O’zbekiston yagona vatan



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix24.05.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#112580
  1   2   3
O’zbekiston yagona vatan



O’zbekiston yagona vatan
Abdukaimov Dilshod



Darhaqiqat,”O‘zbekiston mustaqilligi ona xalqimizga XX asr so‘ngida nasib etgan ulkan tarixiy 
g‘alaba ekanligini o‘tgan yigirma olti yil isbot etdi. 1991 yil 31 avgustda respublikamiz 
Mustaqil 
deb e’lon 
etildi. Mustaqil taraqqiyot yo‘lini belgilab oldi. O‘zbekiston 250 dan ortiq davlat bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi. 
Birlashgan Millatlar Tashkiloti binosida bayrog‘imiz hilpirab turibdi. O‘zbekiston qadim yurt. Yer yuzidagi 
birinchi qadimiy qo‘l yozma kitob”Avesto”ning vatani ham bizning mamlakatimiz. Hozir yurtimizda Toshkent, 
Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz kabi qadimiy obidalarga boy mashhur shaharlarimiz mavjud.
Mamlakatimiz hududining kattaligi jihatdan jahonda 55 o‘rinda bo‘lib, 447 ming 400 km/kvni tashkil qiladi. 
Aholi soni jihatidan 42 o‘rinda turadi, o‘ttiz milliondan ortiq kishi istiqomat qiladi.


Ajdodu avlodlar o‘rtasidagi ma’naviy ko‘prik
Mustaqillikning birinchi kunidanoq mamlakatimizda azaliy va avvaliy milliy qadriyatlarimizga, 
qadimiy madaniy obidalarimizni ta’mirlashga, buyuk allomalarimizning nomlarini qayta tiklashga alohida 
e’tibor berila boshlandi.Hozir O‘zbekistonda 74 tadan ortiq qadimiy ziyoratgoh mavjud. Ular mamlakatimizda 
yashab o‘tgan allomalarning nomlari bilan bog‘liq O‘zbekistonda asrlar mobaynida yaratilgan, rivojlantirilgan 
g‘oyat katta ilm, mo‘jizakor ijodiy mehnat bor. Jahon ilm durdonasiga behisob hissa qo‘shgan buyuk 
o‘g‘lonlari, o‘z zamonasining sultonlari yashab o‘tgan! Bugungi kunda jahon bo‘yicha ishlatilayotgan 1 dan 9 
gacha bo‘lgan raqamlarga nolni kiritib, XX asr fani – kibernetikaga asos solgan olim deyarli 1200 yil avval 
yashab o‘tgan bizning ajdodimiz – al-Xorazmiy! Algebra fani, mashhur allomaning ismi bilan bog‘liqligi, ya’ni 
al-Jabr bora-
bora algebraga aylanganini, Algaritm so‘zi Al-Xorazmiy so‘zining assimiliatsiyaga uchragan 
shakli ekanligini va bizning avlod uni o‘qib matematikani o‘rganayotganligini bugungi kunda jahon ahli tan 
olyapti.


Yerning dumaloq shaklda ekanligini isbotlab, dunyo xaritasini tuzgan va uni globus shaklida birinchi aks 
ettirgan ensiklopedik olim ham Al Xorazmiyga zamondosh. yurtdoshimiz Abu Rayhon Beruniy ekanligini 
o‘quvchilar ongi-shuuriga qayta-qayta quyish an’anaga aylanganligi kishida iftixor tuyg‘usini yuksaltiradi.
Mukammal tibbiyot qonunlarini yaratgan Beruniy va Xorazmiylarning zamondoshi Abu Ali ibn 
Sino kitoblaridan jahon tibbiyotida hamon dasturulamal sifatida foydalanilmoqda. Agar e’tibor bersak, “Tib 
qonunlari”da murakkab jarrohlikdan tortib, oddiy ovqatlanish madaniyatigacha o‘rgatilgan. Inson salomatligini 
avaylash avvalo o‘zidan, oddiy ovqatlanish madaniyatidan boshlanadi, degan o‘gitlari bugungi kunda har bir 
farzandga singdirilmoqda?!


Daryolar suvini o‘lchaydigan uskuna yaratgan va dastlab Nilning suv hajmiyu sig‘imini o‘lchab bergan 
bizning vatandoshimiz va yuqorida tilga olingan allomalarga zamondosh al-
Farg‘oniy!
“Ziji Kurogoniy” asarida yulduzlar jadvalini tuzib falakiyot ilmini dunyoga tanitgan ham 14 asarda yashab 
o‘tgan bizning ajdodimiz Mirzo Ulug‘bek!
Hazrat Alisher Navoiy satrlari bilan ta’rifu tavsiflasak:
Temurxon naslidan sulton Ulug‘bek
Ularga deyarli zamondosh Hazrat Alisher Navoiyning “Majolis-ul-nafois” va Nasoimul-muhabbat” asarlarida 
ajdodlarimizning ta’rifu-tavsiflari go‘zal ifoda etilgan 500 dan ortiq shoiru fuzaloni e’tirof etganlar. 
Ajdodlarimizdan urf bo‘lgan bu an’anani kelgusi avlodlarimizga yetkazish bizning burchimiz. Beruniy, 
Xorazmiy, Sohibqiron Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Bobur, Jaloliddin Manguberdi 
kabi ulug‘larimiz navqiron avlodning g‘urur tog‘laridir. Mamlakatimiz istiqloli tufayli Islom madaniyati va 
taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan Zamaxshariy, Imom Buxoriy, Moturidiy kabi allomalarning kitoblari 
o‘rganila boshlandi


Darhaqiqat, Turonzamin sadosi 
– ma’naviyati, madaniyati, ma’rifati dunyo kabi qadimiy va ulug‘vor! 
Ajdodlarimiz mehnatining mahsuli bo‘lmish g‘oyat qimmatli va eng qadimiy qo‘lyozma “Avesto”dagi go‘zal 
bitiklar ham ana shundan dalolat beradi. Eramizdan oldingi davrda yaratilgan yozma manba “Avesto”da 
olamni munavvar qiluvchi quyosh Sharqdan chiqishi tilga olinadi. Zero, quyosh bilan olam munavvarlashadi, 
jamiki tabiatu mavjudot harakatga keladi.
Zero, tabiat o‘z quyoshi bilan, inson o‘z ijodiy faoliyati bilan ajralib turadi. Biz dunyoga mashhur 
allomalarni bejiz tilga olmadik. Ular ajdodlarni avlodlarga bog‘lovchi ma’naviy ko‘priklardir. Ularning hayot 
yo‘li yoshlarimiz uchun yorqin ibratdir. Hukumatimizning maqsadu muddaosi ham shu – millatning yuzi 
bo‘ladigan, buyuk Vatanimizga munosib komil inson tarbiyalash, ya’ni rango-rang “qadimiy gullar”ga 
hamohang “jajji chechaklarni” parvarishlashdir.




Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə