Guliston davlat universiteti



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə48/53
tarix24.01.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#99096
növüУчебно-методическое пособие
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53
portal.guldu.uz-O’ZBEK ADABIYOTI (POEZIYA)

Muhokama uchun savollar:

    1. Istiqloldavri adabiyotining muxim o’zgarishlari asosan qaysi janrlarda ko’zga tashlanadi.

    2. Bu davr she’riyati haqida nimalar deya olasiz?

    3. Modernistik uslub haqida fikringiz qanday?

2-savol bo’yicha dars maqsadi:
Istiqlol davri o’zbek adabiyotida janrlar taraqqiyotini ko’rsatib berish.
Identiv o’quv maqsadlari:
2.1.1. Bu davrdagi janrlar taraqqiyoti bilan tanishadi.
2.1.2. Lirika va nasr taraqqiyotini solishtiradi.
2.1.3.Bu davr adabiyotini boshqa davr adabiyoti bilan solishtiradi.
2- savol bayoni:
Hozirgi she’riyatimizda A.Oripov, E.Vohidov, R.Parfi, Sh.Rahmon, U.Azimov kabi shoirlarning she’rlari etakchi tamoyillarni belgilab berdi. Bu davrda A.Oripovning «Hikmat sadolari», «Haj daftari» turkumidagi she’rlari, Mirzo Kenjabekning «Xayrlashuv», «Haqiqat» she’rlari, Muhammad Yusufning «Kumush», «Aldov», «Turkman qiz» va boshqa asarlari yuzaga keldi.
80-90 yillar oralig’ida A.Oripovning «Ranjkom», O.Matjonning «Qush yo’li», U.Azimning «Oqpadar», M.Yusufning «Qora quyosh», I.Otamurodovning «Uzoqlashayotgan og’riq», M.Murodovaning «Chaqmoq izidan», E.Shukurning «Ibtido xatosi» kabi o’nlab dostonlari chop etildi.
Hikoyachilikda A.Muhtorning «Chodirhayol», Sh.Holmirzaevning «Ko’k dengiz», X.Sultonovning «G’ulomgardish», E.A’zamovning «Bog’bolalik Ko’kaldosh», X.Do’stmuhammadning «Jajman», N.Eshonqulovning «Maymun etaklagan odam», N.Otaxonovning «Uchinchi qavatdagi sariq deraza» kabi asarlarini misol qilish mumkin.
Qissachilikda E.A’zamovning «Javob», M.Do’stning «Istefo», H.Sultonovning «Ko’ngil ozodadir», T.Murodning «Ot kishnagan oqshom» kabi qissalarini misol qilib olamiz.
Romanchilikda O.Yoqubovning «Oq qushlar oppoq qushlar», S.Ahmadning «Jimjidlik», O’.Hoshimovning «Tushda kechgan umurlar», N.Qobulning «Unitilgan sohillar» asarlarini e’tirof etamiz. Romanchilikning jiddiy yutig’i sifatida. M.M.Do’stning «Lolazor», T.Murodning «Otamdan qolgan dalalar» asarlarini misol qilamiz.
Dramaturgiya sohasida A.Ibrohimovning «Puch», Shukurulloning «Unsiz faryod», H.G’ulomning «Bir million fojiasi», H.Muhammadning «Xotinlar gapidan chiqqan hangoma» asarlarini misol qilish mumkin. Tarixiy mavzuda S.Sirojiddinovning «To’maris», Sh.Xolimirzaevning «Qora kamar», Sh.Rizaevning «Iskandar» pe’salarini kiritish mumkin.
Adabiy tanqidchilikda O.Yoqubov, D.Nuriy, Sh.Rahmon, K.Bahriev, O’.Xlshimov, H.Davron, M.Alilarning millat, til, tarix, orol fojiasi, bolalar va ayollar o’limi haqidagi jiddiy maqolalari istiqlolning yaqinlashuviga ma’naviy zamin hozirladi deyish mumkin.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə