Etnologiya uzb



Yüklə 0,82 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/47
tarix26.08.2018
ölçüsü0,82 Mb.
#64821
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47

 
110 
 
belgilari bilan ajralib turadilar. Katta negroid irqi ichida uzun bwyli (180 sm.ga yaqin) va nihoyatda 
qora  rangli  nilotlar  tipi  Nil  daryosi  yuqori  oqimlarida  va  Buyuk  kwllar  atrofida  uchraydi.  Kongo 
vohasining  tropik  wrmonlaridagi  pakana  bwyli  (wrtacha  141-142  sm.)  biroz  qoramtirroq  tanli, 
sersoqolli,  puchuq  burunli,  labi  kichikroq  pigmeylar  ham  boshqalardan  farq  qiladi.  Jismoniy 
tuzilishi jihatidan Afrikaning eng janubiy qismida yashayotgan bushmenlar va giottentotlar maxsus 
antropologik tipni tashkil qiladilar. Ular asli negroid belgilaridan tashqari ba`zi mongoloid belgilari 
(yaproq  yuzli,  sarg`ich  tanli)  va  steatopigiya  (sag`riga  nisbatan  kwproq  yog`  twplanib  osilganroq) 
kwrinishi,  badan  va  yuzga  erta  ajin  tushishi  bilan  boshqa  irqlardan  ajralib  turadilar.  Madagaskar 
aholisi ham negroid va mongologid irqlari aralashmasidan paydo bwlgan maxsus tiplardan iborat. 
Afrika qit`asi til klassifikatsiyasi- jihatdan kam wrganilganligi tufayli hozir bir necha tizim 
va  klassifikatsiyalar  mavjud.  Swnggi  tadqiqotlarga  binoan  eng  kang  tarqalgan  klassifikatsiya 
asosida afrika tillari twrtta katta til oilasi: semit-xamit yoki afroosiyo, niger-kordofa, nil-saxara va 
koysan  tillariga  bwlingan.  Wz  navbatida  ular  ham  katta-kichik  turkum  va  guruhlarga  bwlingan. 
Shulardan  eng  kwpsonli  semit-xamit  til  oilasiga  oid  xalqlar  semitlar,  barbarlar,  kushitlar,  chadlar 
qit`aning  3G`1  qismini  tashkil  qiladi  va  butun  Shimoliy  va  Shimoli-sharqiy  Afrikani  egallab 
olganlar. 
Mazkur  til  oilasiga  kirgan  arab  tilida  gapiradigan  aholi  (misrliklar,  jazoirliklar,  tunisliklar, 
liviyaliklar  va  hk.)  XII-XIII  asrlarda  Arabiston  yarim  orolidan  ommaviy  kwchib  kelib  mahalliy 
kwp sonli tub elat va xalqlar (qadimiy misrlik va barbarlar) bilan aralashib ketishi natijasida paydo 
bwlgan.  Ular  hozir  100  mln.  kishidan  ortiq  bwlib,  Afrika  aholisining  5G`1  qismini  tashkil  qiladi. 
Eng  qadimiy  tub  aholi  avlodlaridan  barbarlar  faqat  Mag`rib  tog`liklarida  va  Saxara  vohalarida 
saqlanib qolgan. Ammo ularning kwpchiligi (kabillar, tuarelar, rif va hk.) hozir asl tillarini ywqotib, 
arab tilida gapiradilar. 
Semit guruhiga kirgan eng yirik xalqlardan amxara, tigrai va tigre hozirgi Efopiya millatining 
negizini  hosil  qiladi.  Xamit-semit  til  oilasiga  oid  kushid  turkumiga  amxara  xalqiga  yaqin  galla, 
Efiopiya  janubida  yashovchi  sidamo  va  somali  xalqlari  va  ularga  yaqin  xausa,  bade,  bura  va 
boshqalar qit`aning ancha hududini egallaydi. 
Nil-saxara til oilasi uchta yirik guruh – songai, saxara va sharinilga bwlinadi. Mazkur oilaga 
uchta  wziga  xos  tilga  ega  kichik  elatlar  –  maba,  fur  va  koma  kiradi.  Songai  turkumidagi  xalqlar 
Niger  daryosining  wrta  oqimidagi  davlatlar  –  Mali,  Niger,  Yuqori  Volta  va  Nigeriyada,  Saxara 
turkumiga oid xalqlar Chad kwli atrofida va Markaziy saxaraning chwl qismida qisman Nigeriyada 
yashaydilar. Shari-nil turkumidagi xalqlar Yuqori Nil vohalarida, Viktoriya va Rudolf kwllari atrofi 
(Sudan Respublikasi, Uganda, Keniya)da joylashgan. 
Afrikaning  janubi-g`arbiy  qismida  asosan,  Namibiya,  Votsvana  va  Angolada,  wziga  xos 
koysan  til  oilasiga  oid  xalqlar  –  bushmenlar,  guttentotlar  va  tog`lik  damaralar  yashaydi.  Ular 
wtmishda Janubiy Afrikaning juda keng hududini egallagan, ammo XVIII-XIX asrlarda kwpchilik 
qismini  evropaliklar  qirib  tashlagan,  qolganlari  Kalaxari  chwllariga  haydalgan.  Koysan  tillariga 
Sharqiy Afrika (Tanzaniya)dagi sandave va xatsa nomli elatlar ham kiradi. 
Madagaskar  orolidagi  malgashlar  tili,  antropologik  tuzilishi  va  madaniyati  bilan  qit`a 
aholisidan  ancha  ajralib  turadilar.  Ular  avstroneziya  til  oilasiga  oid,  antropologik  jihatdan  esa 
janubiy mongoloidlarga yaqin. Afrika qit`asida yashovchi hind-evropa til oilasida mansub 11 mln.li 
evropaliklar  butun  aholining  2  foizini  tashkil  qiladilar.  Eski  golland  tili  bilan  mahalliy  bantu  va 
guttentot  tillari  chatishmasidan  maxsus  afrikans  tili  paydo  bwlgan  va  elatlararo  munosabatlarda 
vosita rolini bajargan. 
Ayrim  mamlakatlarda,  chunonchi  Janubiy  Afrika  Respublikasida,  Keniya,  Tanzaniya  va 
ayniqsa,  Mavrikiya  orolida  swnggi  yillarda  kwchib  kelgan  osiyoliklar  ham  wrnashib  qolgan  va 
hozirgi etnik jarayonga tortilgan. 
Etnik  qiyofasi-  Hozirgi  Afrika  xalqlarining  etnogenezi  uning  tarixini  bilmaguncha  twg`ri 
tasavvur  qilish  mumkin  emas.  Ayrim  afrikashunoslar  qit`aning  mustahkam  tarixiy  taraqqiyotini 


 
111 
 
inkor  qiladilar,  mahalliy  aholi  mustamlaka  davrigacha  ijtimoiy  taraqqiyotga  noqobil  bwlgan  deb 
aytadilar.  Ba`zilar  Afrika  tarixini  faqat  tashqaridan  kelgan  bir  qancha  twlqindan  iborat  madaniyat 
hisoblab, shuning uchun mahalliy xalqlar umuman turg`unlikka hukm qilingan, deb ta`riflaydilar. 
Ammo  ularning  aksi  wlaroq,  Stenford  universiteti  olimlari  tomonidan  aniqlangan  odam 
gnomi  afrikalik  ekanligi  va  umuman  bashariyat  qora  qit`adan  er  yuziga  tarqalganligi  bu 
munosabatlarni keskin, qarama-qarshi qutbga wzgartirib yubordi. 
Qolavesa, swnggi  yillarda qilingan arxeologik kashfiyotlar Afrika tarixining uzoq wtmishiga 
oid  katta  bir  davrni  oydinlashtirib  berdi.  Avvaliga  Janubiy  va  Sharqiy  Afrikada  avstralopiteklar 
yashaganligi aniqlanib, qit`a qadimiy odamning vatani ekanligi tasdiqlandi. Ilk paleolit davriga oid 
ibtidoiy makonlar  Luis Liki va keyinchalik uning wg`li tomonidan Tanzaniyada Olduvay jarligida 
topilganligi.  Efopiyada  Chad  va  Rudolf  kwllari  atrofida,  Janubiy  Afrikada  60-yillardan  keyin 
qilingan  kashfiyotlar  Afrika  qit`asida  eramizdan  avvalgi  X  ming  yilliklardan  boshlab  yuksak 
adaniyat yaratilganligini isbotlab berdi. Olduvay, Stellenbosh va boshqa madaniyatlar antropologik 
ma`lumotlar bilan birga, qit`aning sharqiy va janubiy qismida qadimiy tosh davrida keng hududda 
ancha takomillashgan tosh qurollar  yaratgan va qoyalarga har xil rasmlar  yasagan kwp sonli aholi 
yashaganligini aniq tasdiqlagan edi. 
Neolit  davriga  kelib  (taxminan  eramizdan  avvalgi  V-I  ming  yilliklar)  Shimoliy  va  Markaziy 
Misrda,  Sudanda,  Saxara  markazida,  Sharqiy  Afrikaning  ba`zi  hududlarida,  senegal  va  Kongo 
vohalarida,  hozirgi  Nigeriya  hududida  yangi  xwjalik  faoliyati,  ya`ni  dehqonchilik  va  chorvachilik 
shakllanib wrtoq holatga kwchish rwy beradi. Mezolit va neolit davrida  hozirgi tillar ham  asosan, 
shakllanib tugagan. 
Misrliklar qwshni elatlar twg`risida muhim ma`lumotlar qoldirgan. Yozma manbalar Nilning 
g`arbiy qismida oq tanli liviya qabilalari, wrta oqimida kush (keyin Nubiya) mamlakatida jigarrang 
tanli  kushitlar,  yuqori  qismida  qora  tanli  nilotlar  va  janubroqdagi  Punt  mamlakatidagi  negroidlar 
haqida xabar berib, Afrikaning irqiy tuzilishi qadimdan turli ekanligini isbotlaydi. 
Afrika  qit`asida  miloddan  avvalgi  III-II  ming  yilliklarda  muhim  geologik  wzgarishlar  rwy 
bergan. Wsha davrda Saxarada qurg`oqchilik paydo bwlib, ulkan hududdan butun elat va xalqlarni 
kwchishga  majbur  qilgan.  Oqibatda  Saxaradan  janubda  Shimoliy  Afrika  mamlakatlaridan, 
chunonchi,  Misrdan  farq  qiladigan  yangi  bir  wziga  xos  madaniyat  shakllana  bolaydi.  Nigeriya  va 
Benue  daryosining  shimolida  paydo  bwlgan  nok  madaniyati  vakillari  (miloddan  avvalgi  IX 
milodning  II  asrlari)  temir  va  boshqa  metallarni  ishlab  chiqarishni  bilgan  va  dastlabki  temir 
qurollarini yasaganlar. 
Temir  eritish  va  undan  foydalanish  Afrika  xalqlarining  ijtimoiy  taraqqiyotida  muhim  ro 
wynagan  edi.  Daryo  vodiylaridagi  aholi  bilan  savanna  qabilalari  orasidagi  savdo-sotiqning 
kwpayishi,  katta  savdo  ywllarida  va  charrahalarida  shaharlarning  va  savdo  markazlarning  paydo 
bwlishi, shu asosda ijtimoiy mehnat taqsimotining yuzaga kelishi va Saxaraning janubidagi boshqa 
davlatlarning shakllanishiga sezilarli ta`sir wtkazgan edi. 
Milodning  VIII-IX  asrlariga  kelib,  tropik  Afrikada  sinfiy  tuzum  munosabatlariga  asoslangan 
bir  necha  yirik  davlatlar  shakllanib  XVI  asrlargacha  rivojlanib  kelgan.  Shulardan  arab  sayyohlari, 
mahalliy  solnomalar,  ilk  portugal  tadqiqotchilari  va  juda  kwp  og`zaki  rivoyatlarda  tilga  olingan 
yirik  davlat  birikmalari  Gana,  Mali,  Songay,  Dagomeya,  Xausan  shahar-davlatlari,  G`arbiy  va 
Markaziy Sudandagi Kanem – Bornu, Benin, Gvineya sohilidagi Yuqori davlati, qadimgi Kongo va 
Efiopiya  davlatlari,  Sharqiy  Afrika  qirg`og`idagi  shahar-davlatlar,  afsonaviy  Mvena  Mutapa 
(Monopotama) podsholigi va Zimbabve davlatlarini sanash mumkin. Ular ancha rivojlangan ishlab 
chiqarish  kushlariga  ega  bwlgan  ijtimoiy  mulk  va  yuksak  madaniyat  yaratganlar.  Muayyan 
davrlargacha  Afrika davlatlarining  eng taraqqiy  qilgan qismlari jahon tarixi bilan qodambaqadam, 
teng rivojlanib ijtimoiy taraqqiyotga munosib hissani qwshib kelganlar. Hattoki, qit`a mustamlaka 
qilinganidan keyin ham bu erda XVIII-XIX asrlarda bir necha feodal davlatlar (Fulbe va Tukulyara 


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə