Maruza mashg`uloti rejasi



Yüklə 79,5 Kb.
səhifə1/6
tarix26.05.2023
ölçüsü79,5 Kb.
#113028
  1   2   3   4   5   6
4-ma`ruza


4-MAVZU: O’QITUVCHINING PEDAGOGIK MULOQOT QONUNIYATLARINI PUXTA BILISHI, KOMMUNIKATIV QOBILIYAT VA KOMMUNIKATIV MADANIYATGA EGA BO’LISHI.
MARUZA MASHG`ULOTI REJASI:
4.1. O‘qituvchining kasbiy faoliyatida muloqot tizimi
4.2.O‘qituvchining kommunikativ vazifalarni bajarishi.
4.3.Pedagogik muloqotni tashkil etish yo‘nalishlari
Tayanch tushunchalar:Pedagogik muloqot; kommunikativ xususiyatlar; jonli muloqot kasbiy funksional javobgarlik; kasbiy pedagogik muloqot; tarbiyavi didaktik; kommunikativ madaniyat; ruhiy psixik to ‘siq; pedagogik ta ’si vositasi; kasbiy - axloqiy fenomen; pedagogik ijodkorlik; kasbiy - ijodi kategoriya; pedagogik kommunikatsiya; pedagogik ta ’sir; kommunikati vazifalar; kommunikativ muloqot funksiyalari; norasmiy muloqot; prog nostikyo'nalish; modellashtirish; texnologikshakl.
4.1.O‘qituvchining kasbiy faoliyatida muloqot tizimi
O‘qituvchining eng muhim sifatlaridan bin uning o‘quvchilar bilai o'zaro hamkorlikda ta’lim-tarbiyaviy faoliyatni samarali tashkil qilishi ular bilan qizg‘in muloqot qila olishi va ularga jonkuyar, mehribon rah bar bo‘lishidir. Pedagogik-psixologik yo‘nalishlarda olib borilayotgai ilmjy- tadqiqot ishlarida, o‘qituvchilaming sermahsul pedagogik faoliyat ni amalga oshirishlari uchun zarur boigan kommunikativ qobiliyal to'grisida ko’plab fikr va mulohazalar yuritilgan.
0‘qituvchi o‘z kasbiga qiziqmasa, o'quvchilarganisbatan mehr-mu habbati bo‘lmasa, ular biian qizg‘in muloqot qila olish qobiliyati, ya’n kommunikativ xususiyatlari rivojlanmaydi. Uzoq yillar davomida peda gogika sohasida olib borilgan tajribalar shundan dalolat beradiki kommunikativ faoliyatda muvaffaqiyatga erishish uchun, o’qituvchimn; integral fanlar asoslarini va o‘quv - tarbiyaviy ishlar metodikasini chuqu bilishi yetarli emas. Zero, u bilim hamda amaliy ko‘nikma va malakalari ni o‘quvchilarga faqat bevosita jonli muloqot vositasida bera oladi 0‘qituvchi va o‘quvchilaming jonli muloqoti, ta’lim muassasalarida pe dagogik faoliyatning muhim sharti va mazmuni sifatida namoyon bo’ ladi.
Insonning hayot tarzida eng muhim tarkibiy vosita bo‘lgan muloqoi har qanday kasbiy faoliyatning barcha turlarida mavjud. Biroq bir qato kasb egalarida (chunonchi, pedagog, shifokor, san’atkor va hokazo) i kasbiy faoliyatga shunchaki hamroh bo‘lgan oddiy omil emas, balls kasbiy ahamiyat kasb etadigan, uning asosini tashkil etadigan muhim kategoriya sanaladi. Bu holda muloqot insonlar o'rtasidagi odatiy o‘zaro hamkorlik shakli emas, balki kasbiy faolivatning muvaffaqiyatini ta’min- lovchi kategoriya sifatida mavjuddir. AyrJqsa, pedagogik faoliyatda muloqot muhim funksional, 0‘qituvchi uchun kasbiy jihatdan ahamivatli vosita sanalib, o‘zaro ta’lim va tarbiyaviy ta’sir quroli sifatida namoyon bo‘ladiki, bunda muloqotning muhim shartlariga va qonuniyatlariga, qo'shimcha vazifalariga rioya qilishga to‘g‘ri keladi.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, har qanday kasb egasining kishilar bilan odatiy o‘zaro hamkorlik tizimida muloqot go‘yo, shunchaki o‘z- o'zicha sodir bo‘ladi. Ma’lum bir maqsadga qaratilgan ta’lim-tarbiyaviv jarayonda esa, muloqot ijtimoiy vazifaga aylanadi, natijada o‘qituvchi pedagogik muloqot qonuniyatlarini puxta bilishi, kommunikativ qobiliyat va kommunikativ madaniyatga ega bo‘lishi taiab qilinadi.
Odatiy va kasbiy kommunikativ vaziyatni qiyoslab ko‘ramiz. Aytay- lik, do stingizga nimanidir gapirib berayapsiz. Masalan, biror ko‘rgan Slmingiz to g‘risida, uning mazmun va g‘oyasini bemalol so‘zlayapsiz. Bu holda muloqotning turmushda ro‘y beradigan odatiy kommunikativ shaklidagi shaxsga yo‘naltirilgan tizimi bilan ish ko‘rgan bo‘lasiz. Tasavvur qiling, Sizga shu vazifani auditonyada, minbarda turib, o‘quvchilar oldiga chiqib gapirib berish taklif etildi. Siz kommu- nikatsiyani amalga oshirish vazifasini, avvalo, muloqotning tabiiy shakllari o‘miga kasbiy-funksional javobgarlik hissini, ya’ni kasbiy jihatdan anchagina murakkablashgan pedagogik faoliyatni darhol his etasiz.
Kasbiy-pedagogik muloqot deganda, 0‘qituvchi va ta’lim-tarbiya jarayoni obyektlarining o‘zaro hamkorlik tizimi tushuniladi, uning asosiy faoliyat maznuini o‘zaro axborot almashish, shaxsni bilish, tar­biyaviy ta’sir o’tkazish sanaladi O‘qituvchi bu jarayonni faollashti- ruvchisi sifatida maydonga chiqadi, uni tashkil etadi va boshqaradi
A.N.Leontev pedagogik muloqotning tarbiyaviy-didaktik ahami- yatini baholar ekan, quyidagi fikrlami bildiradi: faol pedagogik muloqot - o‘qituvchining, umuman olganda pedagogik jamoaning ta’lim-tarbiya jarayonida o‘quvchilami bilish va o‘rganish kaliti va o‘quv faoliyatining ijodiy xarakteri, o‘quvchi shaxsining shakllanishi uchun eng yaxshi sharoit yaratadigan, ta’lim-tarbiyada maqbul bo‘lgan emotsional muhitni ta’minlovchi, jumladan, ruhiy psixologik to‘siqlaming paydo bo‘lishini oldini oladigan, bolalar jamoasida ijtimoiy-psixologik jarayonlami to‘g‘ri yo'lga solib boshqarishni ta’minlaydigan va o‘quv tarbiyaviy jarayond; o'qituvchining o'z pedagogik mahoratidan oqilona foydalanishi uchur imkoniyatlar yaratadigan muhim vositadir.
Pedagogik faoliyatda muloqot o'quvchilarga zamon talablar asosida ta ’lim berish vazifalarini hal qilish vositasi, tarbiyaviy jarayon larni ijtimoiy-pedagogik jihatdan ta'minlash tizimi sifatida namoyoi bo ‘ladi.
Ilg‘or pedagogik tajribalami tahlili hamda taniqli olimlar A S. Makarenko, V.A. Suxomlinskiy va boshqalaming pedagogik faoliyatin o'rganish natijasida shunday xulosaga kelish mumkin, aynan o'quvchila bilan o'qituvchi muloqotining pedagogik ta’sir vositasi nihoyatda beqi yos, muloqotni pedagogik mahoratning eng muhim birlamchi vositas sifatida chuqur egallaganlik ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligin har tomonlama oshirishni ta'minlaydi. A.S. Makarenko muloqotni peda gogik ta’siming ajoyib vositasi sifatida ta’riflab, insonlararo muloqotn ta’minlovchi eng muhim va nozik faoliyat ekanligini aytadi. Pedagogil muloqot - shunchaki ijtimoiy-psixologik, pedagogik yoki kommunikath hodisa emas. avvalo, kasbiy axloqiy fenomendir (hodisa). Jamiyatd; axloq normalariga qat’iv rioya qilish hamda pedagogik vositalaminj ilg'or jaravonlarini amaliy hayotga keng tatbiqi uchun o'quvchilar bilai o'zaro hamkorlik texnologiyalarini mukammal egallash lozim. Shunday «texnologiya»laming mavjudligini pedagogik tadqiqotlar isbotlab berdi.
O'qituvchining kommunikativ faoliyati maqsadli faoliyatga nisbatai ko'pincha, ikkilamchi xarakterga ega bo'ladi, pedagogik mehnatmns o'ziga xosligi ham aynan kommunikativ faoliyat uning asosini tashki etishidan iborat ekanligidadir.
Pedagogik muloqot o'qituvchilar pedagogik ijodkorligining yaxli tizimida qanday ahamiyat kasb etadi? Pedagogik faoliyatning muhin mikroelementlari nostandart echimlardan iborat, garchi o'qituvch faoliyatida pedagogik vaziyatlar bir qarashda bir-biriga o'xshash ko' rinsa-da, o'qituvchining ushbu vaziyatlardagi har bir xatti-harakati mut laqo noyob va betakrordir. O'qituvchining ijodiy pedagogik faoliyat tahlil qilinganda, mukammal shaklga ega bo'lgan tizimlardan ibora ekanligini ko'ramiz:

  • o'qituvchining sinfda, o'quvchilar jamoasi bilan ta’lim-tarbiyavn maqsadlarga qaratilgan ijodiy tayyorgarligi;

  • o'quvchilar bilan bevosita o'zaro hamkorlik asosidagi ijodkorlik.

O'qituvchining pedagogik muloqoti jarayonidagi ijodkorligi bir nechta ko‘rinishda namoyon bo'ladi:

  • o'qituvchining o‘quvchilami mukammal bilish jarayonidagi ijod­koriigi;

  • ular bilan o'zaro hamkorlik tizimidagi ijodkorlik;

  • o‘quvchiga bevositata’simi tashkil qilishdagi ijodkoriigi;

  • o'z xulq-atvorini boshqara olishda (muloqotni o‘zini-o‘zi bilgan holda bir maromda olib borish) ijodkorlik;

  • o‘quvchilar bilan o‘zaro munosabatlami tashkil qilish jarayonida ijodkorlik.

Modomiki, shunday ekan, ta’kidlash lozimki, o‘qituvchining mulo­qoti kasbiy-ijodiy kategoriya bo‘lib, pedagogik faoliyatda o‘qituvchi tomonidan ko‘plab kommunikativ vazifalami hal qilish jarayoni va ijobiy natijalar majmuasidir.
O'qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonida muntazam pedagogik ta’sir o‘tkazish metodlari bilan ishlaydi: masalan, dars jarayonida yangi mate- rialni tushuntirishda, o‘quvchiga aybi uchun dashnom berishda. Ushbu vaziyatdayosh o'qituvchi, avvalo, nimalarga e’tibor berishi kerak. Birin- chidan, vaziyat tahlil qilinadi; lkkinch’dan, murakkab vaziyatdan chiqish- ning mumkin bo'lgan variantlari saralanadi, uchinchidan, ushbu faoliyat, odatda, tezkor amalga oshiriladi (bunda ham pedagogik kommu- nikatsiyaning o'ziga xosligi namoyon bo'ladi) va optimal metodlar tanla- nadi, faqat shundan keyingina pedagogik ta’sir tashkil qilinadi. Biroq hali tanlangan ta’sir metodiga adekvat bo'lgan, u orqali pedagogik ta’sir amalga oshiriladigan muloqot tizimini topishimiz kerak. Ya’ni, ma’lum bir maqsadga qaratilgan umumiy pedagogik vazifani hal etgandan so‘ng, ta’sir metodini tanlab bevosita ta’simi tashkil qilish uchun asosiy vazifa sifatida kommunikativ vazifa belgilanishi kerak.
Kommunikativ vazifa pedagogik faoliyatda, nisbatan ishlab chiqa- ruvchi xarakterga ega bo'lib, murakkab vazifani hal etadi. Zero u peda­gogik vazifadan kelib chiqqan, shu sababli o'qituvchi tomonidan tan- lanadi va belgilanadi. Aytish mumkinki, kommunikativ vazifa aynan kommunikatsiya tiliga o'tkazilgan pedagogik vazifaning o'zi. Kommu­nikativ vazifa pedagogik vazifaning asosini aks ettirib, unga nisbatan yordamchi, instrumental xarakterga ega bo'lgan jarayondir.
Pedagogik amaliyotlar natijasi shundan dalolat beradiki, o'qituvchi o'quvchilar bilan o'zarohamkorlikning o'ziga xos to'g'ri metodini tanlab hamda vaziyatni to'g'ri baholagan taqdirda ham, ko'pincha o'z on pedagogik ta’sirini kommunikativ jihatdan ta’minlay olmaydi, ya’ni kommunikatsiyani o‘zaro muloqotda amaliy jihatdan tatbiq eta olmaydi.
Pedagogik ta’siming o‘qituvchi tomonidan tanlanib qo‘llaniladigan metodlari bevosita muloqot orqali amalga oshiriladi. Shunday ekan, mazkur jarayonni yuksak mahorat bilan, ongli ravishda tashkil etish, pedagogik faoliyatda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday vaziyat- da bu jarayonga tayyor turishi zarur. Buning uchun har bir o‘qituvchi mustaqil, o‘z pedagogik tajribalariga va mahoratiga asoslanib, o‘quvchi- larga pedagogik ta’sir etishning quyidagi mantiqiy obrazi jadvalini tuza- di, o‘zi uchun kerakli bo‘lgan, ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlami mustaqil ravishda yig‘ib, qayd qilib borishlari hamda kasbiy ko'nikma va malakalarini oshirib borishlari mumkin:


Yüklə 79,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə