Tashakkurnoma
;
Magistrlik dissertatsiya ishining ,,Tajriba qismi’’ni amalga oshirishda
yaqindan yordam bergan O’zR FA tasarrufidagi S. Yu. Yunusov nomidagi
O’simlik moddalari kimyosi instituti (O’MKI) direktori kimyo fanlari doktori SH.
SH. Sagdullayev, Alkaloidlar laboratoriyasi mudiri kimyo fanlari nomzodi
Mukarramov N, ushbu laboratoriya katta ilmiy xodimi kimyo fanlari doktori
professor Aripova S. F, kimyo fanlari nomzodi Rasulova X.A va kichik ilmiy
xodim Oxunov I. larga o’z Shifobaxsh o’simliklar insoniyatga juda qadim
zamonlardayoq ma’lum bo’lgan. O’tgan asrlarda ba’zi shifobaxsh o’simliklarning
ta’rifi va ularni qo’llanilishiga doir asarlar etib kelgan. Sharq tabobatining qomusiy
olimi Abu Ali ibn Sino hisoblanadi. Uning tib ilmiga oid asarlaridan biri bo’lgan
―Tib qonunlari‖ mana 600 yil mobaynida faqat arablarning emas, balki Yevropa
shifokorlarining dasturi bo’lib qoldi. Ibn Sino 900 ga yaqin shifobaxsh o’simlikka
ta’rif bergan va ularni qanday qo’llash usullarini yozib qoldirgan. Ispaniyada
yashagan arab olimi Ibn Boytar 1400 xil shifobaxsh o’simlikka tarif berib Ibn
Sinoni tarifini boyitdi.
Ibn Sinoning tib ilmiga oid ―Tib qonunlari‖ asari besh kitobdan iborat
bo’lib, ikkinchi kitobda o’sha davr tabobatida keng qo’llanilgan dori-darmonlar
haqida zaruriy ma’lumotlar bayon qilingan mukammal majmuadir. Unda o’simlik,
hayvon va ma’danlardan olinadigan 800 dan ortiq dori-darmon ta’rifi, ularning
davolik xususiyatlari va qo’llanish usullari batafsil bayon qilingan. Ibn Sinoning
tarjimai holidan ma’lumki, uning bolalik chog’larida unga uyida Abu Abdulloh an-
Notiliy degan kishi mantiq, geometriya, astronomiya va falsafadan dars bergan.
Biroq Notiliyning fan tarixidagi xizmatlari yosh Ibn Sinoni tarbiyalash bilan
cheklanmaydi. U 1 asrda yashagan yunon tabibi Dioskridning ―Dorilik moddalar‖
nomli mashhur kitobining arabcha tarjimasini qaytadan tahrir qilib chiqqan va
oldingi tarjimonlar tomonidan aniqlanmay qolgan dorilik o’simliklar va boshqa
moddalarning mahalliy nomlarini topib, tarjimadan foydalanishni ancha
osonlashtirgan. Ibn Sino ―Qonun‖ ning sodda dorilarga bag’ishlangan ikkinchi
kitobini yozishda Dioskridning asari tarjimasining mana shu Notiliy qilgan
tahrirdan foydalangan.
Hozirgi paytda bizning mamlakatimizda 3 mingga yaqin moddalar
substantsiyasi va preparatlardan foydalaniladi, assortimenti muntazam ravishda
yangilanib borilmoqda, dori-dormonlarning 1/3 qismi shifobaxsh o’simliklardan
tayyorlanadi.
So’nggi
10
yilliklar
mobaynida
shifobaxsh
o’simliklardan
keng
foydalaniladigan bo’ldi. Chunki biz hozirgi kunda dorilar tufayli kelib chiqayotgan
kasalliklarning va ularning asoratlari guvohi bo’lib turibmiz. Jahon sog’liqni
saqlash tashkilotining bergan ma’lumotlariga qaraganda, kasalxonaga yotqizilgan
bemorlarning 2,5–5 foizini dorilar asorat bergan kishilarni tashkil etadi.
Shifobaxsh o’simliklarning yaxshi tomoni shundaki, ularning zarari deyarli
bo’lmaydi va nojo’ya ta’sir qilmaganidan ularni uzoq vaqt ishlatish mumkin
bo’ladi. Ular tarkibida biologik faol moddalar juda ko’p. Bundan tashqari, ular
tarkibidagi moddalar uzoq vaqtgacha davo ta’sirini ko’rsatib turadi, lekin ular
og’iz bo’shlig’i, me’da va ichakni zararlamaydi.
Shifobaxsh o’simliklar qulay va iqtisodiy jihatdan arzonga tushadi. So’nggi
yillarda shifobaxsh o’simliklarga faqat shifokorlar emas, balki bemorlar ham
qiziqib qoldilar. Shifobaxsh o’simliklar yoki ulardan tayyorlangan dorilar qanday
bo’ladi, davo ta’siri qanday, tabiat bag’ridan ularni qanday qilib tanib olish
mumkin va qo’llanilishi qanday amalga oshiriladi, degan savollar ko’pchilikni
qiziqtiradi.
O’simliklar (qisman hayvon) to’qimalarida tayyor holda bo’ladigan asosli
(ishqorli) xossaga va kuchli fiziologik ta’sirga ega bo’lgan azotli murakkab
organik birikmalar alkaloidlar deb ataladi. Alkaloid arabcha – ―alkali‖ ishqor va
yunoncha ―eydos‖ o’xshash (simon) so’zlaridan iborat bo’lib, ishqorsimon birikma
degan ma’noni bildiradi. Bu alkaloidlarning asosli xususiyatga ega ekanligini
ko’rsatadi. 1819-yilda Meysner sabadilla o’simligidan asos xossali birikma ajratib
oldi va uni birinchi bo’lib alkaloid deb atadi.
Shundan keyin alkaloidlarni o’rganish sohasidagi ilmiy tekshirish ishlari
ayniqsa, o’simliklardan alkaloidlar olish va ularni o’rganish ishlari qizib ketdi. Bu
sohada rus olimlarining ishlari diqqatga sazovordir. Birinchi marta 1815-yilda
Xorkov universitetining professori F.I. Gize xin daraxti po’stlog’idan alkaloid
ajratib oldi va unga sinxonin deb nom berdi. Keyinchalik chuqur tekshirishlar
natijasida uning xinin ekanligi aniqlandi.
XIX asr oxirlariga kelib alkaloidlarni olish va ularni o’rganish bo’yicha bir
qancha asarlar nashr qilindi. Farmakalogiya magistri. A. Shatskiyning ―O’simlik
alkalodlari haqida‖ nomli monografiyasi shular jumlasidandir. Keyinchalik N.
Ryabinaning ―Alkaloidlar‖ nomli kitobi chop etildi. Rus olimi A.M. Butlerov
organik moddalar molekulalarining tuzilish nazariyasini kashf etgandan keyin va
boshqa olimlarning organik kimyodagi ishlari tufayli 1900–yildan boshlab
alkaloidlarni chuqur o’rganish, ularni sintez qilish usullari jadal suratlar bilan
rivojlana boshladi. [36]
Tarkibida alkaloid bo’lgan o’simliklar qadimdan ishlatib kelinsada, bundan
taxminan 200 yil muqaddam alkaloidlarni o’rganish va tekshirish sohasida ilmiy
ishlar boshlandi. 1792-yilda fransuz olimi Furkrua xin daraxti po’stlog’i
tarkibidagi alkaloidlarni tekshirdi va ularni mumsimon holida ajratib oldi. 1797-
yilda Bolee, 1804-yilda Derozi hamda fransuz farmatsevti Segen opiy
alkaloidlaridan nikotin bilan morfin ajratib oldi va uni opiy tuzi deb atadi. Shunday
bo’lsada, alkaloidlarni tekshirgan birinchi kishi nemis dorishunosi Sartyurner
hisoblaydi. U 1806-yilda opiydan kristall holda alkaloid ajratib oldi va 1811-yilda
bu birikmaga morfin deb nom berdi. Bu yangilik juda katta qiziqish uyg’otdi,
chunki shu paytgacha o’simlikda faqat nordon, yoki neytral xarakterga ega bo’lgan
moddalar bor deb o’ylashgan, asosli xossaga ega bo’lgan sintetik organik moddalar
esa keyinroq (1848) ochilgan.
Yangi alkaloidlarni topishga qaratilgan qizg’in ishlar boshlab yuborildi. Lekin
o’sha yillari (1820-1840) organik kimyo nazariy va amaliy qurollanmagan edi,
shuning uchun alkaloidlar bilan tanishish yuzaki bo’lib qoldi. Ularni yanada
chuqurroq o’rganish, strukturasini tuzish va sintez qilishga urinib ko’rish keyingi
davrda, aniqrog’i o’tgan asr oxirlariga to’g’ri keladi. Hozirgi kunda kimyoning bu
bo’limi yaxshi va tez rivojlanmoqda.
Alkaloidlar o’simliklar dunyosida keng tarqalgan. Quyidagi oilaning
vakillari:
Papaveraceae
(ko’knorguldoshlar),
Leguminaseae
(dukkaklilar),
Solanaseae
(ituzumguldoshlar),
Ranunculaseae
(ayiqtovonguldoshlar),
Berberidaceae (zirkguldoshlar) lolaguldoshlar (liliaceae); chuchmomadoshlar
(amaryllidaceae); kendirdoshlar (arosupaseae); ayiqtovondoshlar (Ranunsulaceae);
ko’knordoshlar
(Raraveraseae);
dukkakdoshlar
(Fabaseae);
ituzumdoshlar
(Solanaseae) singari oilalari alkaloidlarga boy. Shu davr ichida butun yer yuzida
ajratib olingan va tasvirlangan 4959 ta alkaloiddan faqat birgina kendirdoshlar
oilasiga 897 tasi to’g’ri keladi.
O’simliklarning tarkibida juda oz miqdordan tortib, to 10-15%, ba’zan 25%
gacha alkaloidlar bo’lishi mumkin. O’simliklarda bir-biriga yaqin ko’pgina
alkaloid bo’ladi. Alkaloidlar uchun eng xarakterli bo’lgan o’rni o’simlik
organizmida tayyor holda bo’lishi va ular o’simlikning hayot faoliyati natijasida
hosil bo’lishi.
Alkaloidlar qimmatbaho dorivor modda bo’lganligi uchun uni aniqlashga va
kimyoviy strukturasini o’rganishga qiziqish oshdi. Alkaloidlar strukturasini
o’rganish bizlarga bir qator izlanishlarni olib borishga va shu bilan birga yangi
dorivor preparatlarni yaratishga olib keladi.
Alkaloidlarning strukturasini aniqlash juda qiyin va murakkab vazifa
hisoblanadi. Bu vazifani hal qilishda organik kimyoning barcha analitik va sintetik
usullaridan foydalaniladi.
Ilgari ma’lum oilada faqat ma’lum xil alkaloidlar bo’ladi deb o’ylar edilar,
hozir esa bir-biridan juda yiroq oilalardan ham bir xil alkaloidlar topilgan.
Masalan, efidren va berberin alkaloidi turli oilaga mansub besh xil o’simlikda
borligi
aniqlangan.
Alkaloidlar o’simliklarning po’stlog’i, kartoshkasi, bargi va urug’ida va
boshqa a’zolarida uchraydi. O’simlikning bir organida alkaloid bo’lsa, ikkinchi bir
organida bo’lmaydi yoki juda kam bo’ladi. Bitta o’simlikning o’zida har xil
alkaloid bo’lishi ham aniqlangan. Alkaloidlar o’simlikning vegetatsiya davriga,
tuproq sharoitiga qarab miqdor va sifat jihatdan o’zgarib turadi. Ular o’simliklarda
olma, sirka, limon, oksalat, qahrabo propion, sut, sulfat, fosfat kislotalarining
tuzlari holida uchraydi. O’z tuzlaridan hosil qilingan erkin alkaloidlar asosli
xossaga ega bo’lgani uchun alkaloid-asoslar deb yuritiladi.
Bundan tashqari o’simlik organlaridagi alkaloidlar miqdori turli faktorlarga
chunonchi, o’simliklarning o’sish fazasiga bog’liq holda o’zgarib boradi. Shuning
uchun o’simliklardan alkaloidni qachon ajratib olishni aniqlash muhim ahamiyatga
ega. O’simlikdagi alkaloidlar sifati va miqdori shu o’simlikni bir iqlimdan ikkinchi
iqlimga ko’chirishga bog’liq. Tarkibida bitta alkaloid bor o’simliklar juda kam,
chunki ularda bir necha xil alkaloidlar bo’ladi. Masalan, xin daraxti po’stlog’i va
ko’knoridan olinadigan alkaloidlar soni 15-20 dan ham ortiq.
Alkaloidlarning o’simliklar hayotidagi tutgan o’rni haqida bir qancha fikrlar
bo’lib, ular quyidagicha:
1. Bir guruh olimlar, alkaloidlar o’simliklar hayotida hosil bo’lgan chiqindi
modda, deb fikr yuritadilar.
2. Alkaloidlar o’simliklar uchun zaxira ozuqa o’rnida xizmat qiladi, degan
nazariya ham bor. To’g’ri ma’lum sharoitda o’simliklar alkaloiddan zaxira ozuqa
sifatida foydalanishi mumkin. Lekin alkaloidlarning o’simliklar uchun ahamiyati
shu bilangina chegaralanadi, deyish katta xato bo’lar edi.
3. Alkaloidlar o’simliklarni hashoratlardan va hayvonlardan himoya qiluvchi
birikma deb ham fikr yuritiladi. Haqiqatan, alkaloid o’simliklari zaxarli bo’ladi,
shuning uchun ular kam kasallanadi hamda hayvonlar bunday o’simliklarni deyarli
iste’mol qilmaydi. Lekin alkaloidlarning vazifasi faqat o’simliklarni himoya
qilishdan
iborat
deb
o’ylash
to’g’ri
emas.
Xulosa.
1. Ushbu magistrlik dissertatsiya ishini bajarish jarayonida atrofimizni o’rab turgan
o’simliklar dunyosi turli shifobaxsh xususiyatlarga ega ekanligi adabiyotlardagi
ma’lumotlarlar va qilingan amaliy ishlar asosida o’rganildi.
2. Haplophyllum turkumiga kiruvchi o’simliklardan ajratib olingan alkaloidlar,
adabiyotlardagi ma’lumotlar asosida o’rganildi.
3. Haplophyllum ferganicum o’simligining alkaloid tarkibini o’rganish natijasida
o’simlikdagi asoslar yig’indisini bo’lish va alkaloidlarni umumiy sumasi olindi.
4. Birinchi marta ikki xil o’sish joyidan terilgan Haplophyllum ferganicum
(toshbaqao’t) o’simliklaridan alkaloidlar summasini olish, olingan summalarning
kimyoviy tarkibini solishtirib o’rganildi.
5. Ushbu magistrlik dissertatsiya ishini tayyorlash natijasida olingan alkaloidlarni
fizik-kimyoviy usullar yordamida taxlil qilib isbotlash ko’nikmasi hosil bo’ldi.
6. Haplophyllum ferganicum o’simligini alkaloidlar o’rganish hamda undan bir
nechta fiziologik faol moddalarni ajratib olish ishlandi
|