Pedagogs international research



Yüklə 29,87 Kb.
səhifə1/3
tarix28.11.2023
ölçüsü29,87 Kb.
#137107
  1   2   3
145-149818



PEDAGOGS international research journal


DEVIANT XULQ-ATVORNING YUZAGA KELISH SABABLARI


Xojabaeva Gulbanu Bahadir qizi, Ordabaeva Feruza Ordabay qizi, Sultanova Yuldiz Alimboy qizi Berdax nomidagi QDU sotsiologiya yo’nalishi 3 kurs talabalari


Annotatsiya: Ushbu maqolada hozirgi kunda jamiyatimizda yoshlar o’rtasida keng tus olayotgan deviant xulq-atvornig sodir bo’lishi, deviantlikning turlari, kelib chiqish sabablari va unga qarshi profilaktik choralar haqida so’z yuritiladi.
Kalit so’zlar: Deviant xulq-atvor, deviant xulq-atvor turlari, qonnuni buzish, tarbiya, giyohvandlik, alkogalizm, anomiya, stress holatlar, o’z joniga qasd qilish,social meyor.
Sotsiologik adabiyotlarda deviant xulq atvor tushunchasiga quydagicha tarif beradi. Deviant xulq-atvor jamiyada o’rnatilgan obod meyorlariga to’g’ri kelmaydigan insoniy faoliyat yoki xulq-atvor ijtimoyi hodisa bo’lib yolg’on gapirish, yalqovlik, dangasalik, giyohvandlik,o’z joniga qasd qilish va boshqa ko’plagan ijtimoiy meyor buzilish hodisalari hisoblanadi.[1].
Deviant xulq-atvori tushinchasini ilk o’rgangan olimlardan biri Emil Dyurkgeym bo’lib, u deviant xulq-atvor haqida jamiyatda insonlar foaliyatining xulq-atvorini ijtimoiy normalar boshqaradi. Ijtimoiy norma jamiyat boshqarishning ajralmas bo’lagi bo’lib, shaxs yoki ijtimoiy guruh ko’rinishining tegishli bir ijtimoiy muhitga o’rganuvchi nazariyalar kompleksi bo’lib hisoblanadi.[2]
Shundan kelib chiqib, xalqimizda mahalliychilik, urug’-aymoqchilik, boqimandachilik kabi salbiy meyordan chekinish holatlari ham mavjud.
Deviant xulq-atvor bir shaxsning salbiy xulq-atvordan iborat faoliyatini, shuningdek, muayyan guruhning o’g’ma xulq-atvorlarini ham ifodalovchi tushinchadir. Aksaryat odamlarning tushinchasiga mos kelmaydigan xatti-harakatlar deviant dep ataladi. Sotsiologiyada ijtimoiy meyordan og’ish holatlarini

tushintiruvchi daslabki ta’limot, Emil Dyurkgeymning ``anomiya`` nazariyasi bo’ldi.
E.Dyurkgeym fanga o’zi kiritgan ``anomiya`` atamasi tufayli qonunchilikni, qonunlarni tan olmmasligi va ularga amal qilinmasligini tushintiradi. Bu borada E.Dyurkgeymning to’rtta asari chop etilgan bo’lib, shulardan biri «O’z joniga qasd qilish» (1897) kitobi deviantlik muommasiga bag’ishlanadi. Bu g’oyani zamonaviy sotsiologiyada P.Sotis, M.Klaynerd va boshqalar rivojlantirib kelgan. Amerika sotsiologiyasida muhim o’rin tutuvchi ta’limotlardan biri E.Saterlendning differencial aloqalar ta’limotidir. Bunga ko’ra, har qanday xulq-atvor, shu jumladan, deviant xulq-atvor ham o’rganiladi, ya’ni mavjud ja’miyat a’zolari tomonidan mazkur xulq-atvor boshqalarga o’rgatiladi. Deviant xulq-atvor muommolarni tahlilqilishda R.Merton ishlab chiqqan ta’limot sotsiologiyada yetakchi o’rin tutadi. E.Dyurgkeymning anomiya g’oyasini rivojlantirib, R.Merton deviant xulq-atvorga quyidagicha ta’rif beradi: «Deviant xulq-atvor jamiyatida e’lon qilingan qadiryatlar va rasmiy xulq-atvor standartlari bilan aholi xulq-atvori motivlari ham da mavjud imkoniyatlarining bir-biriga mos kelmay qolishi natiyjasidir». [3]
Shaxslarda yuz beruvchi deviant holatlarning paydo bo’lishi, shakillanishi va rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo’lgan uch tamoyilni ko’rsatish mumkin. Bular shaxs xususiyatlari, muammoli holat va ijtimoiy nazorat institutlari. Aynan mana shu omillar shaxsning qanday faoliyat yuritishni belgilab beradi. Deviant holatlariga qarshi kurashda jamiyatning muvaffaqiyatini insondagi insoniylik aql, ong bor shu kabi faqat insonga xos bolgan xususiyatlar rivojlandirish orqali gina taminlash mumkin. Inson foaliyatini boshqarishda, uning xulq-atvorini shakillandirishda muhim ahamiyat kasib etuvchi «ongsizlik» yoki «ongosti» xolatlarini chuqur tahlil qilgan,psixoanalitik maktabning asoschisi Z.Freydning bildirishicha, insoning faoliyatiga ikkita instink kuchli ta’sir ko’rsatadi. Ya’ni insonlar yoki o’limdan qo’rqib, yoki lazzatlanish uchun harakat qiladilar. U
«Deviant xulq-atvor»ni aynan manashu nuqtayi nazarda baholaydi. Freydning
«Bokiralik tabusi» asarida u qadimiy xalqlarda meyorlarning paydo bo’lish va
shakillanishini tariflab beradi. Uning fikriga ko’ra, insoning o’z naslini saqlab qolishiga bo’lgan intilishi, aynan yaqin qarindoshlar o’rtasidagi nikohni bekor qilinishiga, qatiy ta’qiqlanishiga olib kelgan.Buni buzish o’lim bilan jozalangan.[4] Erix Fromm inson faoliyatini boshqarichdagi instinktiv xulq-atvor dasturlarni inkor etadi. To’g’ri qaror qabul qilish intellektga xos xususiyatdir. Biroq, ushbu qurol shunchalik ojizki, qo’qqisdan paydo bo’luvchi ehtiroslar va hirs uni osongina engib quyish mumkin. Buning ustiga tabiyat va boshqa insonlardan o’zlashtirilgan aql, ong, o’zligini anglash va shu kabilar undagi tabiiy, hayvonlarga xos bo’lgan muvozanatni buzib yuboradi. Bu qarma-qarshiliklar esa, insonni bir umr o’zi bilan
o’zi yashashga majbur qiladi.
Deviant harakatlarning namoyon bo’lishga yordam beradigan turtki nima ekanligini tushinish kerak. Ota-onalar va bolalar ortasidagi munosabatlardagi muommolar deviant xatti-harakatlarining sababiga aylanadi. Shunga o’qshash belgilar to’liq bo’lmagan oilalarda tarbiyalangan bolalarga xosdir. Bazida bitta ota- onaning g’amxo’rligi va nazorati yetarli emas. Hamma oilalar ham o’z xohishlaridan kam emas. Ota-onalardan birining o’limi ajralishlar kattalar uchun bolalarning ruhiy holati haqida o’ylash uchun imkonyat. Har xil moammalar deviant hatti- harakatining sababiga aylanadi.
Deviant xulqning sabablari: qisman, biz allaqachon ularga nom berganmiz. Bu borada sotsiologlar uchta asosiy manbani ajratib ko’rsatishadi, buning natijasida o’spirimnning ijtimoiy xulq-atvori odob shegarasidan chiqib ketadi. Ijtimoiy tengsizlik bola bu hodisaga hatto boshlang’ich maktabda ham duch keledi. Sinfdoshlar undan yaxshiroq kiyinishadi, ularning cho’ntagida ko’piroq pul bor va hokazo voyaga yetmagan bola o’zini kambag’al va noqulay his qiladi. U moddiy boylik yo’qligi sababli o’z qobiliyati va istedodini to’liq namoyish eta olmaydi. Ba’zida hatto kitoblar, atlaslar, entsiklopediyalarni sotib olish uchun pulingiz bo’lmaganida, o’zingizni anglash qiyin. O’smir butun dunyoda, lekin birinshi navbatda ota-onasidan g’azablanadi. Agar ular eng yaxshi imkonyatlarni sinab
ko’rishsa ham, buzg’inchi insoning xohish-istaklari har doim ham uning imkonyatlariga mos kelmasligini tushinmaydi.

Yüklə 29,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə