Guliston davlat universiteti pedagogika va psixologiya kafedrasi umumiy psixodiagnostika



Yüklə 1,05 Mb.
səhifə9/43
tarix04.01.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#98166
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43
portal.guldu.uz-Ma`ruza matni

Kontent - analiz tarixi. Kontent - analiz - hujjatlami sifatli va miqdoriy o‘rganishdir. Mazkur usul psixodiagnostikada turli xil test- !ar, proyektiv metodikalar, savolnomalarga nisbatan kam ishlatiladi. XX asming 20 yillaridan boshlab psixologiya va sotsiologiyada hujjatlarni o‘rganishga intuitiv - sifatli yondashuv bilan bir qatorda
miqdoriy metodlar haim tez-tez qo‘llanila boshlandi. Ijtimoiy fanlarda hujjatlar ancha keng ma’noda qo‘llanilib, ularga rasmiy va o‘axsiy hujjatlar, xatlar, tarjimai hoilar, kundaliklar fotosuratlar, shuningdek, san’at, adabiyot ommaviy axborot vositalarining
materiallari kiradi. Sobiq ittifoqda 20 yillardagidek bir qancha psixologlar - N.A.Ribnikov, I.N.Shpilreyn, P.P.Blonskiy, sotsiolog V.A.Kuzmichevlar hujjatlarni o‘rganishda miqdoriy metodlardan foydalanishgan. 40-50 yillarda AQShda hujjatiami o‘rganishning maxsus fanlararo metodi - kontent - analiz vujudga keladi. Keyinchalik u
Yevropa mamlakatiariga ham yoyiladi. Sobiq ittifoqda esa 60 – yiilaming oxiridan bu metod ijtimoiy va ijtimoiy psixologik talqiqotlarda keng tarqaladi. Hujjatlarni sifatiy - miqdoriy tahlil qilishni 20 yillarda o‘z ishlarida mashhur tadqiqotchi N.A.Ribnikov qoilagan. U tarjimai hollarni shaxsni va uning tarixini aks ettiruvchi psixologik hujjat
sifatida qaragan. Tadqiqotchi tomonidan 500 dan ortiq ishchi bolalarining tarjimai hollari bitilgan insholari tahlil qilib chiqilgan (1926 - 1928). Bunda tadqiqotchi o‘quvchilarga “Men hozir qanday yashayapman” degan mavzuda o‘z hayotlarini yoritib berishni taklif etdi. Inshoiami tahlil qilishda o‘quvchilarning o‘z hayotlarini ijobiy yoki salbiy baholashlari yosh va jinsga bogTiq holda taqsimlanishi aniqlandi. Tadqiqotchining chiqargan xulosalariga asosan, o‘rtacha qizlar o‘g‘il bolalarga nisbatan kichik gumhlarda ancha yuqori ijobiy baho berganlar. Katta guruhlarda esa o‘g‘il bolalar ko‘proq o‘z hayotlarini ijobiy baholashgan. Bunga sabab yosh ulg‘ayishi bilan oilada qizlardan bajaradigan ishlar miqdorining ortishidir, N.A.Ribnikov, shuningdek, “u yoki bu hodisa motivlari, umumiy hayot jarayonining motivlarini” tahlil qiladi. Bunday motivlarni avtor 3 guruhga ajratadi:
1. Moddiy.
2. Psixologik.
3. Noaniq.
Ko‘proq moddiy motivlar (53 %) uchraydi, tekshirilgan bolalarning 1G’3 qismida (31%) psixik motivlar namoyon boidi.
N.A.Ribnikov hujjatlarni tahlil qilish bilan chegaralanib qolmaydi. U bolalaming hayotlari tavsifmi bola vaqtini o‘tkazish maiumotlari bilan taqqoslaydi. Hujjatlarni miqdoriy tahlil qilishni mashhur psixolog P.P.Blonskiy ham qoilagan. U 190 o‘quvchi va talabalaming “dastlabki” (-1) taassurotlarini, shuningdek, 83 o‘quvchining “Mening bolalik to‘g‘risidagi ilk taassurotlarim” mavzusidagi (11-13 yosh) yozina ishlarini birlamchi taassurotlar xarakterini aniqlash maqsadida tahlil qilgan. 0 ‘tkazilgan tadqiqot asosida P.P.Blonskiy muhirn xulosa chiqaradi, ya’ni tekshirilgan 68% kattalar va 74%
o‘quvchilar taassurotlarining asosiy mazmuni - baxtsizlik ekani, ya’ni baxtsizlik va qo'rqinch - asosiy esda olib qolish omillari ekanligi aniqlanadi. Ammo N.A.Ribnikov singari P.P.Blonskiy ham tahlil qilish jarayonini yoritib bermaydi. Hujjatlarni tibbiy -psixodiagnostik o'rganish natijalarini ham misol qilib keltirish mumkin. Bunda V.N.Kasatkin tomonidan 30-50 yillar davomida amalga oshirilgan 4 mingdan ortiq yozib olingan bemor va sogiom kishilarning tush ko'rish mazmuni tahlil qilingan. Uiarni tahlil qilishda qatnashgan kishilarning xususiyatlari va hayot sharoitlari: yoshi, jinsi, mutaxassisligi, salomatligining ahvoli, oilaviy sharoiti, ona tili va boshqa tillarni egallaganligi, yashash joyi, tarjimai hoi maiumotlari, sana, tush ko'rilgan kunning mazmuni, tekshiriluvchining ahvoli kabilar inobatga olinadi. Tadqiqot natijalarining ko'rsatishicha, katta yoshdagilar ko‘rgan, tushlarida ish, mutaxassislik bilan bogiiq boigan elementlar (62,5%), turmush-uy-joy, kiyim-kechak, oziq-ovqat elementlari
(41,4 %); salomatlik bilan bogiiq boigan elementlar (44,3%); oilaviy hayot epiG’odlari 38,6%, 8 seksual ma’nodagi tush ko‘rish bolgan. Germaniyada K. Levin, X.Sebaldlar tomonidan 30 yillarda Prezident Ruzvelt va uning siyosatiga qarshi fikrlar o‘rganilgan.
S.Sardjent tomonidan AQSh da G.Olport, A.Bolduin – shaxs hujjatlarini alohida shaxs psixik strukturasini tahlil qilish maqsadida o‘rganilgan. Suitsid oldi holati, psixok zo‘riqish holatini o‘rganish uchun xatlar, kundaliklar mazmunini tahlil qilish Dj.Dollard va O.Maurer, Ch.Osgud va Uolker tomonidan amalga oshirildi.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə