Guliston davlat universiteti



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə42/53
tarix24.01.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#99096
növüУчебно-методическое пособие
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   53
portal.guldu.uz-O’ZBEK ADABIYOTI (POEZIYA)

Nazorat topshiriqlari:
1.1.1. X. Xudoyberieva tarjimai holi va ijodi haqida malumot bering.
1.1.2. Shoira sheriyatida ayol qalbi tovlanishlari mavzusi to’g’risida gapiring.
2 asosiy masala:
2.1. Usmon Azim va Mirza Kenjabekov ijodiga xos xususiyatlar.


O’qituvchining maqsadi:
Usmon Azim va Mirza Kenjabek ijodidagi his tuyg’ularning tasviri bilan talabalarni tanishtirish, ularda vatanparvarlik, mardlik tuyg’ular ini paydo qilish.
Identiv o’quv maqsadlari:
2.1.1. U.Azim hayoti va ijodi haqida so’zlab beradi.
2.1.2. Shoir sherlarining bir ikkitasini tahlil qiladi.
2.1.3. M.Kenjabek tarjimai holi va sheriyati haqida so’zlab beradi.
2.1.4. M.Kenjabek sheriyatining o’ziga xos tomonlari to’g’risida gapiradi.


2 - asosiy masalaning bayoni:
USMON AZIM
Shoir 1950 yilda Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida tug’ilgan. 1972 yilda ToshDU (Hozirgi O’zMU)ning jurnalistika fakultetini bitirgan. Adabiyotga 70-yillarning o’rtalarida kirib keldi. Poetik to’plamlari:
"Insonni anglash” - 1978 y
"Holat" - 1979 y
"Okibat - 1980 y
"Aks sado" - 1983 y
“Dars" - 1985 y
"Baxshiyona" - 1990 y
"Uyg’onish azobi" - 1991 y.
Usmon Azim she’riyatga o’zining shiddatkor obrazi, o’ziga xos sozi bilan kirib kelgan adibdir. Utkir ijtimoiy muammolarga dadil qo’l urish, bezovtalik, shiddat Usmon Azim ijodining etakchi xususiyatlaridir.
Usmon Azmm vijdoni hamisha uygoq shoirlardan, u boshqalarda ham shu xususiyatni ko’rishni orzu qiladi. Bu jmxatdan shoirning bir she’ri yaxshm misol bo’la oladi. Lirik qahramon o’zi qilmagan bo’lsa-da, qilganlarni ko’rib, indamay turganligi uchun o’zini bosh aybdor deb biladi:
Aybsmzligim - bir o’limga teng,
Men uchun ham jallod dor qurgin.
Hamma gunoh qildi - ko’rdim men,
Hamma gunoh qildi - jim turdim...

Usmon Azimning lirik kaxramoni hayotning mohiyati haqida tinmay o’y suradi. Yashashdan maqsad, umrni qanday yashash maqsadga muvofik, inson qismati nima? Qahramon hayot ma’nosini atrofidagilarga, odamlarga kerak bo’lishda, hayotda kandaydir iz koldirishga, eng bulmasa, o’tin bo’lib, bir bechoraning qozonini qaynatishda deb biladi:


"Bir daraxtning so’nggi qo’shig’i" she’rida bu g’oya favqulodda bir mahorat bilan yuzaga chiqarilgan:
Men shunday yaraldim: sumbatim egri
Gullarim qalblarga solmas xayajon
Mevamga hech kimning tushmagan mexri
Bargim chumoliga bo’lmas soyabon

Alvido! Men endi maqsadga etdim,


Bog’doshlar, sung yo’lga ko’zating qani.
Men o’tin bo’lgani o’zlatga ketdim,
Men ketdim, do’stlarim, olov bo’lgani!

Shoirning "Beshafqat ballada", "Osmonga ham otgum tosh", "Siqilib ketasan", "Vatan haqida she’r", "Dasht haqida ballada”, "Onamga maktub”, "Yurak", "Shoirlar erta tug’iladilar", "Bu dunyoga", "Avval yashashni o’rgan", "O’zbek ayoli haqida ocherk", "Onamga tasalli", "Bo’lar edi shunday bayram-lar", “Armon haqida ballada”, "Qodir hayot", Bitik toshlar orzusi" va boshqa o’nlab she’rlarida yozilgan murakkab zamonning po’rtanalari, dolg’alari, iztiroblari, tuyg’ulari o’z aksini topgan.


Usmon Azim she’riyatining yana bir muhim qirrasi uning xalq ijodi yo’lida qilgan mashqlaridadir. Shoir bu usulni juda suyib, juda joyiga qo’yib qullaydi. Ularning muhim xususiyati shundaki, adib folklordan faqat uslub va ayrim afsonaviy - majoziy obrazlarni oladi, ularning o’zagi va mag’zini esa bugungi ruh bugungi muammolar tashkil etadi. Davr mazmuni bilan boyitilgan bu afsona usuli birgalikda ajib bir joziba va ta’sirchanlik kasb etadi. Mana bir misol:
Elomon yana kup aytdi, emranib turib xo’b aytdi, jushib aytdi, shoir-da, ba’zan qo’shib aytdi. Shunda Elbek baxshi: U, bolam! U, shoirlikda men etmagan nolam, baxshi bo’lib to’liqib qolibsan, ilhom deganga yo’liqib kolibsan, endi senga oxirgi nasihatim shudir", - deb kuksida ko’zg’algan elga sokoli pirillab, ovozi chaqmoqday gurullab bir so’z deb turgan ekan:
Ustozim deganing she’rfurush chiqsa,
Suyganim deganmng erfurush chiqsa,
Podshoxim deganing elfurush chiqsa,
Chidagin, bolam - a, chidagin.
Dardlaring tanangga joylansin
Chidagin, bolam - a, chidagin,
Oxlaring qo’shiqqa aylansin!
Amir o’g’rm bo’lsa, qizi riekor,
Vazir shuhratparast, o’g’ri - ziyokor
Va ular xalqingdan kulsalar beor
Chmdagin, bolam-a, chidagin. . .
Donolar qorani oppoq desalar,
Shoirlar haromni shu pok desalar,
Qo’rqsalar, dushmanni o’rtoq desalar
Chidagin, bolam-a, chidagmn. . .
Odamman deb tursa temirlar, toshlar,
Desalar: dunyoda bitdi ko’z yoshlar,
Tug’laring ustida yursa molboshlar,
Sen chida, bolam-eyg sen chida
Kuylagin - to’xtama bir nafas!
Sen kuyla qilichning tigida!
O’shanda xalqing ham chidamas!
Usmon Azii pozziyasiga lirik oxanglar, romantik nolalar ham begona emas. Bunday she’rlarda dardchillik, iztirob tuyg’ulari ajib bir musiqiylik bilan yo’g’rilganligi asarni o’qimishli, ta’sirchan qiladi. Shuning uchun ham ular xalq orasida tezda qo’shiqqa aylanib ketadi:
Karvon ko’rdim tuyalari bo’zlab borar,
Nortuyada meni yorim bo’zlab borar
Menga bergan va’dalari esdan chikib,
Ostonasi tillo yurtni izlab borar,
Peshonangning yozdig’idan ayrmlma yor,
Jonim chiqar - qo’shiq aytsam qayrilma, yor!

Men-chi? Menga goh shodlik, goh alam to’lar,


Har satrimga kulgum to’lar, nolam to’lar
Bu olam-ku manim dilip yarim etdi,
Yarmi bilan kuylasam ham olam to’lar.
Peshonangning yozdig’idan ayrilma,yor,
Jonim chiqar - qo’shiq aytsam qayrilma, yor!

Xulosa qilib aytganimmzda, so’nggi davr o’zbek she’riyatida Usmon Azimning o’ziga xos o’rni mavjud. Uning samimiy, dardchil, ochik dil, isyonkor, shijoatli she’riyati bugungi mustaqillik davri ruhini, bugungi zamondoshimiz tuyg’ularini o’zida ifoda etadi. Shoir ijodining gullagan davrini kechirmoqda. U hali ko’plab go’zal, jangovor, o’tkir she’rlar hadya qilib, o’z muxlislarini mamnun etishiga shak-shubha yo’q.





Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə