K. E. Siolkovskiy reaktiv uchishlar nazariyasini va raketalarni hisoblash ishlarini ishlab chiqdi. Uchuvchi apparatlar paydo bo'lishi bilan shar uchun uchish-qo'nish sharoitlarini yaratish, ya'ni zaruriy uskunalar bila



Yüklə 0,75 Mb.
səhifə1/9
tarix25.09.2023
ölçüsü0,75 Mb.
#123809
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
AERODROM HISOBOT22


“ Avtomobil yo`llari muhandisligi fakulteti”


“ Avtomobil yo`llarini qidiruv va loyihalash” kafedrasi
“Aerodromlarni loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish” fanidan

KURS ISHI



Bajardi: YMAL-1 guruh talabasi Mirsaidov Muslimbek
Tekshirdi:
Qabul qildi:

Toshkent-2023


KIRISH
Havo yo'llarida muntazam va xavfsiz tashishlarning asosiy va hal qiluvchi shartlaridan biri aeroportlar va rivojlangan havo trassalari tarmog'ining mavjudligi bo'lib, ular havo kemalari xavfsiz uchishi, harakatning zaruriy jadalligini ta'minlab berishga xizmat qiladi. Aviatsiya XX asrda rivojlana boshladi, lekin samolyotni (bug' dvigateli bilan) yaratishga 1885-yili dengiz zobiti A. F. Majayskiy tomonidan birinchi marta urinib ko'rilgan edi. Aerodinamika fanini rivojlantirish va uchuvchi apparatlar yasash ishiga rus olimlari D.I. Mendeleyev, I. E. Lukovskiy, S. A. Chapligin, V. P. Vetchinkin, B. N. Yuryev, A. N. Tupolyev va boshqalar katta hissa qo’shgan.
K.E. Siolkovskiy reaktiv uchishlar nazariyasini va raketalarni hisoblash ishlarini ishlab chiqdi. Uchuvchi apparatlar paydo bo'lishi bilan shar uchun uchish-qo'nish sharoitlarini yaratish, ya'ni zaruriy uskunalar bilan jihozlangan maydonchalar tayyorlash muammosi yuzaga keldi. Keyinchalik maxsus yer maydonlari aerodromlar qurish zarurati yuzaga kelgan. Fuqaro aviatsiyasi aerodromlari 3 toifaga bo’linadi. Birinchi toifa aerodromlari havo aloqalarining bosh bo'g'ini sifatida yirik shaharlar atrofiga joylashtirilgan. Ular angarlar, yonilg'i va moylash materiallari ombori, ta'mirlash ustaxonalari, aloqa vositalari, yorug'lik ogohlantiruvchi asboblari va boshqa maxsus uskunalarga ega bo'lgan. Ikkinchi toifaga oraliq qo'nish punkti vazifasini bajaruvchi aerodromlar kirgan. Ularda angarlar. samolyot va motorlarni ta'mirlash hamda yonilg'i-moylash materiallarini saqlash binolari bo'lmagan. Uchinchi toifali aerodromlar oddiy maydonchalar bo'lib. samolyotlarning uchishi va qo'nishini ta'minlagan va majburiy qo'nishlar uchun mo'ljallangan. Sobiq ittifoqda eng birinchi havo yo'li 1923-yili Moskva – Nijniy Novgorod shaharlari o'rtasida ochilgan, uzunligi 420 km bo'lgan. shundan keyin Xarkov - Odessa. Nijniy Novgorod - Kazan. Tbilisi Boku, Toshkent - Olmaota, Buxoro - Dushanbe, Moskva - Xarkov kabi yo'nalishlardagi havo yo'l1arida uchishlar boshlangan. Birinchi xalqaro havo yo'lini 1922-yili «Moskva - Kaunas - Kaliningrad» yo'nalishida ochishgan.

Yüklə 0,75 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə