Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy psixodiagnostika


Psixodiagnostika bilan shugullanuvchi psixologga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə13/43
tarix04.01.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#98166
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   43
portal.guldu.uz-Ma`ruza matni

Psixodiagnostika bilan shugullanuvchi psixologga qo‘yiladigan talablar:
1 .Psixodiagnostikaning metodik vositalarini bilish.
2.Axloq qoidaiariga amal qilish.
3.Zarur kasbiy va shaxsiy sifatlarga ega boiish.
4.Psixologik muammoni qo‘ya bilish.
5.Sinaluvchilardan zarur maiumotlarni ola bilish.
o.Olingan maiumotlarni sinaluvchi qiziqishlariga mos tarzda
qoilay bilish.
Psixodiagnostika mutaxassisi ega boiishi kerak boigan
sifatlar:
■ Empatiya qobiliyati
■ 0 ‘z-o‘zini nazorat qilish
≫ Kasbiy odoblilik(takt)
“ Mas’uliyatni his qilqish
* Refleksiya qobiliyati
Psixologning kasbiy ish faoliyatining ajralmas va muhim jihati bu-psixodiagnostika qilish sanaladi. Bunday faoliyatda psixolog shaxsining ma'naviy axloqiy tomoniga katta e'tibor beriladi.
“Axloq” va “ma'naviyat” tushunchalari shunday meyor va prinsiplami o ‘z ichiga oladiki, ular individlarning o‘zaro va jamiyat o‘rtasida qiziqishlarini tartibga solish ehtiyojidan kelib chiqadi. Bu meyorlar insonlaming yaxshilik va yomonlik tushunchalariga mos ravishda xulqlarini tartibga solishga yo‘naltirilgan va shaxsiy fikr,
urf-odatlar, tarbiya, jamiyat fikri bilan qoilab quvvatlanadi. Uning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, bu tushunchalar shaxsning kasbiy ish faoliyatida o‘zini tutishi va fikrini tartibga solib turadi. Shaxsiy prinsiplar u yoki bu kasbning ma'lum sharoiti va
o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadi va asosan mutaxassislarga nisbatan axloqiy kodeks talablar bilan ifodalanadi. Psixologning kasbiy etikasi uning kasbdoshlari bilan, ilmiy jamiyat bilan o‘zaro aloqasi, shuningdek, tekshirayotgan shaxslar, respondentlar (psixologik yordam so'Tab kelsak) bilan o‘zaro munosabatlarida ko‘rinadi. “Psixologning etika kodeksi” bu etikaning asosi bo‘lib kelgan. “Psixologising etik kodeksi” Etika bu - xulq-atvor me’yorlarining yig‘indisi, jamiyat ma'lum guruhlarining axloqi. Har qanday kasbiy guruh ish faoliyatida, ish yuritishning qonun-qoidalari ishlab chiqiladi, mana shu qoidalaming yig‘indisi kasbiy etikani tashkil qiladi. Xuddi shunday, shifokorlik etikasi, ilmiy etika to ^ risid a aytish mumkin. Ko‘pchilik shifokorlik etikasi muhimligini biladi.8 Qadimgi yunon faylasufi va shifokori Gippokrat shifokorlar etik qoidalarini belgilab bergan. Endilikda bu Gippokrat qasami deb nomlanadi, va tibbiy etika asosini tashkil qiladi. Psixologning kasbiy ish faoliyati bu insonning ichki dunyosi, shaxsiyati bilan ishlashdan iborat. Bu ish faoliyati etikaning o‘zgacha qonun va prinsiplariga bo‘ysunishni talab etadi. Psixologiya shunday imkoniyatlarga egaki, bularni qoilash juda ehtiyotkorlikni talab etadi. Psixolog kasbiy etikasining muhim prinsiplarini ko‘rib chiqamiz: l)Kasbiy layoqatlik prinsipi. Psixolog o‘z xaq-huquqini va majburiyatini, imkoniyat va ehegarasini bilish kerak. U o‘zinmg kasbiy imkoniyatini yaxshi bilishi kerak va ish kasbiy tayyorgarchiligi ehegarasida faoliyat olib borishi lozim. Rivojlantiruvchi, to‘g‘rilovchi, konsultativ dastur qo‘llayotganda psixolog uning nazariy asoslarini bilishi va uni olib borishning texnologiyasini uqib olishi kerak. Layoqatu va butunlikcha psixologik yordam tashkil etish uchun psixolog kasbdoshlari va yondosh mutaxassislik vakillari ya'ni psixiatrdar, shifokor psixoterapevtlar, neyropsixologlar bilan aloqa o‘rnatish kerak. Mijozga “Yo‘q men bu savollar bilan
shugsullanmayman, boshqa mutaxassisga murojat qiling” degan javob uning layoqatlilik ko‘rsatkichi boiadi. Shaxsiy layoqatlilik prinsipi psixologdan faqatgina biladigan, shu savolni yechish uchun amaliy ish metodlariga ega bo‘lgan holat kirishishi mutnkinligini talab etadi. Psixologik masalalami yechisbda psixolog nazariy ko‘rsatmalar va amaliy tajribaga suyanishi kerak.2)Insonga zarar yetkazmaslik prinsipi
Psixolog o‘z ish faoliyatini avvalo buyurtmachining foydasidan kelib chiqqan holda olib boradi. Lekin shu bilan birga zarar yetkazmaslik prinsipiga amal qiladi, u yoki bu darajada amaliy tajribalarga qo‘shilgan mijozlar mas’uliyat sezishi kerak. Ko‘pgina psixologik jarayonlar orqaga qaytmasligini nazarda tutish kerak. Gippokrat tomondan tuzilgan bu zarar yetkazish etikaviy qoida nafaqat shifokorlar, psixologlar uchun ham juda muhim. Psixologning olib borgan psixologik jarayonlari insonning sogiigiga, jamiyatdagi o‘rniga, qiziqishlariga zarar yetkazmasligi lozim. Bundan tashqari, psixologik tahlil javoblaridan xabari bor insonlar ham tekshiriluvchiga zarar yetkazmasliklarini ta'minlash zarur. Buning uchun psixolog o‘z takliflarini shakllantirib, ularni saqlanishini tartibga soladi.
3)Obyektivlik prinsipi
Psixolog har qanday insonga nisbatan boshqacha qarashga yo’l qo‘ya olmaydi. Har qanday sharoitda ham obyektiv boiish, boshqalar fikri ta'siriga tushmasligi kerak. Tajriba olib borilayotgan insonning yuridik va jamoatdagi o‘mi, boshqalarning unga nisbatan ijobiy yoki salbiy qarashlari psixolog fikriga ta'sir etmasligi lozim

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə