Do‘stlik-oltindan qimmat Reja



Yüklə 143,87 Kb.
səhifə1/18
tarix28.11.2023
ölçüsü143,87 Kb.
#136954
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Do‘stlik-oltindan qimmat Reja-fayllar.org


Do‘stlik-oltindan qimmat Reja

Do‘stlik-oltindan qimmat

Reja:
1.Do‘stlik-yuksak ma’naviy tushuncha.
2.Do‘stlik haqida hikoya.
3.Do‘stlik muqaddas tuyg‘u.
4.Do‘stim-mening faxrim.
Do‘stlik insonlar o‘rtasidagi maqsadlar, intilishlar, qarashlar va manfaatlar yaqinligi o‘zaro bir-biriga ishonishga asoslangan munosabatlar demakdir.

Do‘stlik insonni ma’naviy qo‘llab-quvvatlovchi, uning og‘irini yengil qiluvchi, ruhiyatini ko‘taruvchi, o‘ziga ishonch orttiruvchi kuchdir. Insonda do‘stlik, birodarlik, o‘zaro ishonch tuyg‘ulari darhol yuzaga kelib, o‘z-o‘zidan mustaxkamlanib qolmaydi. Hayotda haqiqiy sadoqatli do‘st topish inson uchun katta baxtdir. Inson har qanday holatda ham yonida o‘ziga yaqin insonlar ota-onasi, qarindosh-urug‘lari bilan bir qatorda do‘stlarining ham bo‘lishini ich-ichidan xohlaydi. Hayotda haqiqiy do‘stlar bilan bir qatorda soxta do‘stlar ham uchrab turadi. Ular shaxsiy manfaat yuzasidan, ma’lum bir maqsadni ko‘zlab, o‘zlarini do‘st qilib mahoratli artist bo‘ladilar. Uzoq yillar yonma-yon o‘qish, mehnat qilish, boshqa biror tashvish tushganda hamdard, hamfikr bo‘lish, safarga chiqish va boshqa hollarda odamlar do‘stlashib qoladilar. Do‘stlik millat, diniy e’tiqod, mansab, boylik, chiroy yosh tanlamaydi, chegara bilmaydi. Do‘stlikning muhim shartlaridan biri vafodir. Do‘stiga vafodor odam Vataniga ham, xalqiga ham vafo qiladi. Kishilarning o‘zaro do‘stlashishida ularning xarakteri, qiziqishlari, saviyasi va iqtidori ham muhim o‘rin tutadi. Do‘stni yanada qalinroq do‘st qiladigan ham, dushmanga aylantiradigan ham insonning o‘zidir.


Kaykovus do‘stlarni ikki toifaga ajratadi: non do‘stlar, or va nomus do‘stlar.
Bir o‘g‘ri kechasi podshohning saroyiga o‘g‘rilikka tushgan. Qarasa podshoh taxtida uxlab yotibdi-yu, tepasida bir maymun uning betiga qo‘ngan pashsha, chivinlarni yelpig‘ich bilan qo‘rib o‘tiribdi. U pashshalarni haydab, yelpig‘ichni to‘xtatgan zomoni yana kelib yopishishadi. Maymunni jahli chiqib, bir katta toshni ko‘tarib keldi-yu, xira pashshalarni bir yo‘la qirib tashlash maqsadida toshni azot ko‘tarib, urmoqchi bo‘lib qoldi. Shunda o‘g‘ri qo‘liga kamonni olib, bir otgan edi, maymun chiyillab ag‘darilib tushdi. Uning qattiq chiyillagan ovozidan podsho uyg‘onib ketdi. Qarasa, saroy sahnida qora kiyimga burkangan bir notanish odam turibdi. Podsho qo‘rqib ketib Kimsan?! –deb baqirgan edi, darhol soqchilar yugurib kelib, o‘g‘rini ushlab oldilar. Podsho o‘g‘rini o‘ldirmoq maqsadida “Jallod!” – deb chaqirdi. Shunda o‘g‘ri unga ta’zim qilib: -Ey podshohim, men haqiqatan ham o‘g‘riman, saroyingizga o‘g‘irlikka tushgan edim… – deb maymun voqeasini gapirib berdi. Darhaqiqat, qarashsa, taxt yonida bir katta tosh turibdi, uning yonida maymun o‘lib yotibdi. Shunda podsho: -Ha, do‘sti nodondan dushmani dono yaxshi ekan –deb o‘grini o‘limdan ozod qilibdi.
Do‘stlik muqaddas tuyg‘udir. Do‘stlik tog‘lardan baland, zilol suvdek toza tuyg‘udir. Har bir inson tug‘ilib ulg‘ayibdiki, albatta yonida mehribon do‘sti bo‘lishi kerak. Shu do‘st umr bo‘yi yonimizda hamroh, sirdosh, ishongan insonimiz bo‘lib ketadi. Do‘stlikning qadriga do‘st topgan biladi. Shuning uchun har birimiz do‘stlarimizning qadriga yetaylik, chunki ko‘p inson do‘st topishda qiynaladi, topganida esa aldanadi. Shunday muqaddas tuyg‘uni, do‘stlik deya atalmish bir tog‘ni yaratdikmi, uning qadriga yetib yuraylik, yer bilan bitta qilib payhon qilmaylik. Do‘stlarga hamma vaqt sodiq bo‘lish uchun ularni izzat-hurmat qilish, yaxshi-yomon kunlarida ularga ko‘maklashish zarur. Chin do‘stdan faqat foyda tegadi. U kishiga yomonlik sog‘inmay, ziyon-zahmat yetkazmaydi. Agar u qattiq gapirsa ham, bundan xafa bo‘lmaslik kerak. Chunki u kishini noto‘g‘ri yo‘ldan qaytarmoq maqsadidagina kuyunganidan shunday qiladi. Shuning uchun ham: “Do‘st achitib gapirar, dushman kuldirib”, “Do‘st so‘zini tashlama, tashlab boshing qashlama”, “Dushman siringni o‘g‘irlaydi, do‘st xatongni to‘g‘irlaydi”, “Do‘st kuyinar, dushman suyunar”, “Do‘sting bilan dildosh bo‘l, qilar ishda qo‘ldosh bo‘l” kabi xalqimizning ibratli maqollari mavjud. Do‘stlar ko‘p bo‘lsa, turmush yaxshi o‘tadi va, aksincha, do‘stsiz kechirilgan hayot bema’ni o‘tadi. Shuning uchun ko‘proq do‘st orttirishga da’vat etiladi.
Yomon kunida yonida dalda bo‘ladigan, dardini tushunadigan do‘st bilan hamma ham faxrlansa kerak. Men ham o‘z do‘stim bilan faxrlanaman, chunki u har qanday vaziyatimda menga hamroh bo‘ladi va o‘z maslahatlarini mendan ayamaydi. Dardlarimni xuddi o‘zining dardidek tushunadi, menga yelkadosh u bilan faxrlanaman. U men uchun juda qadrli aziz insonim. “Do‘stsiz boshim – tuzsiz oshim”.
Mazkur insho tahlili:




  1. Yüklə 143,87 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə