Dunyoqarashning mohiyati, tuzilishi va asosiy funksiyalari


Etikaning mohiyati va ahamiyati



Yüklə 252,3 Kb.
səhifə14/29
tarix30.12.2023
ölçüsü252,3 Kb.
#164164
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29
30 talik mavzular

Etikaning mohiyati va ahamiyati
Etika - yunoncha so'zdan olingan bo'lib, ahloq, hulq, odob ma'nolarini ifodalaydi. Etika falsafiy fan hisoblanib ijtimoiy ong shaklllaridan biri sifatida ahloqning kelib chiqishi, ahloqiy tarbiyaning taraqqiyot bosqichlari, ahloqning ilmiy- nazariy asoslari, ahloqning mezoniy tushunchalari, ahloqiy tarbiya shakllarini o'rgatadi.
"Etika" atamasini birinchi bo'lib qadimgi yunon faylasufi Arastu (millodan avvalgi 384-322 yillar) muomilaga kiritgan.
U barcha fanlarni uch guruhga bo'ladi: nazariy, amaliy va ijodiy. Birinchi guruhga falsafa, matematika va fizika; ikkinchi guruhga- etika va siyosat; uchinchi guruhga esa san'at, hunarmadchilik va amaliy fanlarni kiritadi. O'sha davrdan boshlab ahloq, odob, hulq haqidagi ta'limotlar "Etika" deb ataldi va fan darajasiga ko'tarildi.
Etika ahloq haqidagi ta'limot sifatida ahloqdan keyin, ya'ni ibtidoiy jamoa tuzumining inqirozi va sinfiy ta'limotning qaror topish bilan vujudga kelgan. Etika ta'limotlari paydo bo'lmasdan avvalroq kishilar ma'lum bir qoida, urf- odat, an'analarga rioya qilganlar. Davr o'zgarishi bilan etika ham falsafiy,nazariy, tarihiy fan sifatida rivojlanib, takomillashib bordi.
Hozirda "Etika", "Ahloqshunoslik" bir hil mazmundagi atama sifatida ishlatiladi. Ahloq - (arabcha hulqning ko'pligi) kishilarning tarihan tarkib topgan hulq- atvori,yurish - turishi, ijtimoiy va shahsiy hayotidagi o'zaro mavqe, jamiyatga bo'lgan munosabatlarini tartibga soluvchi ma'lum bir norma va qoidalar yi`dinsidir. Ahloq normalari kishilarning hatti- harakatlarida o'z ifodasini topadi. Ular ahloqli yoki ahloqsiz deb baholanishi mumkin. Davr o'zgargan sari ahloq ham o'zgarib boradi, rivojlanadi, takomillashib, ma'naviy madaniyatning ko'rinishlaridan biriga aylanadi.
Etika kishilarni halol, pok, mehnatsevar, elparvar, adolatli, imon- e'tiqodli bo'lib faoliyat yuritishiga da'vat etadi. Shu bois etika ahloq falsafasi, ezgulik falsafasi deb ataladi.
Etika bayoniy, nazariy, amaliy hislati bilan ajralib turadi. U insoniyat o'z tajribasi orqali erishgan donishmandlik namunalarini hikmatlar, naqllar, matal- maqollar, rivoyat, hikoyat tarzida bayon etadi, kishilarni ahloqiy qonun- qoidalarga o'rgatadi, hulosalar chiqaradi.
O'z davrining buyuk donishmandlari bo'lgan Aflotun, Arastu, Epikur, Tsitseron, Seneka, Avgustin, Farobiy, Ibn Sino, ~azzoliy, Spinoza, Kant, Gegel, Feyerbah va boshqalar etika nazariyasiga oid ta'limotlar yaratdilar. Etikaning amaliy hususiyatlari Kaykovusning "Qobusnoma", Sa'diyning "Guliston", Jomiyning "Bahoriston", Navoiyning "Mahbub ul- qulub"; Montenning "Tajribanoma", Loroshfukoning "Hikmatlar", Gulhaniyning "Zarbulmasal" asarlarida o'z ifodasini topgan.
Etika barcha ijtimoiy fanlar bilan o'zaro yaqin aloqada rivojlanib, nazariy va amaliy jihatdan taraqqiy etib bormoqda.
Ayniqsa, uning nafosatshunoslik (estetika) bilan aloqasi qadimiy va o'ziga hos. Avvalo, insonning har bir hatti- harakati va niyati ham ahloqiylikka, ham nafosatga tegishli bo'ladi,

Yüklə 252,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə