O’simliklar dunyosi tabiat boyliklaridan biri hisoblanadi. Ma’lumki
shifobaxsh o’simliklarning hosiyatini qadim zamonlardan
bilisshgan va ulardan
turli kasalliklarni davolash uchun foydalanishgan. O’tmishning ulug’ olimlaridan
Abu Ali Ibn Sino, Abu Bakr al-Roziy, Beruniy bemorlarni dorivor o’simliklar
bilan davolaganlar. Hozir ham xalqimizda shifobaxsh o’simliklarga qiziqish juda
katta. Tibbiyotda o’simliklardan juda ko’plab dorivor
preparatlar tayyorlash
maqsadida foydalanishadi. O’zbekistonda yovvoyi holda o’sadigan va
o’stiriladigan o’simliklarning soni qariyb 4188 turga etadi. Shulardan 577 tasi
shifobaxsh o’simlik. Keyingi vaqtlarda kimyo fani keng taraqqiy etib ketdi.
Natijada tez ta’sir etuvchi yangidan yangi dori moddalar sintez qilib olinmoqda.
Biroq shunga qaramay dorivor o’simliklarga bo’lgan talab hamon kattadir.[1]
Ishlatiladigan dorivor preparatlarning 45 foizi o’simliklardan ajratib olinadi,
yoki ulardan tayyorlanadi. Ba’zi qimmatli dorivor preparatlar masalan: yurak
kasalliklarini davolashda qo’llaniladigan glikozidlar shu vaqtgacha faqat
o’simliklardan olib kelinadi.
Tibbiyotda keng qo’llaniladigan dorivor preparatlarning ko’pchiligi
o’simliklar tarkibida Uchraydigan alkaloidlar,
glikozidlar, flovanoidlar,
kumarinlar, saponinlar, efir moylari va boshqa moddalardan olinadi.
Shifobaxsh o’simliklardan yana turli dorivor preparatlar va vitaminlarga
boy konsentratlar tayyorlanadi. Odamlar qadim zamonlardan beri turli
kasalliklarini davolashga har xil o’simliklardan foydalanib keladilar. Tibbiyotda
ishlatiladigan dori moddalarning asosiy qismi kimyoviy yo’llar bilan olinadi. [2]
Quyi molekulali biologik faol birikmalar qatorida alkaloidlar muhim o’rinni
egallaydi. Boshqa tabiiy birikmalar sinfidan farqli o’laroq,
bu guruh birikmalari
tuzilishi jihatidan turli xil bo’lgan va asosiy azot atomi saqlashi bilan umumiylik
kasb etadi. Bu esa, ko’p sonli va turli xil alkaloidlar va ularning organik kimyoga
sezilarli ta’siri, shuningdek, ularning amaliy va ilmiy tibbiyotda o’ziga xos
ahamiyatli o’rin kasb etishidan iboratdir.
Ma’lumki, hozirda amaliy tibbiyotda ishlatiladigan preparatlarning ayrim
qismi o’simliklardan olingan tabiiy birikmalar bo’lib, bu preparatlar sintez yo’li
bilan olingan sintetik preparatlarga qaraganda bir qator afzalliklarga ega. Ular
inson organizmiga juda mayin ta’sir ko’rsatadi va qo’shimcha
zararli
xususiyatlarga ega bo’lmaydi. Shu jumladan, o’simliklardan ajratib olingan
alkaloidlar ham kuchli biologik faol birikmalar bo’lib, ularning ko’pchiligi
o’zlarining qimmatli, shifobaxsh xususiyatlarga egaligi tufayli tibbiyot amaliyotida
keng qo’llanilib kelinmoqda.
Dorivor o’simliklardan oqilona foydalanish, ularning tur sonini ko’paytirish,
xilma-xilligini oshirish va muxofaza qilish chora tadbirlarini ishlab chiqish
bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Aholinig turmush
madaniyati, ilm fan nihoyatda rivojlanib borayotgan
hozirgi paytda hali ham
jamiyatimizda dorivor o’simliklarning barcha xususiyatlarini va afzallik
tomonlarini to’la bilmay turib, boylik orttirish maqsadida ulardan ko’r-ko’rona
foydalanuvchi kishilar ham uchrab turibdi. Ular faoliyatlari oqibatida hamda
dorivor giyohlarning xususiyatlarini to’la, aniq bilmaydigan kimsalarning yig’im –
terim tartib qoidalariga rioya qilmasdan dorivor o’simliklardan foydalanishi
ularning
tur sonini kamayishiga, yo’qolib ketish xavfining kuchayishiga sabab
bo’lmoqda.
Shunga ko’ra so’nggi vaqtlarda butun dunyoda o’simlik dorivor
preparatlariga - fitopreparatlarga va dorivor o’simliklarga ehtiyoj ortmoqda.
Kelajakda tibbiyotda dorivor o’simliklar va ulardan olinadigan dorivor
preparatlarni yanada ko’proq ishlab chiqarish dolzarb masalalardan biri ekanligi
ayon.
O’simlik tarkibidagi
alkaloidlar miqdorini aniqlash, o’simlikning alkaloidlar
tarkibini o’rganish. Ikki xil Farg’ona vodisi Sadkak va CHimyon adirlari o’sish
joyidan terilgan
Haplophyllum ferganicum
(toshbaqao’t) o’simliklaridan
alkaloidlar summasini olish, olingan summalarning kimyoviy tarkibini solishtirib
o’rganish, individual holatda alkaloidlarni
ajratib olish va tekshirish, davolashda
qo’llashga doir tavsiyalar berish.