Hozirgi zamonaviy sotsiologiyadagi asosiy yo'nalishlar Reja: I. Kirish



Yüklə 148,54 Kb.
səhifə1/8
tarix22.03.2024
ölçüsü148,54 Kb.
#180825
  1   2   3   4   5   6   7   8
Hozirgi zamonaviy sotsiologiyadagi asosiy yo\'nalishlar


Hozirgi zamonaviy sotsiologiyadagi asosiy yo'nalishlar
Reja:
I.Kirish

1. Neopozitivizm va Individualizm sotsiologiyasi.


2. Pitirim Sorokinning analitik sotsiologiyasi
3. Sotsiologiyada psixoanalitik yo‘nalish va Dialektik sotsiologiya
IV.Foydalanilgan adabiyotlar va internet manbalari
V.Xulosa


Kirish.
Jamoatchilik fikri sotsiologiyasi — ijtimoiy guruhlarning mavjud ijtimoiy voqelikka nisbatan baholovchi munosabatining shakllanishi va amal qilishi qonuniyatlarini o’rganuvchi fandir.
O’zbekistonda jamoatchilik fikrini o’rganish ilmiy va amaliy ahamiyatga ega.
Yaqinda «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o’rganish markazini va faoliyatini boshlaganligi bu sohadagi imkoniyatlarimizni fikrini tabiiy o’rganish bilan shug’ullanayotgan sotsiologik tadqiqot markazlari va xizmatlarining muvofiqlashtirish imkoniyati tug’ildi.
«Jamoatchilik fikri» atamasi inglizcha «publik opinion» so’z birikmalaridan olingan bo’lib, u XVII asrda dastlab Angliyada qo’llanilgan, keyinchalik boshqa mamlakatlarga o’tib, XVIII asr oxiridan boshlab keng tarqalgan Jamoatchilik fikrining o’zi nima? Jamoatchilik fikri —xalq istaydigan narsani bilishning noorganik uslubidir, (Gegel) jamoatchilik fikrida hamisha haqiqiy va haqiqiy bo’lmagan narsalar chatishib ketsada u har bir davrda katta kuchga ega bo’ladi.
Iqtisodiy sotsiologiya XX asrning 50-yillarning o’rtalarida AQShda fan sifatida shakllanib dastlab tor doiradagi olimlarning qiziqtirgan bo’lsa, endilikda bu fan juda taraqqiy etgan va uning muammolari tadqiqoti bilan ko’pgina mamlakatlar olimlari jiddiy shug’ullanadilar.
Hozirgi davrda bu fan ham G’arbda, ham Sharqda sotsiologik bilim taraqqiyotining markaziy yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Iqtisodiy sotsiologiyaning sobiq SSSR parchalanishi natijasida shakllangan yosh mustaqil davlatlar uchun, ularning ananaviy siyosiy iqtisodga asoslangan.
O’z mentalitetlarini tubdan o’zgartirishlari uchun nihoyatda zarurligi haqidagi fikr va mulohazalar hech bir shubha uyg’otmasa kerak. Keyingi vaqtlarda Markaziy Osiyo davlatlari, ayniqsa O’zbekistan ko’plab iqtisodchilar, sotsiologlar, siyosatshunoslar va jurnalistlar e’tiborini kun sayin o’ziga ko’proq qaratayapti. O’zbekistonga «barqarorlik oroli» sifatida qaralib, u haqida fanlar bildirish diapazoni anchagina kengdir: lol qolib maqtashlardan tortib, to keskin tanqidlargacha
Siyosiy sotsiologiya - Demokratiya va bozor munosabatlari sari qadam tashlagan sobiq sotsialistik mamlakatlarning xalqlari oldida siyosiy madaniyat asoslarini egallash, g’oyaviy qoliplardan voz kechish vazifasi turibdi.
Tarixiy tajriba shuni ko’rsatadiki, kishilarning siyosiy ongida o’zgarishlar qilmay turib, hech qanday o’zgarishlarni amalga oshirish mumkin emas. Biz ko’p yillar yashagan tuzum tez muddatda xalokatga uchradi. Bu esa o’z navbatida ko’pchilik kishilarning ongidagi o’zgarishlarga olib keldi va ongda paydo bo’lgan bo’shliq noma’qul bo’lgan anarxik g’oyalar, keskin qarashlar yoki g’ayri-ijtimoiy fikrlar bilan to’ldi.
Shu bilan bir vaqtda siyosatga qarash ham o’zgardi siyosatni iflos ish deb tushunish paydo bo’ldi. Vaholanki, siyosat zamonaviy kishi uchun zarurat va extiyojdir. Shuning uchun hozirgi kunda insonlarga jamiyatda sodir bo’layotgan jarayonlarga to’g’ri baho berishga yordam qilmok zarur.
Avvalambor — bu insonning jamiyatda tutgan o’rni va rolini tushunib o’tish istagi bilan, boshqa kishilar bilan hamkorlikda ehtiyojlarini qondirish bilan bog’liq. Siyosatni tushunmaslik va ongli ravishda uni nazarga olmaslik salbiy oqibatlarga olib keladi, begonalashuvni keltirib chiqaradi. Shu sababli siyosiy fan va siyosiy ta’lim insonlarga munosabatlarini insonparvarlik va oqilonalik asosida ko’rishga yordam berishi kerak. Siyosiy sotsiologiya ham shunga hizmat qiladi. Siyosiy sotsiologiya atamasi sotsiologiyada ham, siyosiy fanda ham shunday bir fan sifatida talqin qilinadiki, u shu ikki fanning umumiy sohalarini ichiga oladi. 1
Ta’lim sotsiologiyasi - Ko’p sonli maxsus sotsiologiyalar ichida odatda ulardan bir qatori, yanada zarur bo’lgan ijtimoiy institutlarni, holatlar va jarayonlarni bevosita tadqiqot qiluvchi sotsiologiya alohida ajralib turadi, shular qatorida ta’lim ham hech o’zgarishsiz qatnashadi.
Barcha taniqli sotsiologlar ijtimoiy ta’lim instituti va uning ahamiyati haqida o’zlarining amaliy u yoki bu fikrlarini bildirgan bo’lsalar ham, shunga qaramasdan, ta’lim sotsiologiyasi sotsiologiyaning mustaqil tarmog’i bo’lib boshlashishi E. Dyurkgeym asarlari bilan bog’liq. Shundan beri u G’arb sotsiologlari (Amerikada K. Djenis va Dj. Koulmen, Fransiyada P. Burde, Angliyada Dj. Flaud va boshqalar)ning ilmiy ishlarini boyitdi va jiddiy rivoj toptirdi.
Sotsiologik fikrlarning bu sohasiga polyak sotsiologlari (V. Adamskiy, I. Byaltskiy, 3. Kvetsinskiy, M. Kozakevich, B. Suxodolskiy, Ya. Shpanskiy va boshqalar) o’zlarining katta hissalarini qo’shdilar. Bizda ta’lim sotsiologiyasi XX asrning ikkinchi yarmida ishlab chiqila boshlandi (I. V. Bestujev - Lada, L. N. Kogan, M. N. Rutkevich, L. Ya. Rubina, V. N. Turenko, F. R. Fillishov, M. X., V. N. Shubkin, E. A. Yakuba va boshqalar), va bugungi kunda u zamonaviy sotsiologiyaning nisbatan yanada rivojlangan tarmoqlariga kiradi.
Mehnat va mehnat tashkilotlari sotsiologiyasi - Mehnat faoliyati har vaqt ma’lum iqtisodiy-ijtimoiy sharoitlarga kiritilgan va u yoki bu kasbiy guruhlarga qarashlidir, ijtimoiy institutlar bilan bog’liq, vaqt va maydonda chegaralangan mehnat jamoasida axloqiy va ijtimoiy-psixologik iqlim bilan, ma’lum mulkchilik shakllari bilan. Quyida mehnat sharoitlar va shakllari uning tavsifi (jamoa yoki shaxsiy mehnat) va motivatsiya muammolari ko’rib chiqiladi.



Yüklə 148,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə