2- sinf Tarbiya fanidan test. Zokirjonlar uyiga kim mehmon bo‘lib keldi?



Yüklə 23,62 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü23,62 Kb.
#138479
2-синф тест


2- sinf Tarbiya fanidan test.
1.Zokirjonlar uyiga kim mehmon bo‘lib keldi?
A.O‘rtog‘i B. Ustozi D. Buvisi
2.Zokirjonning dadasi o‘g‘liga nima olib kelishni buyurdi?
A.Ovqat olib kelishni B. gilos olib kelishni D. non olib kelishni
3.Nima uchun Zokirjon tomga chiqmadi?
A. olgan tarbiyasi yo‘l qo‘ymadi B. uyda dadasi va ustozi bor edi D. A va B javoblar to‘g‘ri
4.Sevara, Zeb ova Nilufar kimning tug‘ilgan kuniga borishdi?
A. Dilnozani B. Karimani D. Dilfuzani
5.Yotoqxonadan Zebo nimani olib chiqdi?
A. Chinni choynakni B. Chinni qo‘g‘irchoqni D. Chinni kosani
6. Dilnoza nega chinni qo‘g‘irchoqni dugonasidan qizg‘anib olib qo‘ydi?
A. so‘ramay olgani uchun B. Sindirib qo‘yishdan xavotir olib D. A va B javob to‘g‘ri
7. Sherzod uy vazifasini ko‘chirtirgan sinfdoshlariga nima va’da berdi?
A. Rangli qalam B. Qiziqarli kitob D. Rangli ruchka
8. Qaysi o‘rtog‘i uy vazifasini ko‘chirtirdi?
A. Davron B. Sarvar D. Dilshod
9. Kim Sherzodga haqiqiy do‘st edi?
A. Uy vazifasini ko‘chirtirmagan Davron B. Uy vazifasini ko‘chirtirgan Sarvar
D. A’lochi o‘quvchi Dilshod
10.Temurning ovqat idishiga kim ovqat solib qo‘ydi?
A. Sinfdoshlari B. Ustozi D. Qo‘shnisi
11. Zohidjon qaysi hikoya qahramoni?
A. Do‘stlar B. Sovg‘a D. Mehmon-mehmon
12. Zohidjon do‘stining tug‘ilgan kuniga nima sovg‘a qilmoqchi edi?
A. Kitob B. Mashina D. Rangli qalamlar
13. Zohidjonga do‘sti uchun sovg‘a olish uchun kim yordam berdi?
A. Dadasi B. Onasi D. Buvisi
14. Muallifga ziyorat qilish odobi haqida kim so‘zlab berdi?
A. Dadasi B. Ustozi D. Bobosi
15. Muallifning bobosidan urush haqidagi fikrlarini kimlar so‘radi?
A. Jurnalistlar B.Mehmonlar D. Bolalar
16. “Suhbat” she’ri muallifi kim?
A. Quddus Muhammadiy B. Anvar Obidjon D. Dilshod Rajab
17. Erkinjon dadasidan nimani so‘radi?
A. Qachon tinchlik bo‘ladi deb B. urushni kim chiqargan deb
D. Qachon Fashistlar ketadi deb
18___ deymiz uning nomin,
Odamlarning ichar qonin. Chiziq o‘rniga berilgan so‘zlarning mosini qo‘ying.
A. Dushman B.Yovuz D.Fashist
19. Erkin deydi: Xanjar tirnoq, Burni bigiz, og‘zi taypoq… Erkinjon bu yerda kimni ta’riflagan.
A. Dushmanlarni B.Yovuzlarni D.Fashistlarni
20. Suv havzalaridan foydalanish qoidalari haqida yozing
JAVOBLAR
1.b 2b. 3d. 4a. 5b. 6d. 7d. 8b. 9b. 10a. 11b. 12d. 13d. 14d. 15a. 16a. 17b. 18d. 19d.

20. Suv havzalari yoniga kattalarsiz yaqinlashib bo‘lmaydi.


Notanish va taqiqlangan joylarda cho‘milish mumkin emas.
Ovqatlangandan va oftobda uzoq vaqt toblangandan keyin suvda cho‘milib bo‘lmaydi.
Albatta suzishni o‘rganing. Daryo osti relyefi va chuqurligini bilmasangiz, suvga sho‘ng‘imang.
To‘siq ortiga suzmang, Suvdagi o‘yin vaqida e’tiborli va ehtiyot bo‘ling

4-sinflar uchun 4-chorak tarbiya fanidan test savollari


1. Sinovdan oʻtgan bolalar hikoyasidagi bolalarning ismini toping?
a) Kamoliddin, Jamoliddin b) Kamoliddin, Mahmud d) Jamoliddin, Avaz
2. 15- may qanday kun?
a) Xalqaro bolalar kuni b) Xalqaro oilalar kuni d) Xalqaro xotin-qizlar kuni
3.Oila bu...... soʻzini davom ettiring?
a) inson uchun qimmatbaho buyum b) muqaddas dargoh
d) inson uchun eng qimmatli makon
4. Dunyoda inson uchun eng aziz ikki neʼmat bor. Bular qaysi?
a) biri- non, ikkinchisi- kitob b) biri-non, ikkinchisi - daftar
d) biri- pat, ikkinchisi -non
5. Biz hamisha qarzdor boʻlgan eng ulugʻ zot kim?
a) ota b) ona d) farzand
6. Temir general hikoyasidagi qahramon kim?
a)Sharof Rashidov b) Sobir Abdullayev d) Sobir Rahimov
7. Sobir Rahimov necha yoshida harbiy maktabni bitirib komandir darajasiga erishadi.
a)22 yoshda b)23 yoshda d) 21 yoshda
8. «Gʻalaba bogʻi» qaysi shaharda ochildi?
a) Buxoro shahrida b) Toshkent shahrida d) Xiva shahrida
9. Kasal boʻlish oson .....davom ettiring.
a)davolanish qiyin b) sogʻlom boʻlasan d) boy boʻlasan
10. Ona oʻz farzandining bitta kulgusi uchun nimalarga tayyor.
a) maoshsiz, dam olish kunlarisiz ishlashga
b) maoshsiz, dam olish kunlarisiz, tushlik qilmasdan ishlashga tayyor
d)dam olish kunlarisiz ishlashga tayyor
11.-Yoʻq bobom shirin tush koʻryaptilar,- dedi Kamoliddin ukasining yengidan tortib, eshikni yoparkan. Bu gap qaysi hikoyadan olingan?
a) Sinovdan oʻtgan bolalar hikoyasidan
b) Baxt oiladan boshlanadi hikoyasidan
d) oilaviy kitobxonlik hikoyasidan
12. Kitoblar - eng ..........
a) kitob oʻqi b) kitob oʻqish kerak d) dono maslahatchilarim
13. «Ona ulugʻ zot» mavzusidagi qizcha onasiga nima sovgʻa qildi?
a) kitob b) qizil atirgul d) guldasta
14. Onaning qalbini nimaga oʻxshatish mumkin?
a) mehr toʻla makonga b) mehridaryo shaharga d) chiroyli gulga
15. Yomonlik aslo aylama odat,
Ozga qanoat qil, ochlikka toqat. Bu fikr kimga tegishli
a) Ibn Sinoga b) Alisher Navoiyga d) Abulqosim Firdavsiyga
Javoblar: 1a, 2b, 3d, 4a, 5b, 6d, 7a, 8b, 9a, 10b, 11a, 12d, 13b, 14a, 15d
Yüklə 23,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə