Do‘stlik-oltindan qimmat Reja


VATAN TUYG‘USI QALBDA ILDIZ OTADI



Yüklə 143,87 Kb.
səhifə8/18
tarix28.11.2023
ölçüsü143,87 Kb.
#136954
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Do‘stlik-oltindan qimmat Reja-fayllar.org

VATAN TUYG‘USI QALBDA ILDIZ OTADI
Vatan — inson uchun bebaho boylik. Vatanning borligi odamga beqiyos kuch-qudrat, g‘ayrat-shijoat baxsh etadi. Men uyda ota-onamdan, buvim va buvamdan, kollejdagi ustozlarimdan hamda meni o‘rab turuvchi ziyoli insonlardan Vatan haqida ko‘p gaplarni eshitganman. Vatanparvar insonlar haqida film va spektakllar ko‘rganman, kitoblar mutolaa qilganman. Ona yurt haqida she’rlar yod olganman, o‘rtoqlarim bilan qo‘shiqlar kuylab, rasmlar chizganman. Bu tuyg‘u insonlarning qalbidan chuqur o‘rin egallaydi. Shuning uchun ham inson borki, barchasi o‘z vatanini sevib ardoqlaydi, uni hech qanday boylikka alishmaydi. Unga nisbatan biror-bir xavf tug‘iladigan bo‘lsa, yurtini himoya qilish uchun kurashga otlanadi.
E’tibor berib qaraganda, dunyodagi barcha mard va qahramon insonlar, avvalo, Vatanni sevgani uchun qalblarida Vatan tuyg‘usi jo‘sh urgani uchun ham botirlik ko‘rsatib, nom qozonganlar. Shu tuyg‘u bois, kishilar Vatan haqida kuylaydilar, yurtning taqdiriga kuyunadilar, uning ravnaqidan quvonadilar. Demak, ona yurt insonni o‘z bag‘rida voyaga yetkazibgina qolmay, unga eng muqaddas tuyg‘ularni, eng go‘zal taassurotlarni bag‘ishlaydi.

Vatan tuyg‘usi insonlarga umri davomida hamroh bo‘ladi va yillar sa­yin sayqallanib boradi. Uning o‘zi qanchalik bebaho bo‘lsa, u bilan bog‘liq tuyg‘ular ham shunchalik bebahodir. Shuning uchun ham, ularni yosh­likdan tarbiyalab borish, kamolga yetkazish katta ahamiyatga ega. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, “Vatan tuyg‘usi, Vatan tushunchasi biz uchun sajdagohdek muqaddas, sajdagohdek pok va ulug‘ bo‘lmog‘i kerak”.



Vatanni bilish — dunyoni bilish, o‘zlikni anglash, har bir insonning butun bashariyat bilan qanchalik bog‘liq, aloqador ekanini tushunish yo‘li ham demakdir.
Shu aziz vatan — barchamizniki

Vatan. Mehr bilan, muhabbat bilan tilga olinadi — bu so‘z.

Viqor mujassam har harfida. Ohor. Betakror joziba.
Vatan bittadir, shuning uchun ham u muqaddas. Yagona bo‘lgan narsalarning barchasi e’zozda — Vatan, Ona, Zamin, Osmon, Quyosh... Bittadan oshdimi, muqaddaslik qolmaydi. Ha, Vatan ona kabi yagonadir!
Bepoyon Vatanimizning ba’zi go‘shalarida «vatan» so‘zi uy, xona ma’nosini ham bildiradi. Aytishadi: «O‘g‘lim uchun bir vatan qurdiray...» Yoxud kishi omadsizlikdan uyidan mahrum bo‘lsa «bevatan bo‘lib qolibdi», deyishadi afsus bilan. Vatan — bu yashab turgan uyimiz!
Jahon siyosiy xaritasiga boqsam, aziz Vatanimni izlayman.
Vatan qadri undan uzoq bo‘lganingda sezilarkan. Vatanga muhabbat tuyg‘usi haqi­qatan ham ilohiy ne’mat ekanligi yaqqol bilinarkan! Safarlarda bo‘laman goho... Ittifoqo taqdir taqozosi bilan qo‘shni mamlakatda umrguzaronlik qilayotgan bir so‘xlikning uyida bo‘ldim. Turmushi farovon, sog‘-salomat. Lekin yuragida dard borligi — unga nimadir yetishmayotganligi sezilib turibdi. O‘zbekiston xaritasini tuhfa qilgandim, ko‘zlariga yosh keldi.
O‘zbekiston xalqi tinch va osuda hayot kechirmoqda. Buni kimdir Vatan chegaralarining daxl­sizligidan bilsa, kimdir uning mustahkam ma’naviy qo‘rg‘oni bilan izohlaydi. Bu ikki omil uy­g‘unligi tufayli jannatmakon yurtimizda totuvlik, osoyishtalik hukm surmoqda. Shu muqaddas Vatan himoyachisi ekanidan qalbida iftixor va g‘urur tuyg‘usi uyg‘ongan har bir askar tug‘ilgan yeri, ota-onasi, sevikli yori, do‘st va qarindoshlari, mahalladoshini qo‘msaydi. Shu tuyg‘u zamirida, Vatan sog‘inchi mujassamdir.
Vatan! Uning ta’rifiga so‘z topolmaysan kishi.
Xaritaga xayolchan boqayotgan qishloqdoshim qalbidan nimalar kechayotgani o‘ziga ayon. Holati askarlik davrimni eslatdi.
Mening askarlik davrim O‘zbekistondan yiroqda, shimolning uzoq shaharlaridan birida o‘tgan. Qism shtabida xizmat qilardim. Ish joyimda, ro‘paramda — jahon siyosiy xaritasi osig‘liq turibdi. Xonaga kirishim bilan devordagi xarita diqqatimni tortar, unga yaqinlashardim, beixtiyor. Toshkentni qidirardim. Bu holat har kuni takrorlanar, Toshkentga ko‘zim tushgani zahoti O‘zbekiston ko‘z oldimda jonlanardi.
Istiqlol sharofati bilan O‘zbekiston ham dunyo xaritasidan joy oldi. Alohida rang bilan. Yuragimizga yaqin rang bilan!
O‘z taqdiri, kelajagiga ega bo‘lgan xalqimizning muqaddas vazifasi buyuk ne’mat — istiqlolni, taraqqiyot sari yuz tutgan Vatanni yomon ko‘zlardan asrashdir.
Shukurkim, bugungi kunda harbiy maktablarda saboq olayotgan, chiniqib, hayotni tushunib, o‘z kuchiga ishonch hosil qilayotgan o‘g‘lonlarimizga Vatan — O‘zbekistonni himoyalash baxti nasib etgan. Afsonaviy Alpomish, Rustami doston, zabardast Farhodlar vorisi — yoshlarimiz davlatning ishonchli qalqoniga aylanganidan boshimizni baland ko‘taramiz.
Taqdir taqozosi bilan tug‘ilib o‘sgan qishlog‘imdan uzoqda — poytaxtda yashayman. Tog‘lar bilan qurshalgan So‘x tumaniga kirib-chiqish yo‘li Qirg‘iziston hududi orqali o‘tadi. Bir necha daqiqalik bu avtomobil yo‘li nazarimda bag‘oyat cho‘ziladi. Vatanim chegarasiga yaqinlashganim sari haya­jonga to‘la ko‘nglimda o‘zgacha his-tuyg‘u sezaman. Qadr­don vatanim manzaralariga ko‘zim tushishi bilan yengil tortaman. To‘yib-to‘yib nafas olaman. Bu shunchaki ba­land­parvoz so‘zlar emas.
Bir necha daqiqalik avtomobil yo‘li, sanoqli daqiqalar... Bir vaqtlar taqdir taqozosi bilan yoki sho‘ro davrining qattol siyosatidan qochib, Vatanidan ayro tushganlar xayolga keladi.
Mamlakatimiz istiqlolga erishgach, xorijdagi vatandoshlarimizga ona diyor tuprog‘ini tavof aylash baxti nasib etdi.
Ona-Vatanining tuprog‘ini ko‘zga surtish umidida xorijdan So‘xga kelgan bir qishloqdoshim so‘zlarini eslayman.
— Osmoni musaffo O‘zbekistonning hayotbaxsh havosidan nafas olib, baxtiyor umrguzaronlik qilayotgan, shu diyorning gullab-yashnashiga hissa qo‘shayotgan bunyodkor xalqning hayotiga ko‘z tegmasin, — degan edi.
Beixtiyor o‘yga tolaman, o‘z tug‘ilgan yurtingda yashash qanday baxt!
Vatanni dildan so‘ygan odam uchun Vatandin ortiq baxt yo‘q.


Yüklə 143,87 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə