Eshitish analizatorinineg anatomik va fiziologik tuzilishi,patologiyadagi ko‘rinishlari Reja


Muhit va unda eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning



Yüklə 96,16 Kb.
səhifə4/5
tarix23.12.2023
ölçüsü96,16 Kb.
#155313
1   2   3   4   5
1-маруза матн

Muhit va unda eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarning rivojlanishi. Shaxsiy qobiliyatlar jamoa ichida yuzaga chiqadi. U jamoatchiligi, mehnatsevarligi, atrof-muhit va insonlarga, o‘z-o‘ziga munosabatida aniqlanadi. Pedagogikada “muhit”, “muhit ta’siri” tushunchalari keng ma’noda qo‘llaniladi. Muhitlar biologik, geografik, maishiy, ekologik, madaniy, ijtimoiy bo‘ladi. Shaxsning rivojlanishida ijtimoiy muhit asosiy rol o‘ynaydi. Eshitish nuqsoniga ega bo‘lgan bolalar turli muhitni boshdan kechiradi. U atrof-olamdagi alohida ob’ekt va boshqa bilimlarni to‘plashga harakat qilib, dunyoqarashini kengaytiradi. Eshitishining buzilishi va nutqning yo‘qligi bola rivojlanishiga chuqur ta’sir etib, o‘ziga xos ijtimoiy muhitga kirib boradi. Bu muhitda kar yoki zaif eshituvchi bola o‘ziga xos ta’sirga egaki, uning nutqi muloqot vositasi va tafakkur quroli sifatida shakllanmaydi. Bu o‘ziga xoslikni hisobga olgan holda bolalar ta’lim-tarbiyasi buziladi. A.I.Dyachkovning ko‘rsatishicha, eshitishi buzilgan bolaning rivojlanishiga muhitning ta’sirini aniqlashda bolaga atrofdagi ijtimoiy muhit muloqot vositasimi yoki ular zarur miqdorda yaratilganmi ekanligini bilish muhimdir. Bolaning rivojlanish jarayoniga ijtimoiy muhit turlicha ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun unga ijtimoiy muhitda o‘zaro to‘g‘ri munosabat o‘rnatishga sharoit yaratiladi.
Ijtimoiy omillar insonga har tomonlama ta’sir etadi (uzoq muddatli, qisqa muddatli, ob’ektiv, sub’ektiv, bir maqsadli, tartibsiz, ijobiy yoki salbiy). Bir xil jamoa sharoitida ba’zi bolalar katta o‘lchamda, ba’zilari kichik o‘lchamda foydalanishi mumkin. Bu esa shaxsning faolligi, intiluvchanligi, tirishqoqligidan kelib chiqadi.
Surdopedagoglar bunday bolalarga tarbiya ob’ekti emas, balki sub’ekt, ya’ni faol ta’sir etuvchi, atrof-muhit ta’siri sifatida qarashi kerak.
Pedagog-tarbiyachilar yana shunga e’tibor berishlari lozimki, umuman eshitmaydigan kar bolalar kam uchraydi. Kar deb hisoblangan bolalarning aksariyatida biroz bo‘lsa ham eshita olish qobiliyati bo‘ladi.
Muntazam ravishda lor shifokor nazorati o‘tkazilib turilganda, quloq kasalliklarning davolash tugallanmagan holatlarini ham uchratib qolish va shoshilinch ravishda davolashni davom ettirish mumkin. Oxirgi paytlarda eshitish qobiliyatini yo‘qotgan bolalar uchun ovozni kuchaytirib beruvchi juda qulay va shinam tranzistor apparatlar ishlab chiqarilib, ular quloqning ovoz eshitish kanaliga o‘rnatib qo‘yiladi. Mitti batareykali individual eshitish apparatlari, transiztorlar 4, 3, 2 guruhga kiruvchi bolalar uchun ayni muddaodir. Individual eshitish apparatlari bilan ta’minlangan bolalarni pedagogik-tarbiya jarayonlaridagi o‘ziga xos xususiyatlaridan biri-ular talaffuzidagi iboralarning noaniqligi, jarangli bo‘lmasligi, ifodadagi harflarning cho‘zilib ketishidir. Shu sababli pedagoglar har bir bola bilan individual ravishda nutqning to‘g‘ri ifodali bo‘lishi to‘g‘ri talaffuzi yuzasidan olib borishi zarur.


Yüklə 96,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə