Kapital transheyaning sxemasi:
a – tashqi joylashgan alohida kapital transheya; b – pog’onada qirqim transheya o’tilmaganiga qadar ichki joylashgan kapital transheya; v – xuddi o’sha, faqat qirqim transheya o’tilgandan keyin; 1 – kapital transheya; 2 – qirqim transheya; 3 – karyerning oxirgi konturi. Qirqim transheyaning hajmi quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi: - qirqim transheyaning ko’ndalang kesim yuzasi, - qirqim transheyaning uzunligi, m.
Kapital va qirqim transheyaning umumiy ko’rinishi (a) va rejadagi ko’rinishi (b):
1 – 2 – qirqim transheya; 2 – 3 – kapital transheya; 4 – karyer maydonining konturi
Qirqim transheyaning bitta bortini qazib olganda (transheya karyer konturi bo’ylab joylashgan), uning ko’ndalang kesim yuzasi quyidagicha aniqlanadi: qirqim transheyaning chuqurligi, m; qirqim transheya asosining kengligi, m; mos ravishda ishchi va ishchi bo’lmagan qirqim transheya bortining qiyalik burchagi, gradus. Ikkita bortni qazib olishda (transheya karyer konturi ichida joylashgan): KAPITAL TRANSHEYALAR TIZIMI Zamonaviy karyerlarda pog’onalar soni 15 m va undan yuqorini tashkil qiladi. Karyerning ishchi gorizontlarini ochishga xizmat qiluvchi kapital transheyalar kapital transheyalar tizimi deb ataladi. Tizimga kiruvchi kapital transheyalarning joylashuviga ko’ra va ular orasida texnologik aloqaga ko’ra alohida, umumiy va guruhli turli joylashuvli kapital transheyalar tizimi mavjud. Karyer maydonini alohida kapital transheyalar tizimi bilan ochishda karyerda ochilgan har bir transheya alohida bo’ladi va boshqalari bilan aloqaga ega bo’lmaydi (6.5-rasm.). Yuk aylanmasi bunday holatda ajratilgan bo’ladi. Karyer maydonini umumiy kapital transheyalar tizimi bilan ochishda yuk aylanmasi bir yo’nalishda bo’ladi Umumiy kapital transheyalar tizimida ularning ochilishidagi bir biriga xos xususiyati bu ularning qadamsimonligida ularning tashqi joylashuvida umumiy ko’ndalang kesmi yuzasidir. Kapital transheyalarning ichki joylashuvida yuqorida joylashgan kapital transheyaning pastki gorizontida barcha yuklarning bir yo’nalishdaligidir.
Dostları ilə paylaş: |