Dunyoqarashning mohiyati, tuzilishi va asosiy funksiyalari


Mavzu:Yangi davr sharq tasavvufi



Yüklə 252,3 Kb.
səhifə5/29
tarix30.12.2023
ölçüsü252,3 Kb.
#164164
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
30 talik mavzular

Mavzu:Yangi davr sharq tasavvufi
Ma’lumki, hamma zamonlarda ham falsafa o`z davrining dolzarb muammolarini xal etish yo`llarini topishga harakat qilgan. ХХ asrga kelib insoniyat fan va texnika taraqqiyoti soxasida o`lkan yutuqlarni qulga kiritdi. Lekin shu bilan birga, aynan ushbu asr ijtimoiy silsilalar, ikkita jahon urushi, ekologik inqiroz, og`ir yo`qotishlar davri ham bo`ldi. Bu esa falsafiy fikrning taraqqiyotida o`z aksini topdi, uning turli yo`nalish va oqimlari shug`ullangan muammolarning salmog`i, maqsad-muddaosini aniq belgiladi. Buning natijasi sifatida, hozirgi davr falsafasida nixoyatda xilma — xil oqim va yo`nalishlar mavjud. O`z navbatida bu ilm-fan va amaliyotning hamda XIX asrning ikkinchi yarmi va hozirgacha bo`lgan falsafa ilmi rivojining asosiy xususiyatlarini belgilaydi.Hozirgi zamon falsafasining eng asosiy tamoyillari umuminsoniylikning ustuvorligi, uning milliylik bilan uyg`unligi, demokratik erkinliklar, inson qadri, biror ta’limotni mutloqlashtirmaslikdir. Bag`rikenglik va tolerantlik hozirgi falsafiy ta’limotlar rang-barangligini ta’minlaydi.An’anaviy falsafada, turli G`oyaviy tizimlarga bo`linishiga qaramay, muxim muammolarni xal etishda ma’lum bir umumiylik mavjud edi. Hozirgi zamon falsafasida aksincha, falsafiy muammolarning ko`p xilligi va o`ziga xosligi, turli-tumanligi, ular asosida falsafiy oqimlarning mustaqil yo`nalish sifatida shakllanganligi yaqqol ko`zga tashlanadi.An’anaviy falsafada aql — inson mohiyatining belgilovchisi, deb talqin etilgan bo`lsa, endi ratsionalizmga qarshi insonning mavjudligi (ekzistensializm) muammolari, hamda uning noratsional mohiyati ilgari surila boshladi. Ya’ni ilgari ma’rifatparvarlik G`oyasi ustuvor bo`lsa, endilikda ko`proqinson huquqlariga e’tibor kuchayib ketdi. Falsafa guyoki, mavxumlikdan aniqlik tomon bordi, umumiy emas, aniq-ravshan masalalarni xal qilish boshlandi.An’anaviy falsafada hodisalar mexanika qonunlari asosida tushuntirishga harakat qilingan bo`lsa, endi bunday tahlil doirasidan chetda qolgan muammolar o`rganila boshlandi.Bugungi kunga kelib ko`pgina falsafiy oqimlar o`zlarining an’anaviy falsafaga aloqador ekanliklarini hamda ulardan farq qilishlarini ta’kidlash maqsadida, nomlariga «neo», ya’ni yangi, zamonaviylashgan degan ma’noni anglatuvchi qo`shimchani qo`shganlar. Masalan, neopozitivizm, neotomizm va boshqalar shular jumlasiga kiradi.Fanning jamiyat hayotidagi o`rnini belgilash va unga nisbatan munosabatga qarab, zamonaviy falsafiy ta’limotlarni asosan ikki yo`nalishga ajratish mumkin. Ulardan biri — ssiyentizm (lot scientia — fan) ya’ni fan mavjud barcha ijtimoiy muammolarni xal etishi mumkinligini ilm-fan taraqqiyotining doimiy ijobiyligini asoslovchi falsafiy dunyoqarash. Ssiyentizm G`oyalari, neopozitivizm, texnologik determinizm kabi ta’limotlarning asosini tashkil etadi.

Yüklə 252,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə