bo`lajak er-xotinning o`z roziligini erkin ifoda etish qobiliyatiga ega bo`lishi kerak. Nikoh tuzishga majbur qilish taqiqlanadi. Demak, nikoh tuzilar ekan albatta taraflarning roziligi birinchi o`ringa qo`yiladi. Agar nikoh tuzishga majbur qilish aniqlansa, O`zbekiston Respublikasi JKning 136-moddasiga muvofiq, javobgarlik masalalarini keltirib chiqaradi.
Ba'zan nikoh tuzishga imkon bermaydigan holatlar ham kuzatiladi. Bunday holatlarga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:

  • - loaqal bittasi qonuniy boshqa nikohda turgan bo`lsa;

  • - nasl-nasab shajarasi bo`yicha to`g`ri tutashgan qarindoshlar o`rtasida, tug`ishgan va o`gay aka-ukalar bilan opa-singillar o`rtasida, shuningdek farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o`rtasida

  • - Ruhiyat buzilishi natijasida sud tomonidan muomalaga layoatsiz deb topilgan shxslar o`rtasida.

Oilaviy munosabatlarda er va xotin o`z majburiyatlarini bajarmagan taqdirda , ota-onalik huquqlaridan mahrum bo`ladilar. Quyidagi holatlar ota-onalik huquqidan mahrum qilinishiga asos bo`ladi:

  • - ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsa;

  • - uzrsiz sabablarga ko`ra o`z bolasini tug`ruqxona yoki boshqa davolash muassasasidan olishdan bosh tortsa;

  • - bolalariga nisbatan shafqatsiz muomalada bo`lsa;

  • - muttasil ravishda ichkilikbozlik va giyohvandlikka mubtalo bo`lgan bo`lsa;

  • - o`z bolalarining sog`lig`i yoki hayotiga qasddan jinoyat sodir qilgan bo`lsa.

Har xil asoslar bo`yicha nikoh o`z vaqtidan oldin tugatilishi mumkin.O`zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 37-moddasiga muvofiq, quyidagi hollarda nikoh tugatilishi mumkin:

  • - Er-xotindan birining vafoti;

  • - Sud ulardan birini vafot etgan deb e'lon qilinishi oqibatida;

  • - Er-xotindan biri yoki har ikkalasining arizasiga muvofiq;

  • - Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilganda.

Nikohdan ajratish asosan sud tartibida hamda FHDYO organlari tomonidan amalga oshiriladi. Er-xotin o`rtasida nizoli vaziyatlar mavjud bo`lmasa, nikoh FHDYO organlari tomonidan ajratilishi mumkin. Agar er-xotin o`rtasida farzandlar masalasida, mulkiy masalalarda nizoli vaziyatlar yuz bersa, nikoh fuqarolik ishlari bo`yicha sudlar tomonidan ajratiladi.
Respublikamizda nikohdan ajratishdan oldin ularning nikohini saqlab qolish maqsadida, ularga olti oylik muddat beriladi. Bu muddat davomida er va xotin o`z nikohlarini saqlab qolish uchun harakat qilishadi. Buning uchun mahalla, xotin-qizlar uyushmalari, tegishli idoralar yaqindan yordam beradilar. Demak, oilani birdaniga ajratib yuborish emas, aksincha oilani saqlab qolish uchun harakat qilish kerak.
Mamlakatimizda oilaning huquqiy himoyalanganligini, Prezidentimiz farmonlarida, Xukumatimiz tomonidan chiqarilayotgan qarorlarda va boshqa huquqiy hujjatlarda ko`rishimiz mumkin. Shuningdek, o`zini –o`zi boshqarish organlari, sud organlari, prokuratura organlari, vasiylik va homiylik organlari va shunga o`xshash organlar bevosita oilaning huquqiy jihatdan kafolatlanganligin belgilab beradi.


8 Qarang . Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasi. 1948 yil 10-dekabr. 16-modda.

9 Qarang. Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasi. 1948 yil 10-dekabr. 16-modda.2-qism.

Aim.uz



Yüklə 38,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə