Etnopsixologiya fanining predmet, vazifa va metodlari Reja


Etnopsixalogiya fanining predmeti vazifasi



Yüklə 45,55 Kb.
səhifə2/2
tarix27.12.2023
ölçüsü45,55 Kb.
#161988
1   2
13-mavzu. Etnopsixologiya fanining predmet, vazifa va metodlari

Etnopsixalogiya fanining predmeti vazifasi
Ijtimoiy hodisalarga munosabat jamiyat taraqqiyotining muayyan bosqichlarida turlicha namoyon bo’la boshlaydi. Mustaqilligimizning ilk kunlaridan hayotimizning barcha jabhalarida “qadriyatlar”, “milliy tiklanish”, “milliy ong”, “milliy g’urur”, “milliy iftixor” singari tushunchalar tilga olina boshlandi. Zero, mustaqillik degani milliy tiklanish degani hamdir.
Ushbu atamalarning hayotimizga kirib kelishi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov nomi bilan uzviy bog’liq ekanini alohida ta’kidlash kerak. Mustaqillik tufayli hayotimizning barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan o’zgarishlar, jumladan, milliy qadriyatlar, madaniyat, urf-odat, an’analarimizning tiklanishi, milliy g’urur, milliy o’zlikni anglashimizning borgan sari yuksalayotganligi Prezidentimiz asarlari va nutqlarida faxr-iftixor bilan e’tirof etilmoqda.
“Xalqimiz sarchashmalarining ko’zlari qaytadan ochilganligi,- deb yozadi I.Karimov,- jahon madaniyati yutuqdariga zo’r hissa qo’shgan buyuk ajdodlarimizning madaniy va ma’naviy merosi teranligi va chuqurligi anglab olinganligi, har bir avlodning o’z o’tmishiga, olijanob milliy va diniy an’analariga hurmat bilan qarash, ularni asrab-avaylash ruhida tarbiyalanayotganligi, ayni chog’da hozirgi zamon jahon sivilizatsiyasi va ularga oshno bo’lish zarurligi ravshan anglab yetilganligi - mana shularning hammasi hayotbaxsh bir zamindirki, bizning yangilanish va xalqimizning milliy o’zligini anglashini oshirish, aholining siyosiy yetukligi va faolligini kuchaytirish borasidagi siyosatimiz mana shu zaminga tayanadi”
Ana shunday muhitni vujudga keltirish, mamlakatda tom ma’noda har tomonlama, barqaror taraqqiyotni ta’minlab turish bu bevosita davlat siyosatining xalq talabi va ehtiyojlarini, ruhiy va ma’naviy holatini nechog’lik hisobga olinganligi bilan belgilanadi.
Yoki I.Karimov iborasi bilan aytganda: “Xalqning ma’naviyati va madaniyati, uning xaqiqiy tarixi va o’ziga xosligi qayta tiklanayotganligi jamiyatimizni yangilash va taraqqiy ettirish yo’lidan muvaffaqiyatli ravishda olg’a siljitishda hal qiluvchi, ta’bir joiz bo’lsa, belgilovchi ahamiyatga egadir.”
Etnik guruhlar - ijtimoiy guruhlarning eng muhim shakllaridan biridir. Ma’lumki, ijtimoiy guruhlardagi odamlarning o’zaro munosabatlari, ularning vujudga kelish va taraqqiy etish mexanizmlari, mazkur o’zaro ta’sir jarayonlarida namoyon bo’luvchi yangi psixik hodisalarni o’rganish bilan ayni kunda shiddat bilan rivojlanib borayotgan - ijtimoiy psixologiya fani shug’ullanadi. Ijtimoiy psixologiya bilan boshqa bir qator fanlar, birinchi navbatda, etnologiya va shaxs psixologiyasi kesishmasida yana bir istiqbolli fan - etnik psixologiya (etnopsixologiya) fani shakllanmoqda.
Ijtimoiy-psixologik tasavvurlarga ko’ra, mavjudligini bir muncha uzoq davr saqlab turgan odamlar guruhi shakllanishi davomidagi uning a’zolari o’rtasida uzviy o’zaro ta’sirlar kuchayganda shartli ravishda guruhiy psixika (psixologiya emas, chunki ushbu atama psixika to’g’risidagi fanni ifodalaydi) deb nomlash mumkin bo’lgan umumiy, guruhiy hodisalar paydo bo’ladi.
Ijtimoiy psixologiya - sodda qilib aytadigan bo’lsak, guruhlar psixikasi to’g’risidagi fandir. “Etnik psixika” va “etnik psixologiya” iboralari aynan shu mazmunda tushuniladi: etnik psixologiya - xalq, etnosning psixik tuzilishi yoki “etnik psixikani” o’rganuvchi fandir. Etnosning psixik tuzilishi etnik guruhning shakllanishi davomida o’zlashtirilgan chizgilar, xossalar va jarayonlarni o’z ichiga oladi. Biz ushbu tushunchalar tavsifini mazkur qo’llanmada navbati bilan berib boramiz.
Ushbu nisbatan yangi fan bo’lgan - etnopsixologiya - fani vakillari javob berishlari ko’zda tutilgan turkum savollarni sanab o’tsak.
1. Etnik guruhlar va ularning oliy shakli hisoblangan millatlar qanday vujudga keladi va shakllanib boradi?
2. Etnogenez jarayoni qanday bosqichlardan iborat?
3. Etnik guruhlar bir-biridan nimasi bilan farq qiladi va ular o’rtasida qanday mushtarakliklar mavjud?
4. Etnoslarni tashkil qilgan odamlar o’rtasida (erkak va ayollar) qanday toifadagilari ko’p uchraydi?
5. Etnoslararo ziddiyatlar nimaga vujudga keladi va ularni qanday bartaraf etish mumkin?
6. Etnosning o’zligini anglashi nimadir? Etniklararo munosabatlarda u qanday namoyon bo’ladi?
Etnopsixologik savollar juda ko’p. Ularning aksariyatiga o’quv qo’llanmamizda nainki xususiy, balki jahon ilmida to’plangan axborotlarga tayangan holda javob berishga harakat qilamiz.
Etniklararo munosabatlar, milliy stereotiplar va ramzlar, etnohimoyaviy mexanizmlar, milliy o’zlikni anglash, etnotsentrizm masalalariga alohida e’tibor qaratamiz.
Etnopsixologiya fani predmeti va vazifalari.
Etnopsixologiya ijtimoiy psixologiyaning alohida sohasidir deb aytib o’tdik. Shuning uchun etnopsixologiya xususida so’z yuritishdan avval ijtimoiy psixologiya faniga ham alohida to’xtalib o’tmoq lozim.
Ijtimoiy psixologiya - odamlarning ijtimoiy guruhlarga birlashishini o’rganadigan, guruhiy tavsifni, shaxsning guruhiy faoliyati va xulq-atvorini, ijtimoiy psixologik qonuniyatlar, holatlar, hodisalar, ijtimoiy ustanovka kabilarni tadqiq qiluvchi psixologiya sohasidir (E.G’.G’oziev).
Hozirgi kunda ijtimoiy-psixologiya predmetini belgilaydigan 4 ta yo’nalish mavjud:
birinchi yo’nalish, katta va kichik guruhlar, jamoa, rasmiy va norasmiy guruhlar, oiladagi shaxslararo munosabatlar, liderlik, moslik, jamoani boshqarish va x., o’rganadi;
ikkinchi yo’nalish, guruh va jamoada shaxsning holati, uning mavqei, o’rni, roli, boshqalarni idrok etishi, o’ziga va boshqalarga munosabat motivlari va yo’nalganligini o’rganadi;
uchinchi yo’nalish, muloqot muammosiga taalluqli bo’lib, muloqotning psixologik ta’siri, turlari, kommunikatsiya kanallari, to’siqlar va boshqalarni tashkil etadi;
to’rtinchisi, xalqlar, millatlar, elatlar psixologiyasi bo’lib u milliy ijtimoiy hodisalarni, ya’ni millatlar va elatlar, xalqning ongida, ruhiyatida asrlar davomida saqlanib qolgan an’analar, rasm-rusmlar, aqidalar, udumlar va boshqalarni o’rganadi. Bu yo’nalish etnopsixologiya fani bilan bog’liq.
Ijtimoiy-psixologiyaning zamonaviy, nazariy va amaliy vazifalari mavjud:
1. Nazariy vazifasi - mustaqil fikrlovchi, erkin tafakkurli, insonparvar shaxsni tarbiyalash, yoshlarga mustaqillik g’oyasini singdirish, xalqimizning ming yillik urf-odatlarini saqlash, xalqimizda o’zaro munosabatlarda demokratiya tamoyillariga amal qilish.
2. Ijtimoiy-psixologiyaning amaliy vazifalari - sanoatda, ta’lim, tibbiyot, qishloq xo’jaligi va boshqa sohalardagi ijtimoiy hodisalarni chuqur o’rganish.
Ijtimoiy psixologiya bir necha sohalarni qamrab oladi: din psixologiyasi, oila psixologiyasi, muloqot psixologiyasi, kichik guruh psixologiyasi, katta guruh psixologiyasi, modalar psixologiyasi, insonni inson tomonidan idrok qilish psixologiyasi, etnopsixologiya va x.
Etnopsixologiya. «Etnopsixologiya» termini — uch so’zdan tashkil topgan (yunoncha): «etnos», so’zi «xalq, elat», mazmunida keladi, «psyuxe» — «qalb, rux» va «logos», “so’z”, “ta’limot” mazmunida.
Demak, «etnopsixologiya» xalq (etnos) ruxi to’g’risidagi fandir (ta’limot).
Etnik guruhlar (etnoslar) etnopsixologiya fani ob’ektidir.
Etnos va uning vakilllarini psixik chizgilari, etnoslararo o’zaro ta’sir va nizolar esa etnopsixologiya fani predmetidir.
Zamonaviy etnopsixologiya fani oldida turgan muammolar:
■ Etnosning psixik tuzilishini o’rganish (xususan- millatning), qanday psixologik qonunlarga bo’yinsunishi, rivojlanishi, tuzilishi va funksiyalarini aniqlash;
■ Etnik (milliy) xarakter muammosi;
■ Etnik guruhlarning psixik tuzilishi va xarakteri o’rtasidagi tafovutlarni aniqlash;
■ Etnik xarakter tipologiyasini ochib berish Etnopsixologiya fani oldida turgan vazifalar:
■ Xalq madaniyatini o’rganish, uning psixologik mohiyatini ochib berish.
■ Din va etnos psixologiyasi o’rtasidagi mushtaraklikni o’rganish.
Etnik psixologiya — «etnik psixikani» o’rganuvchi fan. Etnik psixika
O’z ichiga etnik guruhning taraqqiyoti davomida o’zlashtirilgan xususiyatlar, jarayonlar va chizgilarni oladi.
Etnos iborasi XIX asr oxirlaridan ilmiy tushuncha sifatida fanga kiritildi. Biroq etnos tushunchasining mazmuni xususida hozirga qadar olimlar o’rtasida yakdillik mavjud emas:
1. Etnos bir tilda so’zlashuvchi, o’ziga xos turmush tarzi, urf-odat, marosimlar va an’analari tizimiga ega bo’lgan, o’zining kelib chiqishi birligini tan oluvchi o’ziga xos kishilar guruhi (S.M. Shirokogorov)
2. Etnos til, davlatga tegishlilik, iqtisodiy aloqalar, madaniy turmush, din birligi singari bir qator ijtimoiy aloqalar natijasiga asoslanadigan kishilar jamoasi (S.A.Tokarev).
3. Etniklik bu real ijtimoiy-iqtisodiy aloqalar sharoitida o’zaro tushunarli tilda so’zlashadigan muayyan hududda yashaydigan kishilar orasida o’zaro shakllanib boradigan va o’zining ma’lum madaniy xususiyatlarini, mustaqil ijtimoiy guruh ekanligini butun hayoti davomida anglab boradigan har qanday jamoadir (N.N. Cheboksarov)

Endi “millat” tushunchasiga oydinlik kiritsak.


Millat atamasi qadimda va o’rta asrlarda kelib chiqishi bir bo’lgan, iqtisodiy va siyosiy jihatdan umumiylik kasb etgan ma’lum bir guruh kishilariga nisbatan qo’llanilgan. Millatning ilmiy kontseptsiyasi E.Renandir. Uning fikricha, millat ma’lum bir guruhga taalluqli kishilarning birgalikda yashashi, oldingi ajdodlardan avlodlarga o’tib kelayotgan an’analarni saqlab qolishga bo’lgan xarakati hamda umumiy maqsad yo’lida birlashishidir.
V.M.Mijuev «etnosdan farqli o’laroq millat bu mening tug’ilishim bilan belgilanadigan fakt emas, balki mening shaxsiy tanlovim va xarakatlarim mahsulidir. Etnosni men tanlamayman, millatni esa tanlashim mumkin. Millat bu individning davlatga taalluqli, ijtimoiy, madaniy mansubligidir. Aslo uning antropologik va etnik mansubligi emas» deb ta’kidlaydi.
Bir etnos tarkibiga madaniyat va diniy kofessiyalariga singari o’nlab millatlar kirishi mumkin. Etnos millatning bir qismini anglatishi mumkin. Masalan, millat tarkibidagi etnik - diniy guruhlar (bolgarlar orasidagi musulmon va xristianlar, nemislar orasidagi protestantlar); etnik irqiy guruhlar (Amerika millati bunga misol bo’ladi); etnik hududiy guruhlar (ma’lum millat vakillari u yoki bu hudud, mamlakatda jips bo’lib yashashi); uchinchidan, etnos millat yoki millat shakllanishidan oldingi davrni anglatishi mumkin.
Etnos millatdan kengroq tushuncha bo’lganligi uchun unga millatdan tashqari irqlar, urug’lar, qabilalar, elatlar kabi milliy guruhlarga xos etnik guruhlar ham kiradi.
Shunday qilib, «Etnos» atamasi «millat» iborasiga nisbatan keng mazmunga ega ekanligini ko’ramiz. Shu bilan birga, yuqoridagi ta’rif va tahlillardan kelib chiqib bu ikkala tushunchalar orasidagi farqlar hal qiluvchi emasligini alohida ta’kidlamoqchimiz.
Etnoslar quyidagilarga binoan uyushadi:
1. Etnoslar umumiy biologik ajdodlarga ega yo shunday afsonalari mavjud. Masalan, turkiylar xususida shunday afsonalar mavjud (Raxmon, Nasimxon. Turk xoqonligi. T.: 1993 y):
G’arbiy dengiz qirg’og’ida yashagan turkiylarning ota-bobolari qo’shni qabilalar tomonidan qirib tashlandi. Faqat o’n yoshli bola yashirinib tirik qoldi. O’sha yerda yashaydigan urg’ochi bo’ri unga xotin bo’ldi. Ochlikdan qutqarish, dushmanlardan yashirinish uchun bo’ri o’sha bolani olib Turfon tog’lariga qochib ketdi. Tog’da bir g’or bor edi. U yerda urg’ochi bo’ri o’nta bola tug’di. Bolalarning otasi o’sha qutqarilgan turk edi. Bo’ri bolalari Turfondagi ayollarga uylandi. Har bir boladan bir urug’ kelib chiqdi. O’g’illaridan birining ismi Ashin edi. Uning nomi hamma qabila nomini anglatadigan buldi. Ashin boshqa aka-ukalariga qaraganda qobiliyatliroq, ham aqlliroq edi.
Shu sababli Ashin yangi kabilaning doxiysi bo’lib qoldi. Urug’ soni asta-sekin bir necha yuz kishiga yetdi. Ashinning merosxo’rlaridan biri, qabila doxiysi Asyan shad bo’ri avlodlarini Turfondan Oltoy yerlariga olib keldi. Bo’ri avlodlari bu yerda jujanlarning fuqarosiga aylanib, ularga temir qazib berar edilar, Oltoyda ular turk nomini oldilar.
Afsonaga ko’ra, «turk» so’zi Oltoy tog’ining eng qadimgi nomidan kelib chiqqan. Ikkinchi afsonaning mazmuni shunday: Turk qabilasininig ota-bobolari So saltanatiga borib taqaladi.
Bu saltanat Oltoyning shimolida joylashgan edi. Qabila boshlig’i Abanbuning o’n yettita ukasi bor bo’lib, shulardan biri Ichasin Ishid «Bo’ri o’gli» deb nom olgan edi. So saltanati dushmanlar tomonidan kunpaya-kun qilindi.
Omon qolganlari tarqalib ketdilar. Bo’ri o’gli juda tadbirkor edi. Shu sababli imkoniyat topib, urug’ini qiyin ahvoldan olib chiqdi. Uning o’g’illaridan biri Oqqush bo’lib, Abakan daryosi bo’ylarida hukmronlik qildi. Ikkinchi o’gli esa Sigu saltanatiga asos soldi. Bu saltanat Kama daryosi bo’ylarida edi.
Uchinchi o’g’li esa Chjuchje daryosi bo’ylarida hukmronlik qildi. Katta o’g’li Nudulu shad Garbiy Sayanga o’rnashdi. Nudulu shadning o’nta xotini bo’lgan. Uning o’gillari onasining qabilasi nomini oldilar. Eng kichik xotinining o’g’li Ashin edi. Nudulu shad vafotidan keyin taxtga birontasi o’tirishi kerak edi. Shunda aka-ukalar, kimki kuchli va epchil bo’lsa, o’sha urug’ yo’lboshchisi bo’ladi, deb qaror qildilar. Musobaqada Ashin g’alaba qildi. U Asyan shad nomini olib, urug’ boshi bo’ldi. Uning vafotidan keyin esa o’gli Tuu taxtga o’tirdi. Tuuning o’g’li Tumin (Bumin) turk xoqonligiga asos soldi.
Tuba qabilasi Shimoliy Xitoyni bosib oldi, u yerdagi qabilalar orasida Ashinning besh yuz oilasi bor edi. Shu paytda Ashin urug’i xun hokimi Muganga qaram edi (Xunlar-turkiylarning ajdodi, bu davlatda bir qancha qabila-urug’lar bor edi). 439 yilda tubalar xunlar ustidan g’alaba qozondi. Shundan keyin xunlarga tobe bo’lgan Ashinning besh yuz qabilasi jujanlar huzuriga ko’chib bordi. Oltoy tog’larining janubida o’rnashib, jujanlarga temir qazib bera boshladilar.
Ashin urug’i qayerda, kimning xukmronligi ostida bo’lmasin, o’zlarining tilini saqladi. Tubalar singari tilini yo’qotmadilar. Hatto shu kichkina urug’ning urf-odati boshqa qabilalarga ta’sir qildi.
Xitoylar o’zlariga tobe bo’lgan Ashin qabilasini Tu-kyu deb ataganlar. Xitoycha Ashina ham deyiladi. P.Pelo bu so’zni «turk-yut» (ya’ni turkiylar) deb izohlagan. Turk atamasi kuchli, mustahkam demakdir. Ashina esa bo’ri degani. Turkiycha bo’ri mo’g’ulcha shono, chino deyiladi, a qo’shimchasi xitoycha xurmat ma’nosini bildiradi. Bundan xulosa chiqadiki, Ashina-himmatli, mard bo’ri degan ma’nodadir.
Qadimgi Xitoy mualliflari turkiy xoni va bo’ri so’zini ma’nodosh deb qaraganlar. Shuning uchun biri o’rnida ikkinchisini qo’llayverganlar. Ularning Markaziy Osiyodagi mavqei baland edi. Hatto syanbiy malikasi o’z eri Shabolio xonni bekorga «Bo’ri fe’l-atvoriga ega bo’lgan xon», deb aytmagan edi.
Bo’ri haqidagi tasavvur Ashin urug’ining hamma tomoniga kirib borgan.
2.Umumiy hududda rivojlanadi:
Masalan:
Turkiylar qanchalik katta hududni egallagan bulsalar, ular yaratgan yodnomalar shunchalik katta hududga yoyilgan. Bu yodnomalar O’rxun daryosi bo’ylaridan Dunaygacha, Yokutistondan G obigacha, xatto Sharkiy Ovrupoga ham tarqalgan.
Yodnomalar qadimgi turkiy qabilalar birlashmasining madaniy- siyosiy markazlariga va iqlim belgilariga qarab guruhlanadi. Ular quyidagicha:
1. Shimoliy Mo’g’uliston yodnomalari. Bu guruhga yirik yodnomalar— Bilga xokon, Kul tigin, Tunyuquq, Ungin, Kuli chur, Selenga, Qorabalsagun, Suji yodnomalari, shuningdek, Xayto Tamirdan topilgan o’nta yodnoma, Ixa- Asxetedan topilgan ikkita yodnoma, Xangay va Gobidan topilgan mayda yodnomalar kiradi. Turkshunoslikda bu guruh O’rxun yodnomalari deb yuritiladi.
2. Enasoy yodnomalari. Bunga toshga, qoyaga, oltin va kumush idishlarga, tangalarga yozilgan yetmishdan ortiq yodnomalar kiradi.
3. Lena — Baykalbo’yi yodnomalariga qirqqa yaqin, o’qilishi qiyin bo’lgan qisqa matnlar kiradi.
4. Oltoy yodnomalari unchalik ko’p emas, bitta qoyaga yozilgan yodnoma va qabrdan topilgan bir necha kumush idishlardagi yozuvlar, xolos.
5. Sharkiy Turkiston yodnomalari Turfondan topilgan va toshga bitilgan, Dunxuan va Mirandan topilgan qogozdagi yozuvlardir.
6. O’rta Osiyo guruhi yodnomalari — Yettisuv va Fargona guruhlaridan tashkil topgan. Yettisuv guruhiga Talasdan topilgan yodnomalar (tangalar, o’y ro’zg’or buyumlari, yog’ochlarga bitilgan yozuvlar), Farg’ona guruhiga keramika va metallga bitilgan yozuvlar mansub.
7. Sharqiy Ovrupo yodnomalari — Donetsk va Dunay guruhlariga bo’linadi. Birinchi guruhga Novocherkasskdan topilgan ikkita, Mayats shahridan va Sariko’ldan topilgan bitta g’ishtdagi yozuv mansub. Ikkinchi guruhga Nad-Sen-Mikloshdan topilgan kumush idishdagi yozuv va metallarga bitilgan yodgorliklar kiradi.
Yuqorida tilga olingan yodnomalar turli joylarga tasodifan kelib qolgan emas, balki qadimgi turk xoqonligi davrida shu joylarda turkiy qabilalar yashagan — ularning vatani bo’lgan.
Bitigtoshlar avvalo turkiylar tarixi uchun asosiy manba, ham yozma adabiyotning ilk namunasidir. Shu bilan birga, u etnografiyaga oid qiziq ma’lumotlar beradi. Topilgan ashyolar qadimgi turkiylarning urf-odatlari turmush tarziga oid dalillarni birmuncha to’ldiradi (Raxmon, Nasimxon. Turk xokonligi. T.: 1993 y).
Z.Umumiy madaniyat va an’analarga ega.Masalan:Turkiylarning O’tukanni muborak (iduk) hisoblashlari va «Otalaridan qolgan» yurtlariga sodiq bo’lishlari vatan shuuri va muhabbatining eng yuksak o’rnagidir. Eski turk diniga (shomoniylikka) binoan «Turk Tangrisi» turk millatining homiysi bo’lganidek, turk yurtlari, xususan, tog’lari, buloqdari, suvlari, ota-bobolarining mozorlari va xotiralari ham muqaddas ruxlarning maqoni hisoblanib, mamlakatning qo’riqchisi hisoblanardi.
Chunonchi, bitiklarda: «Tangri, Umay ia muborak Yer-suv biz uchun dushmanni g’aflatda qoldirdi», degan ifodalar uchraydi. Kun xukmdori Metening: «Tuproq millatning ildizidir, uni qanday berayin», deyishi ham vatan shuurining turklarda qadimdan shakllanib, ardoqlanib kelayotganidan dalolat beradi.
Yüklə 45,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə