Germaniya qishloq xo’jaligi


Irsiy modifikatsiyalanmagan broyler jo‘jalar



Yüklə 449,36 Kb.
səhifə3/4
tarix23.12.2023
ölçüsü449,36 Kb.
#157552
1   2   3   4
germaniya

Irsiy modifikatsiyalanmagan broyler jo‘jalar Broyler jo‘ja go‘shti deganda avvalo 20 daqiqa ichida pishadigan va tabiiy tovuq go‘shti ta’midan ancha yiroq bo‘lgan parranda go‘shti tushuniladi. Dunyo iste’molchilarining e’tiborini ham uning aynan shu jihatlari tortadi. Germaniyada parrandachilikni rivojlantirishda broyler jo‘jalarini oziqlantirishga, ularning ozuqasiga kimyoviy moddalar aralashtirmaslikka katta e’tibor beriladi Natijada butun dunyoda Gnermaniya eksport qilayotgan parranda go‘shti irsiy modifikatsiyalanmagan, deya tan olingan. Parrandachilik bilan kichik fermer xo‘jaliklari shug‘ullanib, tovuq, o‘rdak, g‘oz ko‘paytiriлади.

Germaniya qishloq xo‘jaligi yuqori intensivdir. Bu yerda bir gektar yerga AQSh, Fransiya va Angliyadan ko‘ra ko‘proq organik o‘g‘itlar kiritiladi. Shu sababli, qoramolchilik uchun yetishtiriladigan ozuqabop ekinlarning hosili mo‘l. Zamonaviy texnika va fan yutuqlaridan doimiy ravishda samarali foydalanib kelayotgan fermerlar aholini 90 foizga sifatli go‘sht va 100 foizga sut mahsulotlari bilan ta’minlaydilar. Sut mahsulotlari uchun boqiladigan qoramolchilik asosan Alp tog‘lari yonbag‘rida yaxshi rivojlangan. Bu yerdagi tabiiy yaylovlarda mamlakatning 35 foiz sigirlari boqiladi. Qoramolchilikdan so‘ng 2 o‘rinni egallagan Germaniya cho‘chqachiligi son jihatidan (20 million boshdan ortiq) Yevropa mamlakatlari ichida yetakchidir.

Yevropa Ittifoqi davlatlari ichida faqat Germaniyada eng ko‘p kasb malakasiga ega bo‘lgan fermerlar faoliyat yuritadi. Shuningdek, aynan Germaniyada fermerlar, tadbirkorlarga davlat muassasalari, federal yerlar hokimiyatlari malaka oshirish bo‘yicha turli xil kurslar va tadbirlarga taklif etiladi. Yuqori tezlikka ega bo‘lgan internetga ulangan fermer xo‘jaliklari zarur maslahatlarni masofadan turib olishlari, shuningdek o‘z malakalarini ham masofaviy ta’lim orqali oshirishlari mumkin. Aynan muntazam ravishda o‘z ustida ishlash, jahon tajribasini o‘rganish, yangi innovasion usullarni qo‘llash Germaniya fermerlarining daromadini oshishi omillaridan biri bo‘layotir. Bugungi kunda mamlakatda dehqonchilik bilan shug‘ullanadigan fermer xo‘jaliklari ko‘pchilikni tashkil etib, tarixiy manbalarda Germaniyada dehqonchilik bilan shug‘ullanish eramizdan avval I asrga borib taqalishi qayd etilgan.


Yüklə 449,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə