Eshitish analizatorinineg anatomik va fiziologik tuzilishi,patologiyadagi ko‘rinishlari Reja



Yüklə 96,16 Kb.
səhifə2/5
tarix23.12.2023
ölçüsü96,16 Kb.
#155313
1   2   3   4   5
1-маруза матн

Kar bolalar.
Ularni ikki guruhga bo‘linadi:
a. nutqi yo‘q karlar (kar soqovlar)
b. nutqi saqlangan karlar (ya’ni karlik keyinchalik, nutqi rivojlangandan keyin yuzaga kelgan).
Kar-soqov bolalar.
Soqovlik – tug‘ma karlik yoki bolani erta rivojlanish davrida yuzaga kelgan karlik tufayli yuzaga keladi. Nutq apparatining periferik qismida yoki markaziy qismida hech qanday organik o‘zgarishlar bo‘lmaydi. Bola eshitmagani uchun so‘zlarni taqqoslab eshita olmaydi; eshitmagani uchun bor nutqi ham yo‘qolib boradi. Karlikni tug‘ma shaklsi kam uchraydi. Orttirilgan karlikni sabablaridan birinchi o‘rinda yuqumli serebrospinal meningit asosiy o‘rinni egallaydi. Kar-soqov bolalar o‘qiydigan maktabdagi tekshirishlar shuni ko‘rsatdiki 1600 bolalar ichida 72% meningitdan kar bo‘lib qolganligi aniqlangan.
Nutqini saqlab qolgan kar bolalar. Maktab yoshida yoki bog‘cha yoshida kar bo‘lib qolgan bolalar nutqini ustida maxsus ish olib borilsa bolaning nutqini saqlab kolish mumkin, agar bunday ishlar olib borilmasa bola bor nuto‘ini ham yo‘qotadi. Karlarda eshitish qobiliyati butunlay yo‘qolmaydi, ko‘pchiligida ozgina bo‘lsa ham saqlanadi. Kuchli tovushni ajratishadi, ayrimlari kulog‘ini oldida gapirganni qabul qilishadi. Orttirilgan karlikda eshitish qobiliyati qisman saqlanib qolgan bolalarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin.
I – eng past chastatalarni qabul qiluvchi bolalar (128-256 Gs).
II – past chastatalarni qabul qiluvchilar (512 Gs- gacha)
III – past va o‘rta chastatalarni qabul qiluvchilar (1024 Gs-gacha)
IV- keng diapazondagi chastatalarni qabul qiluvchilar (2048 Gs-va undan yuqori).
I- guruhdagi kar bolalrni ayrimlari quloq oldida chiqarilgan kuchli tovushga reaksiya beradi, hech qaysi undoshli tovushlarni, so‘zlarni ajrata olmaydi.
II- guruhdagi kar bolalar quloq oldidagi kuchli tovushga (masalan, kuchli baqiriq) javob reaksiyasini beradi, ayrimlari (a, u) harflarni ajratadi, lekin so‘z va jumlalarni ajrata olmaydi.
III- guruhdagi kar bolalar to‘g‘ri ovoz bilan gapirganda reaksiya beradi, 3-4 harflarni ajratadi, ayrim tanish so‘zlar va jumlalarni ajratishadi.
IV- guruhdagi kar bolalar – 2 m masofadagi gapni eshitishadi hamda tanish bo‘lgan jumla va so‘zlarni ajratishadi.
Keyinchalik kar bÿlib qolgan bolalar. Keyinchalik kar bo‘lib qolgan bolalar, yani maktab yoshigacha yoki maktab yoshida kar bo‘lib kolganlar. Ular kar bo‘lishidan oldin orttirgan nutqini qisman bo‘lsa ham saqlab kolishadi. Nutqni saqlanib qolish darajasi bir qator sabablarga bog‘liq bo‘ladi:
a) bolani o‘sib va rivojlanyotgan muhitga
b) nutqni o‘stirish uchun ishlar olib borishligi yoki olib bormasligi;
v) eshitishni qisman bo‘lsa ham saqlanganligi yoki butunlay yo‘qligi;
g) eshitishni saqlangan qismini ishlata bilishligi va x.k.
Agar nutqini rivojlantirish ustida ish olib borilmasa, 4-5 yoshida eshitish qobiliyatini yo‘qotgan bolalar maktab yoshiga yetganda gapirmaydilar. 2-3 yoshda eshitish qobiliyati buzilgan bolalar bilan nutqni rivojlantirish maqsadida maxsus ish olib borilsa, ularning nutqi yo‘qolmasdan aksincha rivojlanadi. «Keyinchalik kar» bo‘lib qolgan bolalar degan ibora ishlatilganda, karlikni necha yoshda paydo bo‘lganligi emas, balki asosan karlikda nutq saqlanganligi nazarda tutiladi.
Sabablari: yuqumli kasalliklar ichida epidemik ensefalit asosiy sabablardan hisoblanadi.
Insonga biologik omillar nasliy ta’sir etadi. Bolaga ota-onasidan terisining rangi, sochi, ko‘zi va boshqa tana qismlari bilan birga moddalar almashinuvi, nerv sistemasi ham o‘tadi. Hatto nasliy kasalliklardan gemofiliya, shizofreniya, ba’zi endokron sistemasining buzilishi va nuqsonlar(eshitish yo‘lining tug‘ma bekikligi – atreziya) ham o‘tishi mumkin. Surdopedagog bolaning eshitishining buzilishiga qanday nasliy sabablar ta’sir etganini bilishi zarur. Meditsina genetikasi shu narsani aniqladiki, karlik va zaif eshituvchanlikning nasliy shakli 30%-50%ni tashkil etadi (M.G.Blyumina,A.G.Moskovina, I.Tarasov). Ma’lum bo‘lishicha, nasliy karlik va zaif eshituvchilikning 80%i oilalarda retsessiv tipda ketadi, 19%i dominant tipda ajdodlardan yosh avlodlarga, birgina ota-onadan bolalariga o‘tadi,1%i aralash tipda bo‘ladi. Genetik neyrosensor karlik va zaif eshituvchilik quyidagi genetik nuqsonlardan paydo bo‘ladi: ichki quloq (asosan spiral organda) tuzilishining normada shakllanishga bog‘liq.
Ichki quloqning gidrodinamik buzilishi juda katta rol’ o‘ynaydi. Lekin tabiiy odatlar miya tuzilishi, nutq harakati organlari, sezgi organlarini boshqarishga, bu faoliyatlarning rivojlanishi insonning ta’lim va tarbiyasiga bog‘liq bo‘ladi.
Inson rivojlanishida biologik omillar turlicha ta’sir etadi. Embrionlik davrda, homilaning rivojlanishida va tug‘ilgandan keyin fiziologlarning aytishicha, eshitishning buzilishiga ichki rivojlanishning bir qancha sabablari ta’sir etadi. Onaning yuqumli kasalliklar qizilcha,gripp, skarlatina, qizamiq, antibiotiklar, alkagol ta’sirida zaharlanishi, ona va homilani qon rezus faktori to‘g‘ri kelmasligi, gemolitik kasallik bilan tug‘ilishi sabab bo‘ladi. Tug‘ilish jarayonidagi travmalar eshitishga ta’sir etishi mumkin. Tug‘ilgandan keyin bola rivojlanishida yuqumli kasalliklar bilan kasallanishi ham eshitishning buzilishiga olib keladi. Eng katta xavf tug‘diradigan kasalliklar: ensefolit, meningit, qizamiq, skarlatina, gripp, burun va burun-quloq yo‘llari kasalligi, quloqning o‘tkir otiti va boshqalardir. D.I.Tarasov ma’lumotiga ko‘ra, eshitishning pasayishiga yana bir sabab, e’tiborsizlik natijasida quloq yo‘liga yot jismlarning tushib qolishidir.
Biologik nuqson asosida eshitish analizatorining hayot faoliyati buziladi.Tovushni qabul qilmaslik, miya po‘stlog‘iga axborotni o‘tkazmaydi va atrof-olamdagi voqea-hodisalarni salbiy fikrda qabul qiladi. Soqovlik ikkinchi biologik nuqson bo‘lib, birinchi nuqsondan kelib chiqadi va bola ijtimoiy muhit bilan normadagi muloqot tizimini o‘rnata olmaydi.
Tadqiqotchi olimlar: R.M.Boskis, I.M.Solovev, T.V.Rozanova, L.I.Tigranova, J.I.Shiflarning isbotlashlaricha, nutqning rivojlanmasligi qator salbiy omillarni: atrofni idroklash, ko‘rgazmali va so‘zli materialni eslab qolish, tafakkur operatsiyalarining rivojlanishiga halaqit beradi.
Bunday bolalarga ta’lim tizimini ilmiy asosda tuzib, imkoniyat yaratish kerak.
Maxsus maktablarda odatda eshitish qobiliyatini buzilishi bilan birga nutqi ham rivojlanmagan bolalar yuboriladi. Bolani eshitishi qisman saqlanib nutqi rivojlanmagan bo‘lsa keltirilgan tasnifga qarab ommaviy maktabga yuborib bo‘lmaydi. Aksincha eshitishni pasayishi og‘ir darajada, bolaga sharoit tug‘dirish tufayli, nutqi yaxshi rivojlangan bo‘lsa, uni ommaviy maktabda o‘qitish kerak. Agar eshitishni pasayganligi vaqtida aniqlanmasa, atrofdagilar beparvo bo‘lsalar, ya’ni nutqni o‘stirish ustida faol ish olib borilmasa, yoki oilada sharoit bo‘lmasa (masalan, kar-soqovlar oilasi), eshitish qobiliyati qisman nutqi rivojlanmay qoladi. Shunday qilib maxsus zaif eshituvchi bolalar maktabida bolalarni saralashda eshitishni pasayish darajasi emas, balki nutqdagi yetishmovchiliklar nazarda tutiladi.
Nutq diapazonidagi eshitishni pasayishiga qarab zaif eshituvchilar quyidagi darajalarga bo‘linadi (L.V.Neyman)

Zaif eshitishni (qulog‘i og‘irlikni) darajasi

Nutq diapazondagi eshitishni yo‘qolishi

I –engil

Nutq diapozondagi eshitishni yo‘qolishi 50 (db) dan oshmaydi.

II – o‘rta

Nutq diapozondagi eshitishni yo‘qolishi 50 dan to 70 db – gacha.

III - og‘ir

Nutq diapozondagi eshitishni yo‘qolishi 70 – dan oshadi (o‘rtacha 75 – 80 db)

Eshitishni yo‘qolishi 50 dbdan oshmasa, oddiy balandlikdagi ovoz bilan gapirgan so‘zlar 1 m. masofada aniq eshitiladi; ya’ni bola bilan gaplashish mumkin.
Eshitishni yuqolishi 50 dan – 70db gacha bo‘lganda, to‘g‘ri ovoz bilan gapirgan so‘zlar 1 metrga yetmagan masofada eshitiladi, ya’ni gaplashish qiyinlashadi

Yüklə 96,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə