Eshitish analizatorinineg anatomik va fiziologik tuzilishi,patologiyadagi ko‘rinishlari Reja



Yüklə 96,16 Kb.
səhifə3/5
tarix23.12.2023
ölçüsü96,16 Kb.
#155313
1   2   3   4   5
1-маруза матн

Zaif eshituvchanlik etiologiyasi va klinikasi. Zaif eshituvchanlik qandaydir darajada bolaning tashqi muhit bilan aloqaga kirishishining amalga oshirilishiga to‘sqinlik qiluvchi, eshituv idrokining malum bir foizi turg‘un pasayganligi bilan xarakterlanadi.
Zaif eshituvchanlikning sabablari ko‘p, ko‘pincha o‘rta quloqning zararlanishi turli xil infeksion kasalliklar yoki tug‘ma eshituv funksiyasining to‘liq shikastlanmasligi oqibatida kelib chiqishi mumkin. Zaif eshituvchanlikni keltirib chiqaruvchi bir qator kasalliklar mavjud. Ulardan biri nerv sistemasining meningo-ensefalitidir. Burun yoki tomoq orqali kelib chiqadigan kasalliklarning zaif eshituvchanlik, umuman eshitishning buzilishiga hech qanday aloqasi yo‘q.
Zaif eshituvchanlik bolaning nafaqat nutqiga, balki psixikasiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Shuni ham aytib o‘tish joizki, ushbu ta’sir darajasi individual bo‘lib, bola nerv sistemasiga bog‘lik. Shu bilan birga intellektual ongning yuqoriligi va albatta tashqi dunyo sharoitiga bog‘liq.
Kuzatishlarning ko‘rsatishicha, erta bolalik davrida nutq rivojlanguncha zaif eshituvchi bo‘lib qolgan bolalarda nutq yaxshi shakllanmagan. Bu eng avvalo eshituv nazoratining pasayganligi bilan izohlanadi. Bunday bolalarning og‘zaki nutqida so‘zlarni noto‘g‘ri talaffuz qilish ayrim tovushlar boshqa tovushlarni bilan almashib ketishi kuzatiladi, undan tashqari jarangli undosh tovushlarni jarangsiz tovushga almashtirib talaffuz qilishlari mumkin. L.V.Neyman audiometrik tekshirishlar asosida zaif eshituvchilarni 4 guruhga bo‘ladilar;
1-guruhga baland ovozlarni va faqat tovushlarni eshituvchi bolalarni kiritgan.
2-guruhga baland ovozni va ayrim unli tovushlarni eshituvchi bolalarni kiritgan.
3-guruhga esa normal balandlikdagi ovozni eshitadigan, hatto ayrim tanish so‘zlarni ham ajrata oladigan bolalarni kiritgan.
4-guruhga nutqiy tovush balandlikdagi ovozlarni 2 metr oralig‘ida eshitib, tovush kuchaytirgich apparatlari yordamida o‘qituvchining tushuntirishlarini bemalol eshita oladigan bolalarni kiritgan.
Ushbu apparat yordamida o‘qituvchi muloqot qilish davomida saqlanib qolganlar eshituv qobiliyatidan faol foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Biroq ular uchun davolash muolajalarini olib borish zarurdir. Shu bilan birga, eshituv apparatlari yordamida eshituv sezgisini rivojlantirish ham maqsadga muvofiq.
Zaif eshituvchilar bilan olib boriladigan pedagogik ishlar, o‘zgacha nerv diagnostik asoslarda olib boriladi. Chunki og‘zaki nutqning ma’noli turini eshitishga imkon yaratadigan eshituv qobiliyatlari saqlangan. Undan tashqari boshka usullarga o‘tib ketmay, boshqalar bilan muloqotga kirishishga imkon beradigan yetarlicha to‘la bo‘lmagan bir qator holatlardan bo‘lsada, ko‘pchilik zaif eshituvchilar og‘zaki nutqqa ega bo‘ladilar. Shunday zaif eshituvchi bolalar uchun talim tarbiyaviy jarayonning o‘ziga xosligi ravishda rivojlanmay qolishi infeksiya ta’sirida o‘rta quloqning kasallanganligi, ba’zi hollarda esa markaziy asab sistemasining meningit-ensefalit bilan kasallanganligidan bo‘lishi mumkin.
Burun va tomoq kasalliklari ham eshitish qobiliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Zaif eshitish bolalar nutqiga salbiy ta’sir etib, ularning asab sitemasini ma’lum darajada buzishi mumkin. Yosh bolalarda eshitish qobiliyatining yo‘qolishi natijasida ular nutqining to‘la to‘kis bo‘lmasligi, ba’zi xarflarni to‘la to‘kis ifodalay olmaslik (sh, s, z, d, f kabi), so‘z, jumlalarning oxirgi xarflarini noto‘g‘ri talaffuz qilish holatlari uchraydi. Chunki bolalar bilan so‘zlashish paytida ular har bir so‘z yoki jumlani to‘la-to‘kis eshita omaganligi uchun o‘z xohishicha ovoz chiqarib qo‘yadi. Natijada asta-sekin agramatizm hollari yuzaga keladi. Eshitish qobiliyati pastiligi natijasida o‘nga qarata aytilayotgan jumlalarni oxirigacha nazorat qila olmaslikdan bola nutqida jarangdorlik bo‘lmaydi.
Eshitish qobiliyati past bo‘lgan bolalarning umumiy maktabda asta-sekin ilm olishga ishtiyoqi so‘na boradi. Tajribasi kam yoki malakasiz pedagoglar bunday bolalarni yalqov, dangasa, aqli zaif bolalar toifasiga kiritib qo‘yadilar, vaholanki, bunday bolalar o‘qitilayotgan dars mazmunini aniq eshita olmaydi, o‘qituvchidan qayta-qayta so‘rashga uyaladi, chunki sinfdoshlari uni “kar-soqov” deb kamsitishlaridan cho‘chiydi. Natijada bu o‘quvchidan pedagog biror savolga javob berishini so‘rasa, u o‘zini yo‘qotib qo‘yadi, javoblari esa tavakkal o‘tilgan darsga taa’luqli bo‘lmagan javob berish pedagog to‘satdan savol bersa, u sarosimaga ham tushib qolishi ham mumkin.
Karlarning o‘zaro muloqoti o‘ziga xos imo-ishora vositasida amalga oshiriladi. Albatta bunday imo-ishoralar juda sodda ko‘rinishga ega.
Asta-sekin imo-ishoralardan labning qimirlashiga qarab muloqat qilish mimikasi bo‘shashtiriladi. Bunda kar o‘ziga qarata aytilgan so‘zlarni eshita olmaydi, ammo gapirayotgan odamning lablariga razm solib turadi. Muntazam ravishda tajribali pedagog yordamida ushbu usulda shug‘ullana borishi yaxshi samara beradi.
Lab qimirlashidan o‘qib olish malakasi osonlikcha kechmaydi. Bu usulni hamma karlar barobar o‘zlashtira olmasliklari mumkin. Har xolda bu usul karlarning atrofdagilar bilan aloqada bo‘lish omili bo‘ladi.
Daktilogik – barmoqlar alifbosi deb ataladigan usulda kar bolalar o‘zaro muloqatda bo‘lishlari mumkin. Bunda so‘z ifodasidagi harflar barmoqning turli holatlari bilan belgilanadi. Kaftdagi barmoqlarni turli ko‘rinishda – bukkan, yarim bukkan, orasini ochgan yoki birlashtirgan holda va h.k. ma’lum bir so‘zni anglatish mumkin.

Yüklə 96,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə