Dunyoqarashning mohiyati, tuzilishi va asosiy funksiyalari


Mavzu:Rivojlanishning umumiy qonunlari va kategorelari



Yüklə 252,3 Kb.
səhifə7/29
tarix30.12.2023
ölçüsü252,3 Kb.
#164164
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29
30 talik mavzular

Mavzu:Rivojlanishning umumiy qonunlari va kategorelari
Shaxs tarbiyasi va rivojlanishi pedagogika fanining muhim muammosi hisoblanadi. O’sib va rivojlanib boruvchi inson tarbiya ob'yekti hisoblanadi. Insonning rivojlanishi butun hayoti davomida davom etadi. Bunda u turli o’zgarishlarni jismoniy, ruhiy, miqdor va sifat o’zgarishlarni o’z boshidan kechiradi. Insonda bo’ladigan jismoniy o’zgarishlarga – bo’yinning o’sishi, vaznining og’irlashib borishi, suyak va mushak tizimlarining ichki a'zolari va asab tizimining o’zgarib borishi kiradi. Ruhiy o’zgarishlari esa uning aqliy rivojiga aloqador bo’ladi va insonda ruhiy sifatlarning shakllanib borishi, unda hayot uchun zarur bo’lgan sotsial sifatlarni tarkib topishi hisoblanadi.
Odam bolasining rivojlanishi – bu muhim jarayon hisoblanadi. Shaxsning kamol topishida va uning xulqiga ijtimoiy va biologik omillarning ta'sir kuchi hamisha bir xil bo’lavermaydi. Shaxsning fazilatlarini to’g’ri aniqlash va bexato baholash uchun uni turli munosabatlar doirasida, turli vaziyatlarda kuzatib ko’rish lozim.
Pedagogikada "shaxs" tushunchasi "inson" tushunchasidan farqli o’laroq, u insonning ijtimoiy xususiyatlarini anglatadi. Yangi jamiyat boshqa odamlar bilan muomalada bo’lishi, munosabat o’rnatish natijasida shakllanib boradigan sifatlarni bildiradi. Inson ruhiy xususiyatlarini rivojlanishi (aql, iroda, diqqat, harakat va hokazo), hayotda o’z o’rnini topa olishi, uning Vatan, xalqningt ravnaqi yo’lida og’ishsmay, e'tiqod bilan xizmat qilish, imonli bo’lishi, insonni shaxs darajasiga ko’taradi. Bunday sifatlarning ro’yobga chiqishi tarbiyaga bog’liq bo’ladi.
Bolaning kamolotiga, ruhiyatiga, fe'l-atvori va shakllanishiga qanday omillar ta'sir etadi? Bola tarbiyasiga, uning shakllanishiga, biologik omil, ijtimoiy omil va tarbiya ta'sir etadi. Bu muammo pedagogikada azaldan munozaraga sabab bo’lib kelayotgan masala hisoblanadi. Bu masalani talqin qilishda bir-biriga qarama-qarshi ikkita nuqtai nazar vujudga keldi. Birinchi yo’nalish biologik yo’nalish hisoblanib, uning vakillari Aristotel, Platonlarning fikricha, taqdir-tole har kimning hayotdagi o’rnini, mavqeini avvaldan belgilab bergan degan fikrni himoya qiladi.

Yüklə 252,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə