Guliston davlat universiteti



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/35
tarix21.12.2022
ölçüsü1,51 Mb.
#97392
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   35
portal.guldu.uz-O`QUV-USLUBIY KO`RSATMA

Nazorat savollar: 
Qiyoslashning asosiy vositalari? 
MD – 83 turdagi analizatorning metrologik va texnik xarakteristikalari? 
Namlik analizatorini qiyoslash metodikasi? 
O‟lchash vositalarining kalibrlanishiga doir talablarni o‟rganish. 
Ishning maqsadi:
Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati doirasidan tashqarida qo‗llaniladigan o‗lchov 
vositalari ekspluatatsiya jarayonida davriy kalibrlashga tortiladi. 
O‗lchov vositalarini birlamchi kalibrlashga ishlab chiqarishda va ta‘mirlashda turi tasdiqlanmaydigan o‗lchov 
vositalari tortiladi. O‗lchov vositalari kalibrlash yuridik shaxslar metrologiya xizmatlarning kalibrlash laboratoriyasi 
tomonidan amalga oshiriladi. 
Yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlari kalibrlash ishlarini bajarish huquqiga akkreditlangan bo‗lishi 
kerak. 
Akkreditlash O‗zstandartning hududiy markazlari tomonidan amalga oshiriladi. 
O‗zbekiston Respublikasi o‗lchash vositalarini kalibrlash tizimini tashkillashtirish, tuzilishi, vazifalari 
bo‗yicha asosiy nizomlar, bu tizimga kirgan sub‘ektlarning huquqlari va majburiyatlari O‘z DSt 8.029-2010 da 
belgilangan. Bu standartning qoidalari O‗zbekiston Respublikasi o‗lchash vositalarini kalibrlash tizimida 
akkreditlangan yuridik shaxslarning metrologik xizmatlariga, O‗zbekiston Respublikasi o‗lchash vositalarini 
kalibrlash tizimiga kirgan akkreditlash va boshqa idoralar va tashkilotlarga nisbatan joriy etiladi. 
O‗lchov vositalarini kalibrlash – O‗lchash vositalarining haqiqiy metrologik tafsilotlari (xarakteristikalari) ni 
aniqlash va tasdiqlash maqsadida, belgilangan sharoitlarda bajariladigan amallar majmui. 
Kalibrlash tizimi – Davlat metrologik tekshiruvi va nazorati qo‗llanilmaydigan sohada o‗lchashlar birliligini 
ta‘minlashga yo‗naltirilgan faoliyat va kalibrlash ishlarini bajaruvchi va kalibrlash ishlarini tashkillashtirish va 
o‗tkazishga o‗rnatilgan talablar asosida harakat qiluvchi sub‘ektlar majmui. 
Kalibrlash to‗g‗risidagi sertifikat – O‗lchash vositalarining kalibrlanganligini va uning natijalarini 
tasdiqlovchi hujjat. Bu hujjat kalibrlashni bajargan tashkilot tomonidan beriladi. 


50 
Kalibrlash belgisi – Kalibrlash natijalarining ijobiy ekanligini tasdiqlash maqsadida o‗lchash vositasiga va 
(yoki) ularning ekspluatatsion hujjatlariga bosiladigan t amg‗a. 
O‗zbekiston Respublikasi o‗lchash vositalarini kalibrlash tizimi O‗zbekiston Respublikasida o‗lchashlar 
birliligini ta‘minlash umumiy tuzilmasining tarkibiy qismi bo‗lib, davlat metrologik tekshiruvi va nazoratidan 
tashqari sohada metrologik ishlarni tashkillashtirish va o‗tkazishda o‗lchashlar birliligini ta‘minlash davlat tizimida 
o‗rnatilgan me‘yorlar va qoidalarga rioya qilinishini ko‗zda tutadi. 
O‗zbekiston Respublikasi o‗lchash vositalarini kalibrlash tizimi quyidagi tamoyillarga asoslangan holda 
tuziladi: 
– tizimga ixtiyoriy ravishda kirish; 
– kalibrlash ishlarini bajarishda talablarni majburiy bajarish; 
– davlat etalonlaridan va boshlang‗ich o‗lchash vositalaridan birliklarning o‗lchamlarini kalibrlanuvchi 
o‗lchash vositalariga majburiy berish. 
Kalibrlash tizimidagi faoliyatning asosiy vazifalari: 
– akkreditlovchi idoralarni ro‗yxatga olish; 
– metrologik xizmatlarn i kalibrlash ishlarini bajarish huquqiga akkreditlash
– o‗lchash vositalarini kalibrlash; 
– O‗z KT ning asosiy tamoyillarini va qoidalarini o‗rnatish; 
– O‗z KT ning faoliyatini tashkiliy, metodik va axborot bilanta‘minlash; 
– akkreditlangan metrologik xizmatlar tomonidan kalibrlash ishlarini bajarishda talablarga rioya 
qilinayotganligini inspeksiontekshirish. 
Metrologiya bo‗yicha Milliy idora (O‗zstandart Agentligi), Standartlashtirish, Metrologiya va 
Sertifikatlashtirish ilmiy – tadqiqot instituti (SMS ITI), hududiy SSM, yuridik shaxslarning akkreditlangan 
metrologik xizmatlari, o‗z vazifalarini ushbu hujjatning talablariga muvofiq bajaruvchi O‗z KT ning tashkiliy 
asosini tashkil etadi. 
O‗z KT tuzilmasi quyidagilardan tashkil topgan: 
– O‗z KT ning Markaziy idorasi; 
– O‗z KT ning Kengashi; 
– O‗z KT ning akkreditlash idoralari; 
– kalibrlash ishlarini bajarishga akkreditlangan yuridik shaxslarning metrologik xizmatlari. 
Yuridik shaxslarning akkreditlangan metrologik xizmatlari: 
– o‗lchov vositalarini, shu jumladan tashqi tashkilotlar uchun ham kalibrlash ishlarini bajaradi
– kalibrlash ishlarini o‗tkazish uchun talab etilgan sharoitlarni, kalibrlash vositalarining va yordamchi 
jihozlarning yaxshi holatda bo‗lishini ta‘minlaydi; 
– kalibrlash ishlarini o‗tkazish uchun zarur texnik, metodik va normativ hujjatlar jamg‗armasini 
shakllantiradi va rivojlantiradi; 
– normativ hujjatlarning o‗lchashlar birliligini ta‘minlash va kalibrlash faoliyati doirasidagi talablarining 
bajarilishini ta‘minlaydi; 
– kadrlar tayyorlash va kadrlar malakasini oshirish ishlarini bajaradi
– kalibrlash faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish bo‗yicha takliflarni ishlab chiqadi. 
Metrologik xizmat quyidagilarga mas‘ul bo‗ladi: 
– korxonalarda kalibrlanishi lozim bo‗lgan o‗lchov vositalarining holatiga; 
– bajariladigan kalibrlash ishlarining sifatiga; 
– korxonaga qarashli kalibrlash vositalarining holatiga; 
– kalibrlash intervallarining to‗g‗ri o‗rnatilganligiga. 
O‗zbekiston Respublikasining kalibrlash tizimi o‗z belgisiga ega. Bu belgining shakli va o‗lchamlarini 
mstrologiya bo‗yicha milliy idora tasdiqlaydi. O‗z KT ning belgisi blanklarga, shtamplarga, shuningdek O‗z KT 
ning boshqa hujjatlari va ob‘ektlariga tamg‗alab bosiladi. O‗z KT ning belgisini tamg‗alash (qo‗llanish) joyi va 
tartibini O‗z KT ning Markaziy idorasi belgilaydi. 
O‗lchash vositalarini kalibrlashning qonuniy asoslari va qiyoslashdan farqining tahlili 
O‗zbekiston Respublikasining ―Metrologiya to‗g‗risida‖gi qonunida o‗lchash vositalarini kalibrlashga oid 
quyidagi tushunchalar keltirilgan. Xususan, qonunning 1 – moddasida kalibrlashga quyidagicha tushuncha berilgan: 
―o‗lchov vositalarini kalibrlash‖ – metrologik jihatlarning haqiqiy qiymatlarini va o‗lchov birliklarining 
qo‗llashga yaroqliligini aniqlash hamda tasdiqlash maqsadida kalibrlash laboratoriyasi (markazi) bajaradigan 
operatsiyalar majmui; 
Qonunnning 171 – moddasida o‗lchash vositalarini kalibrlanishini o‗tkazilishi bo‗yicha ma‘lumotlar 
keltirilgan: 
Ushbu Qonunning 14 – moddasida ko‗rsatib o‗tilganidan bo‗lak sohalarda qo‗llaniladigan va majburiy 
tekshiruvdan o‗tkazilmaydigan o‗lchov vositalari ularni ishlab chiqarish, realizatsiya qilish, ishlatish, ijaraga berish, 
ta‘minlashda va O‗zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda kalibrlashdan o‗tkazilishi mumkin. 
O‗lchov vositalarini kalibrlash huquqi yuridik shaxslarning akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlariga, 
akkreditatsiya qilingan kalibrlash laboratoriyalariga (markazlariga) berilishi mumkin. 


51 
Yuridik shaxslarning metrologiya xizmatlarini, kalibrlash laboratoriyalarini (markazlarini) o‗lchov 
vositalarini kalibrlash bo‗yicha ishlarni bajarish uchun akkreditatsiya qilish tartibi va kalibrlashni o‗tkazish tartibi 
«O‗zstandart agentligi‖ agentligi tomonidan belgilanadi. 
O‗zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida o‗tkazilgan o‗lchov vositalarini kalibrlash natijalarini 
O‗zbekiston Respublikasida e‘tirof etish O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan 
tartibda, O‗zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hisobga olingan holda amalga oshiriladi. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   35




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə