Har bir marketinga yo‘naltirilgan korxonaning faoliyatini oqilona yuritish, bu


-rasm. Marketing tadqiqotlarida tovar (xizmat)larni sotish bozori bilan



Yüklə 158,53 Kb.
səhifə5/7
tarix25.05.2022
ölçüsü158,53 Kb.
#87919
1   2   3   4   5   6   7
ismoilova kurs ishi

4.3-rasm. Marketing tadqiqotlarida tovar (xizmat)larni sotish bozori bilan
bog‘liq muammolar tasnifi
Marketing muammolaridan yana bir guruhi tovar (xizmat)larni sotish vaqti
bo‘yicha aniqlashdan iboratdir. Chunki, juda ko‘p jarayonlar mavsumiy xarakterga
ega va ko‘p jihatdan belgilangan qonunchilik asosida bo‘lmasdan, an’anaga
asoslangan holda bajariladigan yumushlardir. Ushbu muammolar ham o‘z navbatida
ikki guruhga bo‘linadi:
- doimiy muammolar;
- mavsumiy muammolar.
Mazkur guruhlar quyidagi rasmda keltirilgan (4.4-rasm).
Shuningdek, marketing muammosini aniqlash va uni hal etish 4.5 – rasmda
marketing tadqiqotlarining tasnifiy belgilari asosida guruhlashtirish amalga
oshirilgan.
4.4-rasm. Marketing muammolarini sotish vaqti bo‘yicha tasniflash
Marketing tadqiqotlari muammolarini tovar (xizmat)lar iste’molchilari
bo‘yicha tasniflashda birinchi navbatda odamlarning jinsi bo‘yicha tovar ( xizmat)ni
yetkazib berish muammolariga e’tiborni qaratish lozim. Ayrim tovar (xizmat)lar
borki, ularni sotishda tabaqalanish inobatga olinmaydi. Masalan, non va boshqa oziqovqat mahsulotlari, juda ko‘p oilaviy umumiy foydalanadigan tovarlar (televizor,
xolodilnik, avtomashina kabilar) shular jumlasiga kiradi. Ammo juda ko‘p
tovarlarning bir qismi faqat ayollarga yoki erkaklarga, ayrimlari esa, bolalarga
mo‘ljallangan. Bunga asosan kiyim-kechaklarni misol qilish mumkin. Har bir kiyim
kechakdan qancha erkaklarga, qaysi o‘lchamda, qanchasi ayollarga va ular ham
o‘lchami va boshqa assortiment turlari bo‘yicha ishlab chiqarish lozimligi, keyin
ularni sotish muammosi barchasi ushbu marketing muammosida jamlanadi.
Bularning qay tarzda amalga oshirilishi mumkinligini ushbu muammolarning
yechimi orqali hal bo‘lishini inobatga olish lozim.
Marketing tadqiqotlari muammolarini tovar (xizmat)lar iste’molchilari
bo‘yicha tasniflashda kishilarning kasbi bo‘yicha tovar (xizmat)ni yetkazib berish
masalasi ham muhim yo‘nalishlardan biridir. Chunki, ayrim kasbdagi tovarlar maxsus
shu kasbga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bularga tibbiyot xodimlarining maxsus kasbiy
xalati, ayrim yirik kompaniyalarning maxsus kiyimi, ishchilarning ish kiyimi
kabilarni misol keltirish mumkin. Ushbu kiyimlarni ham qancha va qayerda ishlab
chiqish, kimlarga sotish masalasi ham yechimini kutayotgan muammo tarzida
hamisha kun tartibidan tushmaydi

Yüklə 158,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə