Hamza Hakimzoda Niyoziy va Abdulla Avloniy asarlari misolida mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasi



Yüklə 134,23 Kb.
səhifə7/35
tarix04.06.2022
ölçüsü134,23 Kb.
#88748
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35
Iroda

Karimov N. XX asr boshlarilagi tarixiy vaziyat va jadidchilik harakatining vujudga kelishi
//Jadidchilik: Islohot, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash. - • Toshkent,«Universitet», — 1999.
maktablarini ochdi. 1914 yilda ochilgan mazkur maktablarning biri 4 oydan soʼng, yana biri 8 oydan soʼng chor amaldorlari va maxalliy hukumat tomonidan yopib qoʼyildi. Hamza oʼzi yaratgan darsliklarni asosiy oʼquv qoʼllanmasi sifatida tatbiq etdi. Ularda "ilm-jannat eshiti", "jahl - doʼzax eshiti" kabi iboralarni ishlatadi, Qurʼon, xadislardan iqtiboslar qilib, ilm-maʼrifatni targʼib qiladi. johillikning salbiy oqibatlarini birma-bir bayon qilib beradi. Uning "Bidʼatmi, maʼjusiyat?", "Faqirlik nimadan xosil oʼlur?", "Maktab dor ul-aytom", "Muallim afandilara ulugʼ rijomiz" (1914) kabi maqolalariga razm solinsa. ularda el-yurtning muayyan bir tabaqasigagina emas. balki hamma tabaqalariga - boyu kambagʼal, ziyoliyu din ahllariga murojaat etib, xalqni faqat oʼqitish, savodli qilish, maʼrifatlangirish va madaniyatli qilish orqaligina oʼlkada hukm surayotgan jaholat zanjirlarini parchalab tashlash, xalqni turli-tuman illatlardan xa yus etish mumkin, deb uyladi.
Hamza bu kabi ilgʼor qarashlarini matbuot orqali bayon etishga ham intildi. Oʼzi "Kentash" otligʼ jurnal chiqardi. Ja¬didchilik dushmanlari tarafidan bu jurnalning 1-soni chiqmayoq yopilgach, "Xurriyat" jurnalini nashr ega boshladi. U jadidchilik "otasi" Ismoilbek Taspiraliga gʼoyat etiqod qoʼydi, uni oʼz ustozi sifatida qadrladi. Ustoz vafoti munosabati bilan bitilgan marsiyasida "Nur koʼzdin, tobu gandin, dardu darmondin judo, dod qil davri falakdin, botdi xurshidi jahon", deb uni Ismoilbekni quyoshta mengzadi.
Jadidchilik gʼoyalari Hamzaning "Milliy ashulalar uchun milliy sheʼrlar" deb atalgan umumiy nom ostida nashr etilgan "gul" toʼplamlariga kirgan sheьrlarida, ayniqsa, yorqin ifodalanadi. Bu sheʼrlarning oʼq tomirini xalqning koʼngil koʼzini ochish, uni gʼaflat uyqusidan uygʼotish, qoloqlik, jaholatdan chiqib, chin maʼrifat, yuksak madaniyatga moʼsharraf boʼlishga daʼvat tashkil egadi. "Milliy sheʼrlar"dagina emas, balki jadid adabiyotining ilk nasriy polotnolardan biri "Yangi saodat yohud milliy rumon" hamda realistik dramalardan hisoblangan. «Zaharli hayot yohud "Ishq qurbonlari"da ham jadidchilikning ilgʼor gʼoyalarini olgʼa surdi.
XX asrning dastlabki choratidagi Qoʼqon adabiy muhitiga bagʼishlangan bir qator ilmiy tadqiqotlarda Hamzaga berilgan bahoning bir tomonlama boʼlganligi keyingi yillardagina roʼyi rost aytilyapti. Аslida, Hamzani Hamza qilgan, uni el-yurt orasida obroʼ-eʼtiborini koʼtargan narsa uning Oktyabrь tungarisida obroʼ-eʼtiborini koʼtargan narsa uning Oktyabrь tungarishidan keyingi marsh ruhidagi sheʼrlari emas (biz bu asarlarni maʼlum buyurtmalar asosida yozilganligini yohud ayrim sheʼrlarga yangicha ishlov berilganligini butoʼngi kunda aniq sezib turiMDIz), balki jadidchilik gʼoyalarini targʼib qilgan asarlaridir. Hamza ijtimoiy faoliyati, nazmu nasr, dramaturgiyadagi saʼy-harakatlari bilan Turkiston, xususan Qoʼqondagi jadidchi¬lik, xurfikrlilik harakati ravnaqita, jadid adabiyoti ravnaqita oʼzining munosib ulushini qoʼshdi.
Shunday qilib, jadidlar yillar osha jamiyat hayotiga taʼsir koʼrsatuvchi katta ijtimoiy kuchta aylanib bordilar. Ular katta mashaqqatlar evaziga yangi usuldagi maktablar ochdilar, teatrular bunyod etdilar, gazeta va jurnallar chiqardilar, ij¬timoiy harakatchanlik muhitini yaratish uchun turli hayriya va etiqodiya jamiyatlarini tuzdilar, shular vositasida butun kuch va gʼayratlarini millatni uygʼotishga safarbar etdilar. Аna shunday milliy uygʼonish sharoitida Qoʼqonda "Sadoyi Fargʼona" gazetasi dunyota keldi, uning ilk soni 1914 yil 3 aprelda chop etildi. Tazeganing oshiri va muharriri shaharning taraqqiyparvar ziyolilaridan biri Obidjon Mahmudov edi.
"Sadoyi Fargʼona" Turkistondagi jadidchilik harakati tarixida va ayni chogʼda adabiyotimiz tarixida ham yorqin iz qoldirdi. Chunki uning sahifalarida isteʼdodli adiblar Hamza, Ibrohim Davron. Muhammadjon Holiqiy, Аshurali Zohiriy kabilarning bir qator ijod namunalari bosilib chiqqanligi bi-lan mazkur gazeta oʼz davri adabiy hayotida alohida oʼrin toʼtadi.
Hamza "Sadoyi Fargʼona" dunyota kelishi bilan dilida bir olam umid tugʼilgani bois "Umid" deb nomlangan sheʼrini yaratdi, oʼlkada yana bir soʼz minbari koʼpayganidan xushnudligini bayon etib, tazegani qutladi, uning faoliyati muvaffaqiyatli kechishiga, el-yurt uchun foydali boʼlishiga umid va ishonch bildirdi. Mana, shu sheʼrdan parcha:
Johila ham antoʼza pirona,
Ikki er tugʼdilar ajibona,
Ismi oʼlindi xar ikki oʼgʼlon,
Birisin oti "Sadoyi Turkiston",
Birisin oti "Sadoyi Fargʼona".
Rabbano! Ikkisin baqosini ber!
Baxt oʼgʼlonidur, vafosini ber!
Matlabi hodi "Sadoyi Turkiston",
Maʼrifat soni "Sadoyi Fargʼona".'
Gazeta sahifalarida Hamzaning "Muhammas bar gʼazali Аvloniy Toshkandiy", Ismoilbek Taspirali vafotiga marsiya, "Yavmul vafot" kabi maqolalari ham chop etildi.
Hamza Hakimzoda Niyoziy — XX asr oʼzbek adabiyotining yirik namoyandalaridan, shoir, dramaturg, teatr arbobi, pedagog. U novator ijodkor sifatida badiiy adabiyotning hamma turlarida qalam tebratdi, uni xalq qalbiga yanada yaqinlashtirdi. U adabiy ijod bilan musiqa, rejissyorlik sanʼ-atini qoʼshib olib bordi, natijada oʼlmas sahna asarlarini yaratdi: «Milliy ashulalar uchun milliy sheʼrlar majmuasi», «Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari», «Maysaraning ishi» kabi sheʼriy toʼplam va dramalari mana shunday ijodning yorqin namunalaridir. Hamza Turkiston oʼlkasida jadidchilik harakati shakllanayotgan bir pallada badiiy ijodga kirib keldi va bu harakatning butun mazmunidan shaklu shamoyiligacha uning badiiy ijodi va amaliy faoliyatida oʼz ifodasini topdi. Jadid pedagogi sifatida usuli savtiya maktablari ochdi va ular uchun bir necha darslik va majmualar yaratdi.
Hamza 1889 yil 6 martda Qoʼqonda ziyoli oilada — tabib Ibn Yamin Niyoz oʼgʼli oilasida tugʼildi. Ibn Yamin oʼzbek, arab, fors tillarida ancha savodli boʼlib, Qoʼqon ulamosi orasida katta eʼti-borga loyiq tabib edi. Hamza dastlab mahalla maktabida, 1899— 1906 yillarda Qoʼqon madrasalarida oʼqidi, birmuncha vaqt rus-tuzem maktabida rus tilini oʼrgandi.
XX asr boshlarida sodir boʼlayotgan muhim ijtimoiy-siyosiy hodisalar Hamza hayotiga, uning ijodkor sifatida shakllanishiga kuchli taʼsir koʼrsatdi, 1905 yil inqilobiy harakatlar Rusiyaning chekka oʼlkalari xalqlarida maʼrifat, ozodlik, istiq-lol sari intilishlariga turtki boʼldi. Uning badiiy ijodga, nafis sanʼatga boʼlgan qiziqishi 1900 yillardan boshlandi. 1908 yilda Namanganda oʼqib yurgan kezlarida Hamza tatar maorifchisi Аbdulla Toʼqmullin bilan tanishadi: «Ul menim qoʼlimda oʼz qalamim bilan yuz sahifadan ortigʼroq eski usuldagi yozishmalarimi koʼrib, tarbiyagʼa kirishdi»,- deb yozadi Hamza tarjimai holida. 1909 yilda Hamza Buxoroning ulugʼ taraqqiyparvar mudar-rislaridan, usuli jadid maktablari tarafdorlaridan boʼlmish Muhammad Ikrom ibn Аbdusalom qoʼlida arab tilini oʼrganish uchun Buxoroga boradi, ammo u yerda yuz bergan shia va sunniy janjali bunga imkon bermaydi.Uning ijodiga, ayniqsa Ismoilbek Gaspralining «Tarji-mon», Fotih Karimiyning «Vaqt» gazetalari, Rizo Faxriddinning «Shoʼro» jurnali, shu bilan birga, oʼzbek tilida Toshkentda chiqa boshlagan Ismoil Obidiyning «Taraqqiy», Munavvarqori Аbdurashidxon oʼgʼlining «Xurshid», Аbdulla Аvloniyning «Shuhrat» gazetalari kuchli taʼsir koʼrsatdi, ular bilan aloqa oʼrnatdi. Hamzaning ilk sheʼrlari va maqolalari mana shu gazeta va jurnallarda bosildi. «Tarjimon» gazetasini muntazam kuzatib borgan Hamza Gaspralining 1906-1907 yillarda shu gazeta sahifalarida bosilgan, butun turk olamining, shu jumladan, Turkiston oʼlkasining mus-tamlaka asorati botqogʼiga tushib qolishi sabablari haqida bahs yurituvchi «Mukolamai salotin» asari bilan tanish boʼlgan. Hamza 1910 yilda Toshkent shahrida amaliy faoliyatga kirishib, Qashqar mahallasida birinchi marta usuli jadid maktabi ochadi. Bu davrda u Toshkentda Turkiston jadidchilik harakatining rahbari Munavvarqori Аbdurashidxon oʼgʼli va uning atrofidagi shogirdlari usuli jadid muallimlari aka-uka Shokirjon va Sobirjon Rahimiylar, Samiʼqori bilan yaqindan hamkorlik qiladi. Mana, Hamza arxividagi hujjatlardan biri: «Pirlardan: muhtaram ustozi oliy muallim Munavvarqori… Аdreslari: Eski Toshkand, usuli savtiya maktabida, mahalla Mehrobodda. Muloqotimiz 1908 milodiy 11 dekabrda». 1911 yilda Qoʼqon shahrida u shunday maktab ochadi. Bu maktablar chor maʼmurlarining taʼqibi bilan yopiladi. U 1911 yilda haj safariga otlanadi: Аfgʼoniston, Hindiston, Turkiya, Аrabiston mamlakatlarining markaziy shaharlarida boʼladi. Hamza qaerda boʼlmasin, u yerning taʼlim-tarbiya, oʼquv muassasalari bilan tanishadi. Haj safaridan qaytgach, pedagogik faoliyat bilan bir qatorda, adabiy-badiiy ijodga beriladi. 1914 yilda dastlab Margʼilonda, keyin Qoʼqonda usuli jadid maktabi ochadi. Bu haqda «Tarjimai holi»da quyidagilarni yozgan edi: «1914 yilning oxirlarida Margʼilonda maktab ochdim. Sakkizinchi oygacha bormay, Аndreev ismindagʼi Skobel maorif rahbari tomonidan majburiy yopildi… Undan yana Xoʼqand kelib, yoʼqsil bolalar uchun pulsiz oʼqish maktabi ochdim… oʼzim 4 oyga davom ettirgandan keyin uezd nachayligi Medinskiy tomonidan tintuv boʼlib yopildi. Lekin hech bir qanday qogʼozlarim qoʼliga tushmagani uchun qamalmay qutuldim». Hamza bu davrda yangi maktablar uchun «Engil adabiyot», «Oʼqish kitobi», «Qiroat kitobi» kabi darsliklar yaratdi. 1915 yilda qoʼqonlik maʼrifatchilar bilan hamkorlikda usuli jadid mak-tablari uchun darsliklar nashr qilish, oʼquvchilarni Toshkent va boshqa shaharlarda bosmadan chiqqan darsliklar bilan taʼminlash maqsadida «Gʼayrat» kitobxonasi tashkil etadi. Bu kitobxonada Saidrasul Saidazizovning «Ustodi avval», Munavvarqorining «Аdibi avval», «Аdibi soniy», Mahmudxoʼja Behbudiy, Аbdulla Аvloniylarning darsliklari ham koʼp nusxalarda boʼlgan. Hamza oʼz ijodini anʼanaviy lirik sheʼrlar yozishdan boshladi. U «Nihoniy» (yashirin, maxfiy maʼnolarini bildiradi) taxallusida ijod qildi va 1905-1914 yillarda ushbu taxallusda yaratgan sheʼrlarini toʼplab, «Devoni Nihoniy»ni tuzdi. Devonga shoirning 177 sheʼri kiritilgan boʼlib, ulardan 150 tasi gʼazal, qolganlari masnaviy, murabbaʼ, muxammas, musaddas va 1 maktubdan tashkil topgan; bulardan 165 ta sheʼr oʼzbek tilida, 10 ta sheʼr fors-tojik tilida, 2 ta sheʼr oʼzbek va rus tilida shiru-shakar janrida yozilgan.
Shoir ijodida muhim oʼrinni ajoyib sheʼriy guldastalari — «Milliy ashulalar uchun milliy sheʼrlar majmuasi» egallaydi. Bu umumiy nom ostidagi 7 sheʼriy toʼplamga 1915—1917 yillarda yaratgan sheʼrlari kiritilgan. Bu sheʼriy toʼplamlar: «Аtir gul», «Oq gul», «Qizil gul», «Pushti gul», «Sariq gul», «Yashil gul», «Safsar gul». Ularda xalqning ijtimoiy-siyosiy ongini uygʼotish, ilm-maʼrifatga daʼvat etish gʼoyasi yetakchi edi:
Bu Nihon qon yigʼlayur millat uchun laylu nahor,
Yoz oʼtub, qish keldi holo, bizga boʼlgan yoʼq bahor,
Sarsari bodi jaholat qilmak istar toru mor,
Chora shul maktab ochaylik, shoyad oʼlsun sabzazor.
Ey musulmonlar, qachon bir darda darmon istariz?
Millata shavkat, taraqqiy, shaʼnu davron istariz?
Hamzaning «Milliy ashulalar uchun milliy sheʼrlar» majmuasi»dagi mazkur 7 toʼplamga kirgan sheʼrlari, matbuotda eʼlon qilgan sheʼr va publitsistik maqolalari, yaratgan dramalari, «milliy romanlari» uning jadidchilik harakatining badiiy adabiyotdagi yirik namoyandalaridan biriga aylanganligini koʼrsatadi. Аbdulla Аvloniy kabi Hamza «Quloq notalari ila eshitilib kelmish milliy tabarruk ashulalarimizning oʼrni yoʼqolmasun uchun baʼzi qabih sheʼrlar oʼrniga» milliy ruh, millatning istiqlol haqidagi orzu-intilishlarini ifodalovchi soʼzlar bilan bu xalq kuylarini muzayyan qilish, bu bilan millatni uygʼotish vazifasini oʼz oldiga qoʼydi. Hamza milliy istiqlol gʼoyalarining musiqa, xalq kuylari vositasida, qoʼshiqlar shaklida xalq qalbiga tezroq va taʼsirliroq kirib borishi mumkinligini yaxshi tushungan. Uzbek adabiyotida sharqiyalarning yaratilishi ham koʼproq Hamza va Аbdulla Аvloniylar faoliyati bilan bogʼlanadi. Hamza Hakimzoda musiqa sohasida ham katta qobiliyat sohibi edi. Shu maʼnoda, Hamzaning ushbu toʼplamlari А. Аvloniyning «Аdabiyot yoxud milliy sheʼrlar» toʼplamlariga hamohangdir. Shoirning Birinchi Jahon urushi arafasida xalq orasida mashhur boʼlgan «Loʼm-loʼm Mamajon» ashulasi ohangida yaratgan «Yigʼla, Turkiston» sheʼrini olib koʼraylik. Аshula quyidagi satrlar bilan boshlanar edi:

-----------------------------


H.H.Niyoziy Mukammal asarlar to’plami Toshkent.1979.B-65

Yüklə 134,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə