Germaniya qishloq xo’jaligi



Yüklə 449,36 Kb.
səhifə2/4
tarix23.12.2023
ölçüsü449,36 Kb.
#157552
1   2   3   4
germaniya

Tuproq, suv, atrof-muhit turfa xil kimyoviy va maishiy chiqindilar bilan zaharlanayotgan, yetishtirilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibi o‘zgarib, insoniyat sog‘lig‘i xavf ostida qolayotgan bir paytda muammoning yechimi sifatida ekologik toza qishloq xo‘jaligi maydonga chiqadi va u atrof-muhitni ifloslanishidan saqlab qolish uchun eng maqbul yo‘nalish hisoblanadi. Germaniyada ekologik toza qishloq xo‘jaligi 1920-yillarda Rudolf Shtaynerning “biodinamik” falsafiy qarashlari hamda organik-biologik dehqonchilik harakati asosida vujudga kelgan oqim asosida yaratildi.

Ishlab chiqarilgan mahsulot “iste’molchi sog‘lig‘i va tabiatga zarar yetkazmasligi” shart qilib belgilab qo‘yilgandi. Bugungi kunga kelib mazkur yo‘nalish qo‘llab-quvvatlanib, uning asosiy maqsadi: - yuqori qiymatga ega bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish; - tabiiy ekotizimni saqlagan va unga zarar yetkazmagan holda faoliyat olib borish; - dehqonchilikda mikroorganizmlar, tuproq florasi va faunasi, o‘simliklar va hayvonlar dunyosidan iborat bo‘lgan biologik sikllarni rag‘batlantirish va mustahkamlash; - tuproq unumdorligini uzoq muddat saqlash; - dehqonchilikda qayta tiklanadigan manbalardan keng foydalanish; - qoramol va chorvani tabiiy hayot tarziga monand saqlash va rivojlantirish; - chorvani davolashda antibiotiklardan foydalanmaslik; - qishloq xo‘jaligi faoliyati natijasida atrof-muhitning ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik; - dehqonchilik tizimida irsiy bioxilma-xillikni saqlash.

1994 yildan ekologik qishloq xo‘jaligi Yevropa Ittifoqining qaroriga asosan moliyaviy ko‘makka ega bo‘ldi. 2007 yilning 1 yanvaridan esa mazkur davlat ko‘magi Yevropa Ittifoqining qaroriga asosan Yevropa iqtisodiy jamg‘armasidan doimiy ravishda ko‘mak olishi belgilandi. 2008 yili ekologik toza qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun 121 mln. yevro sarflangan bo‘lsa, 2013 yili mazkur mablag‘ 130 mln. yevroni tashkil etdi. 2002 yili Germaniyada ekologik qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun federal dastur (Bundesprogramm Ökologischer Landbau, BÖL) qabul qilinib, unga ko‘ra fermer xo‘jaliklarida qayta ishlab chiqarish, mahsulotni sotuvga tayyorlash va ekologik mahsulotni sotish uchun 15 yilga qo‘shimcha 29 mln. yevro mablag‘ ajratildi.


Yüklə 449,36 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə