Hamza Hakimzoda Niyoziy va Abdulla Avloniy asarlari misolida mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi



Yüklə 134,23 Kb.
səhifə2/35
tarix04.06.2022
ölçüsü134,23 Kb.
#88748
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Iroda

Mavzuning dolzarbligi. «Tarix xotirasi xalqning jonajon o’lkaning, davlatimiz hududining xolis va haqqoniy tarixini tiklash, milliy o’zlikni anglashni, tahbir joiz bo’lsa, milliy iftixorni tiklash va o’stirish jarayonida goyat muhim o’rin tutadi». 1Zero, «moziy-istiqbolning tarozusi» (Behbudiy) ekanligini xalqimiz bugungi kunda chuqur anglab yetmoqda.
Chindan ham, yurtimiz, xalqimiz tarixining turfa sahifalariga nazar tashlash, ularni to’laqonli va jiddiy tadqiq etish, xolis turib baholash orqaligina mustaqilligimizning mohiyatini teran anglash mumkin. Shunday ekan, o’z ulug’vor tarixiga ega yurtimizning istiqboli yuksak ma’naiiyatli barkamol shaxslarning sa’y-harakatlariga bog’liq bo’lib qoladi. Bu esa, Birinchi Prezidentimiz tahkidlaganlaridek, «mustaqil dunyoqarashga ega, ajdodlarimizning bebaho merosi va zamonaviy tafakkuriga tayanib yashaydigan komil insonni tarbiyalash»2ni xar qachongidan ham muhim qilib qo’yadi. Ushbu oliy maqsad o’tmish adabiy merosini chuqur tadqik, va tahlil etib, ma’naviyat ravnaqiga safarbar etish vazifalarini keltirib chiqaradi. Ayniqsa, istiqlol orzusi bilan yashab, ana shu muborak maqsad yo’lida kurashib jon fido etgan ajdodlarimizning porloq xotirasi oldidagi burchimiz ular faoliyat ko’rsatgan davr, jabhalarga chuqurroq nazar tashlashni, ular qoldirgan ilmiy-adabiy merosni o’zining chin vorislariga to’ligicha qaytarish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Bu tadqiqot mavzusining dolzarbligini belgilovchi dastlabki jihat bo’la oladi.
Shuni ta’kidlash o’rinliki, mustaqillik moziyning nurli-nursiz jabhalariga yanada chuqurroq nazar tashlash, o’tmish voqeligini adolat tarozusida o’lchab, uning haqqoniy bahosini berish imkoniyatlarini yuzaga keltirdi. XIX asr oxiri na XX asr boshlaridagi mustamlakachilik davri siyosatiga qarshi chmqqan oqimlar, guruhlar, ayrim shaxslar faoliyatiga xolis baho berildi, buning doirasida turlicha qarashlar, fikrlar, xulosalar o’rtaga tashlandi. Fikriy bahslar pirovardida tarix va tafakkurning biz tilga olgan davridagi eng faol oqim - jadidchilik harakati, bu oqimning maydonga kelish sabablari, siyosat, ijtimoiyot va mahnaviyat borasida olib borgan tarozusida o’lchab, uning haqqoniy bahosini berish imkoniyatlarini yuzaga keltirdi. XIX asr oxiri na XX asr boshlaridagi mustamlakachilik davri siyosatiga qarshi chmqqan oqimlar, guruhlar, ayrim shaxslar faoliyatiga xolis baho berildi, buning doirasida turlicha qarashlar, fikrlar, xulosalar o’rtaga tashlandi. Fikriy bahslar pirovardida tarix va tafakkurning biz tilga olgan davridagi eng faol oqim - jadidchilik harakati, bu oqimning maydonga kelish sabablari, siyosat, ijtimoiyot va mahnaviyat borasida olib borgan kurashlari, bu ilgor oqimga sho’ro tuzumining dastlabki paytlaridayoq barham berilgani borasida qimmatli tadqiqotlar yaratildi. Hukumat va qator ziyolilarimizning sa’y-harakatlari o’laroq, ular xotirasi qayta tiklanib, e’zoz va hurmatga sazovor etildi. Biroq bir necha yillar davomida siyosat va ijtimoiyotga muttasil ta’sir o’tkazib kelgan jadidchilik harakatining butun mohiyati, tarixi, jamiyatdagi o’rnini ko’rsatib, unga atroflicha baho berish borasida yuzaga kelgan tadqiqotlar hali kamlik qiladi. Bu, bizningcha, jadidchilikning muayyan mintaqalar bo’yicha yoyilishini aniqlash, jadid namoyandalarining merosini atroflicha to’plash, ularni har tomonlama o’rganish va jadidchilik davri adabiyotining o’ziga xos xususiyatlarini muayyan tizimga solish, jadidchilikning yaxlit tarixini yaratishdan iborat. Ushbu masalalarni hal etish yo’lidagi harakat tadqiqot mavzusining dolzarbligini belgilovchi yana bir jihat bo’la oladi.
Jadidchilik va ularning yalovbardorlari haqida ko’p yozildi. Biroq shu harakatning faol ishtirokchilari bo’lgan yana ko’plab shaxslar ham borki, ular birmuncha ehtibordan chetda qolib kelayotir. Chunonchi, Hoji Muin, Mirmuhsin, Nozimaxonim, Shavkat, Tavallo, Ashurali Zohiriy, Muhammadjon Xoliqiy, Mirzoyi Ho’qandiy va boshqalar haqida shu fikrni aytish o’rinli bo’ladi.
Dunyo adabiyotshunosligida jadidchilik davri adabiyotining shakllanish, rivojlanish va poetik xususiyatlari muayyan darajada kuzatilgan, jamiyat hayotidagi va ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi tutgan oʼrni koʼrsatilgan. Аyni paytda, jahon adabiyotining uzviy qismi boʼlgan oʼzbek jadidchilik davri adabiyotini oʼrganishdagi muammolar koʼp qatlamli boʼlib, davr adabiyotiga xos alohida xususiyat, anʼanaviylik, vorisiylik, yangilik va oʼzgarishlarni tadqiq etish bugungi adabiyotshunoslik va adabiy aloqalar yoʼnalishlarida tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu holat, ayniqsa, Sharq xalqlari adabiyotlarida deyarli bir vaqtga toʼgʼri kelishi ularning oʼziga xosliklarida mushtaraklik kasb etishi bilan ham belgilanadi.
Jahon adabiyotshunosligida jadid maʼrifatparvarlik adabiyoti bilan bogʼliq masalalar, xususan, jadid adiblari asarlarining matni va maʼno qatlamlarini chuqur oʼrganish, jadid adiblari ijodini yangicha yoʼnalishda tatqiq etish, har bir ijodkor shaxsiyati va ijodiy merosini tarixiy nuqtai nazardan baholash allaqachon tabiiy jarayonga aylanganligi nuqtai nazaridan bu yoʼnalishlarda amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlar muhim ilmiy-nazariy ahamiyat kasb etadi.
Oʼzbek mumtoz adabiyoti dunyo badiiy tafakkuri taraqqiyoti va takomiliga munosib ulush qoʼshganligi bilan bashariyat maʼnaviy va maʼrifiy rivojida oʼziga xos mavqeʼ kasb etadi. Zero, «bizning havas qilsa arziydigan buyuk tariximiz bor, havas qilsa arziydigan ulugʼ ajdodlarimiz bor. Havas qilsa arziydigan beqiyos boyliklarimiz bor. Va men ishonaman, nasib etsa, havas qilsa arziydigan buyuk kelajagimiz, buyuk adabiyotimiz va sanʼatimiz ham albatta boʼladi» 2 Binobarin, mumtoz adabiyot anʼanalarining bugungi madaniy, adabiy va tarixiy qadriyatlar tiklanishi jarayoniga tatbiq etilishi, ayniqsa, yosh avlod maʼnaviy kamolotini taʼminlashga xizmat qilishi nuqtai nazaridan ham oʼziga xos maʼrifiy-tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Jadid adiblari mumtoz adabiyot tarixi gʼoyaviy-badiiy anʼanalari va sheʼriy shakllarini XX asr boshlaridagi yangicha sharoitda davom ettirdilar, mumtoz adabiyotimiz janr xususiyatlarini oʼz ijodlariga singdirib, mumtoz anʼanalarni yangilashga harakat qildilar, adabiy taraqqiyot jarayoni uzluksizligini taʼminladilar hamda milliy uygʼonish davri adabiyoti takomilida anʼanaviy adabiy janrlar, timsol va poetik unsurlardan samarali foydalandilar. Shuningdek, ushbu munosabatlar shakllanishidagi islohotchilik, adabiy-badiiy yangiliklarga zamin boʼlgan mumtoz anʼanalarga vorislik va adabiy taʼsir, talim va tarbiyaga oid masalalarini oʼrganish bugungi adabiyotshunoslikning oʼziga xos muammolaridan boʼlib, ularni hal qilish zarurati tadqiqot mavzusi dolzarbligini belgilaydi.

Yüklə 134,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə