Gemorragik sindrom. Massiv qon yo‘qotish, gomologik qon, dvs sindromi klinikasi, diagnostikasi. Tez tibbiy yordam ko‘rsatish usullari. Uash taktikasi. Isitma sindromi. Sepsis. Klinikasi, diagnostikasi


TOMIR ICHI TARQALGAN QON IVISHI(TITQI) SINDROMI



Yüklə 128,9 Kb.
səhifə2/13
tarix29.11.2023
ölçüsü128,9 Kb.
#141683
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
№ 2

TOMIR ICHI TARQALGAN QON IVISHI(TITQI) SINDROMI

TITQI sindromi trombogemorragik sindrom deb ham atalib, uning asosida qonda trombin miqdori ko‘payib, fibrinogenning fibringa transformatsiyasi to‘xtashi kuzatilib, kapillyar devorida qon laxtalari paydo bo`ladi. Bu turdagi qon ivishining buzilishi fibrin laxtalarining o'rta va katta kalibrdagi qon tomirlarda paydo boiishi trombozdan farq qiladi va qaysiki plazmin ta’siriga chidamli boiadi. TITQI-sindrom travmatik, septik, anafilaktik, gemorragik shoklarda, shuningdek, katta travmatik operatsiyalarda (ko‘p miqdorda qon ketish bilan kuzatiladigan) gemotransfuziyalarda, qon tomir ichi gemolizida, o`tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiliklarida, xirurgiyadagi ekstremal holatlarda, akusher-ginekologiyada (massiv qon ketishda, amniotik emboliya, yoidosh ajralganda) kelib chiqadi.

TITQI -sindrom bir necha shartlar asosida kelib chiqadi :

1) Retikuloendotelial tizim blokadasi - uning asosida bemorning infeksion-allergik statusining o‘zgarish zaminida. kapillyarlarda fibrinning to‘planib qolishi ikldlamchi fibrinoliz faollashuvi, fibrin degradatsiyasi mahsulotlari konsentratsiyasining oshishi va qon ivishining kuchayishi yotadi.

2) Qon oqimiga biologik faol moddalarning tushishi bilan birga qon shakliy elementlarming agregatsiyasi va aglyutinatsiyasi kuzatiladi.

3) Mikrotsirkulyatsiyaning buzilishi.

4) Mikrotsirkulyatsiya buzilishi zaminida kininlar ishlab chiqarishning kuchayishi kuzatiladi.

TITQI-sindromi 4 bosqichda kechadi:

I bosqich- giperkoagulyasiya;

II bosqich-qon ivishi kuchayishi bilan kuzatiladigan gipokoagulyasiya;

III bosqich- shikastlangan organ va to‘qiraadan massiv qon ketishi va qon ivishining kuchayishi bilan kuzatiladigan fibrinoliz;

IV bosqich-tiklanish bosqichi, uning asosida gemostaz tiziminmg me’yoiiashuvi kuzatilib, lekin “qoldiq” trombozlar saqlangan va distrofiyaga uchragan hayotiy muhim organlar funksiyasming buzilishi xavfi yuqori boiib qolaveradi.


Yüklə 128,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə