«elektr stansiyalari,tarmoqlari va tizimlari»


Bunda yuqoridagi ifodani quydagicha yozish mumkin



Yüklə 216,15 Kb.
səhifə8/17
tarix03.06.2023
ölçüsü216,15 Kb.
#115249
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Abu rayxon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

Bunda yuqoridagi ifodani quydagicha yozish mumkin:


U2ruх=U1-R12(2) r12 +Q12(2)(x12 - xk)/ U2ruх (2.13)
Bu yerda xk-kondensatorning qarshiligi
Kondensatorlarni EULda ketma-ket ulash bo‟ylama kompensasiyalash deb yuritiladi. Bo‟ylama kompensasiyalovchi qurilma (BKQ) EULda induktiv qarshilik va kuchlanish isrofini kompensansiyalash imkonini beradi (2.4,a-rasm).
Bunday rostlashning vektor diagrammasi 2.4,b-rasmda tasvirlangan. Undan ko‟rinadiki,
U2= U1-3I12 (r12 +jx12) (2.14)
U2ruх=U1-3I12(r12 +jx12)- 3In(-jxk) (2.15)
Bu erda I12-EUL toki.
j3I12xk qiymatini manfiy kuchlanish yoki tarmoqqa kiritiluvchi qo‟shimcha e.yu.k sifatida qarash mumkin
U1, U2ruх, r12, x12, P12(2),Q12(2) ni bilgan holda (2.13) dan xk ni topish hamda lozim bo‟lgan ketma-ket va parallel ulanuvchi kondensatorlarning sonini tanlash mumkin. Bunda kondensatorlardan kuchlanishlar Uk va ulardagi toklar Ik tengdir:
Uk=3 12Xk, Ik= 12= S12/3Uk . (2.16)
Agar bitta kondensatorning nominal kuchlanish Uk.nom< Uk/3, bo‟lsa, u holda bir nechta kondensator o‟rnatiladi. Ketma-ket ulanuvchi kondensatorlar soni quydagi ifoda bo‟yicha topiladi:
N = Uk/3 Uk.nom (2.17)
Kondensatorning pasportida uning quvvati PK ko‟rsatiladi. Bu qiymatni bilgan holda nominal tokni aniqlash mumkin:
Ik.nom =PK/ Uk.nom; (2.18)
Agar Ik.nom < Ik bo‟lsa, m ta kondensator parallel o‟rnatiladi.
Bunda
m=In/Ik.nom . (2.19)
BKQ sig‟im qarshiligini EUL induktiv qarshiligiga nisbatining foizlardagi qiymati kompensasiyalash foizi deb ataladi:

C xk
x12
100 . (2.20)

Amalda EUL reaktiv qarshiligini qisman kompensasiyalash qo‟llaniladi (S<100%). Yuklamani bevosita ta‟minlaydigan taqsimlovchi tarmoqlarda to‟la yoki ortiqcha kompensasiyalash (S100) odatda qo‟llanilmaydi. Bu tarmoqda o‟ta kuchlanishni vujudga kelish mumkinligi bilan bog‟liq.
BKQni qo‟llash tarmoqda kuchlanish holatini yaхshilash imkonini beradi. Biroq, kuchlanishning ortishi BKQ orqali o‟tuvchi tok qiymati va fazasiga bog‟liqdir. Shu sababli BKQ yordamida rostlash imkoniyatlari cheklangan. BKQni o‟ta yuklangan radial EULlarda kuchlanish og‟ishini kamaytirish uchun qo‟llash eng samaralidir.
Ta‟minlovchi tarmoqlarda BKQlar foydalanishda murakkab va qimmatdir, qisqa tutashuv davrida ularni o‟takuchlanishdan himoyalash uchun maхsus tadbirlarni qo‟llash lozimdir. BKQ nafaqat kuchlanishni rostlash uchun, balki EULning o‟tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish uchun ham qo‟llaniladi.

УПК

а)
+ j


б)


2.4-rasm. Bo‟ylama kompensatsiya:
a – BKQni ulash sхemasi; b – vektor diagrammasi.

    1. Yüklə 216,15 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə