Keyslar to‘plami



Yüklə 65,5 Kb.
səhifə1/2
tarix03.04.2023
ölçüsü65,5 Kb.
#104162
  1   2
Keyslar to‘plami




Keyslar to‘plami

  1. Musiqiy tizim” Keysi

Zamonaviy temperatsiyalangan musiqiy tizim odam qulog‘i eshita oladigan 88ta musiqiy tovushni o‘z ichiga qamrab olgan. Ular hammasi birgalikda royal yoki fortepiano klaviaturasida mujassamlangan.
Keys vazifasi. Ushbu mavzuga tegihli atama va tushunchalarni “Kategorial jalvalga” jolashtirib chiqing.
Balandlik Qattiqlik Asosiy pog‘ona Davomlilik Tebranish tezligi Oktava Diapazon Pog‘ona Hosila pog‘ona 12ta yarimtonlik Tovush Bo‘g‘inli nomlari Yarim ton Tembr Alteratsiya belgilari tovushqator engarmonizmi Oberton Gers Registr Ton



Kategorial jalval

Tovush

Tovushqator

Yonma-yon joylashgan klavishlar oralig‘i

Balandlik
Qattiqlik
Tembr
Davomlilik
Tebranish tezligi

Diapazon
Registr
Oktava
Pog‘ona
Asosiy pog‘ona
Hosila pog‘ona
12ta yarimtonlik

Ton
Yarim ton
Diatonik
Xromatik
Alteratsiya belgilari
tovushlar engarmonizmi



2. “Temperatsiyalangan soz tovushqatori” Keysi
XVI-XVII asr Yevropa musiqiy amaliyotida tovushlar balandligi tizimi, musiqaning ifodaviy vositalari, musiqiy asboblarning yanada rivojlanishi bilan olim va musiqachilar joriy musiqiy soz imkoniyatlari zamon talablariga javob bera olmay qolayotganligini o‘tkir his etib, Pifagor sozi va Tabiiy sozlarni takomilashtirishga uringanlar. Va nihoyat, XVIII asrga kelib “Temperatsiyalangan” deb nomlangan soz birinchi bo‘lib M.Mersenn tmonidan aniq hisoblanib chiqildi. Oktava 12 pog‘onali tekkislangan tovushqatorni qamrab oladigan bo‘ldi. Tovushqator orasi bir hil bo‘lgan asosiy va hosila pog‘onalardan tashkil topgan. Ushbu sozdan foydalanishda eng yorqin badiiy tajriba I.S.Baxning “Yaxshi Temperatsiyalangan Klavir” (I tom, 1722 yil) hisoblanadi.
Keys vazifasi. Temperatsiyalangan soz tovushqatoriga tegishli elementlarni Klaster ko‘rinishida joylashtirib, ko‘rsatib bering.


3. “Intervallar” Keysi


Interval – lot. – masofa, ikki tovush oralig‘idir. Interval uni tashkil etadigan pog‘onalar son miqdori va uning yangrashi sifatini bidiruvchi tonlar son miqdori bilan o‘lchanadi. Interval sifati sof, katta, kichik, ortirilgan, kamaytirilgan kabi so‘zlar yordamida ifodalanadi. Oddiy diatonik intervallarning umumiy soni 14 ta, ikkita uchtonlikni ham sanaganda, va plyus yana to‘rtta xarakterli interval. Ularning hammasini birorta xususiyat asosida to‘rttalab guruhga birlashtirilgan holda eslab qolish qulaydir.
Keys vazifasi. Har bir qatorda beshinchi ortiqcha intervalni aniqlab toping va uni o‘chirib yuboring, qolganlarini muayyan tartibga solib, eslab qolishga harakat qiling.


Yüklə 65,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə