Dunyoqarashning mohiyati, tuzilishi va asosiy funksiyalari


Hissiy, empirik, nazariy, mantiqiy va intuitiv



Yüklə 252,3 Kb.
səhifə8/29
tarix30.12.2023
ölçüsü252,3 Kb.
#164164
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29
30 talik mavzular

Hissiy, empirik, nazariy, mantiqiy va intuitiv
bilish darajalari
Hissiy darajadagi bilimning shakllari. Sezgi a'zolari orqali olingan bilim – hissiy bilimlardir. Narsalarning xossalarini sezgi a'zolari sezish va idrok etish natijasida olingan bilim hissiy bilimdir. Masalan, inson uchayotgan samolyotni ko‘radi va buning nimaligini biladi.
Sezgi. Bilish faoliyatida sezgi – narsalar ayrim xossalarining sezgi a'zolari orqali his qilingan oddiy obrazi, in'ikosi, nusxasi yoki o‘ziga xos surati dastlabki sezgi obrazi hisoblanadi. Masalan, aplesinda biz to‘q sariq rang, o‘ziga xos hid, ta'mni sezamiz. Chunki, sezgilar insondan tashqaridagi muhitda yuz berayotgan va uning sezgi a'zolariga ta'sir ko‘rsatayotgan jarayonlarda yuzaga keladi. Ovoz va yorug‘lik to‘lqinlari, mexanik bosim, kimyoviy ta'sir va hokazolar tashqi ta'sirlantiruvchilar hisoblanadi.
Forobiy bilishning ikki shakli – hissiy va oqilona bilishni farqlaydi. Insonni tashqi dunyo bilan bog‘lovchi sezgilar roliga e'tiborni qaratar ekan, Forobiy ularni besh turga ajratadi. U sezgilarni bilimning asosiy manbai deb hisoblab, sezgilar faqat narsaning in'ikosi narsaning o‘ziga mos tushgan holda haqiqiy bo‘lishi mumkin1 deb ta'kidlaydi. Forobiyning bilishda va umuman hissiy idrok etishda sezgilarning roli haqidagi qarashlari Aristotelning «sezmaydigan odam hyech narsani bilmaydi va tushunmaydi», degan fikriga juda o‘xshash.
Insonning hayvondan farqi shundaki, u aql va sezgilar yordamida bilimlarni o‘zlashtirishga qodir. «Aql kuchi» borliq narsalarining fikriy in'ikosini o‘zida gavdalantiradi. Dunyoviy hodisalarning mohiyati va sabablarini bilgan aql osmon jismlari va ularning shakllarini bilishga harakat qiladi. Shu oxirgi bosqichda insonga ta'sir ko‘rsatuvchi koinot aql bilan birikadi va boqiylik xususiyatini kasb etadi.
Aql dunyoning yaralish bosqichlari sifatida inson va birinchi sabab o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in bo‘lib xizmat qiladi, birinchi sabab esa, o‘z navbatida, aqlga bevosita ta'sir ko‘rsatadi. Harakatlanuvchi aql jon bilan ruh orqali bog‘lanadi, jon inson tanasidan o‘rin oladi, shunday qilib, nodunyoviy hayot jihatlari insonga o‘tadi va pirovardida inson mohiyati, bilimlari – uning aqli boqiylik xususiyatini kasb etadi. Forobiy fikricha, sezgilar tartibga ega bo‘lganidek, aqlning ham o‘z tegishli tartibi mavjuddir Birinchi metod tabiiy fanlar (fizika)ga, ikkinchisi – matematikaga mos tushadi. Ikkala metoddan ham faqat fanda narsa va hodisaning u yoki bu jihatini teranroq tushunish maqsadida foydalaniladi.

Yüklə 252,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə