|
Geliş Tarihi / ReceiveIstiqlol Davri O‘zbek Bolalar She'riyatining Ba'zi O‘ziga Xosliklariyaltay, 2.Rahmatulla Barakayev (2)
Istiqlol Davri O‘zbek Bolalar She'riyatining Ba'zi O‘ziga Xosliklari
‚Beşeri Bilimler ve Sanat Dergisi‛
‚International journal of Humanities and Art ‛
[trk dergisi/2021]
e-ISSN:2757-6388
Cilt/Volume:2
Sayı/Issue
:1
37
intiluvchan bo‘ladilar. Shu boisdan ham yosh kitobxonga mo‘ljallab
yaratilgan eng yaxshi she'rlarda bolalarning ushbu xususiyatlari turli
jihatlari bilan namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, ijodkor asarlarini bolalarga
mo‘ljallab yaratar ekan, uning asosiy qahramonlari bolalar bo‘lishi ham
tabiiy. Chunki kitobni o‘qiyotgan bola asardan, avvalo, o‘zini, o‘y-fikri,
dunyoqarashi, izlanish-intilishlari o‘zi bilan bir xil bo‘lgan tengdoshlarini
qidiradi.
Bugungi bolalar she'riyatining yetakchi namoyandalaridan bo‘lgan, marhum
T.Adashboev she'rlarida ana shunday yosh qahramonlar obrazi alohida
o‘rin tutadi. Bu she'rlarda asar markazida lirik qahramon sifatida har biri
o‘ziga xos olam bo‘lgan bolalar obrazlari turadi, bepoyon olamni o‘z nigohi
bilan ko‘rishga, uning turfa sir-sinoatlarini o‘zicha kashf qilishga, hayotda
o‘z o‘rnini topishga intilayotgan yosh qahramonning ba'zan beg‘ubor,
bolalarcha sodda, ba'zan o‘sha soddalik ortiga yashiringan bolalarcha quv,
ayyor, lekin, asosiysi, doimo izlanishda, o‘sish-ulg‘ayishdagi qiyofasini shoir
mohir musavvir singari turfa yorqin bo‘yoqlarda tasvirlaydi. Uning
asarlarini yosh kitobxonlarga manzur qiladigan jihatlar ham shunda aks
etadi.
Ijodkor bola timsolini yaratar ekan, yaratuvchilik ishqi bilan yongan,
«kelajakda kim bo‘lsam ekan?» deb, ertaga umid ko‘zlarini tikkan, orzu-
havaslar og‘ushida yashayotgan bolalar obrazi uning diqqat markazida
bo‘lishi tabiiy. Zero, shoirning ana shunday she'rlari minglab tengdoshlari
orasidan yosh qahramonlarni ajratib oladi, ularni fikrlashga, tinglashga,
olamga nazar tashlashga o‘rgatadi. Fikrlash ehtiyoji esa shaxsning kamol
topishiga olib keladi. «Tunda uchgan yulduzni» she'ri qahramonlari ana
shunday ulkan umidlar bilan yashayotgan Nodir va Nosir ismli bolalar:
Nodir: - Kosmonavt bo‘lsam, oyga
Kaptar rasmin o‘yardim.
Nosir: - yer kurrasin bayroqdek,
Alvon rangga bo‘yardim.
Nodir: - Ona-Vatan mehriga
Ko‘kdan boqib to‘yardim.
Nosir: - Marsga ekib handalak,
Do‘stlar kelsa so‘yardim.
Nodir: - Tunda uchgan yulduzni
O‘z o‘rniga qo‘yardim.
Eh, attang, - deydi Nosir,
Yoshmiz-da, hali axir (Adashboyev. 2003: 127).
Rahmatulla Barakayev
Dostları ilə paylaş: |
|
|