Dinshunoslik


uch  asosiy xususiyatga ega bo‘lishi lozimligini ta’kidlaydilar. Bulardan  birinchisi



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/49
tarix13.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#149580
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Oquv qollanma Dinshunoslik

uch 
asosiy xususiyatga ega bo‘lishi lozimligini ta’kidlaydilar. Bulardan 
birinchisi

g‘ayritabiiy iloh (yoki ilohlar) haqidagi tasavvurning mavjudligi. Har bir dinda 
topinish obyekti - Xudo bo‘lishi shart hisoblanadi.
Mavjud dinlardagi Xudo haqidagi tasavvurlarni shartli ravishda ikkiga - 
transsendent
va 
immanent
ilohlarga bo‘lish mumkin. Transsendent ilohlarga 
insonlar olamidan tashqarida, insonlarga hech qanday aloqasi bo‘lmagan, qusur va 
nuqsonlardan xoli Xudolar kiradi. Bunga misol sifatida tom ma’noda islom 
dinidagi Alloh taolo va qisman xristianlikdagi Ota Xudo, yahudiylikdagi 
Yaxvelarni keltirish mumkin. 
Immanent ilohlar deganda esa tabiatning bir bo‘lagi sifatida tasavvur 
qilingan, insonlarga o‘xshab ketadigan, biroq g‘ayrioddiy yaratuvchilik, 
buzg‘unchilik, rizqlantiruvchilik kabi kuchlarga ega bo‘lgan Xudolar kiradi. 
Bunday turdagi ilohlar ko‘pincha yo antropomorf (inson qiyofasida) yo 
zooantropomorf (yarim odam yarim hayvon) yoki zoomorf (hayvon) shaklda 
tasavvur qilinadi. Bunga misol sifatida Qadimgi Misr, Yunon, Rim sivilizatsiyalari, 
zamonaviy Hindiston, Xitoy, Yaponiya dinlarini sanash mumkin.
Ikkinchisi,
Xudo bilan insonlarni bog‘lab turuvchi kult yoki kultlar 
majmuasi. Yuqorida aytilganidek har bir dinda topinish obyekti - Xudo bo‘lishi 
lozim. Yaratuvchi bilan insonni bog‘lab turadigan ibodat va marosimlar majmui 
(qurbonlik, ro‘za, bayramlar) kult deb ataladi. Kultlar kundalik yoki mavsumiy, 
yakka tartibdagi yoki jamoaviy kabi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Jumladan, 
islom dinida «Namoz mo‘minning me’roji» (ya’ni Alloh taoloning huzuriga 
ko‘tarilishi) hisoblansa xristianlikdagi «sirli marosimlar»da Muqaddas Ruhning 
o‘zi ishtirok etadi, deb hisoblanadi. Shu tariqa, mavjud barcha dinlarda kultlar 
vositasida e’tiqodchilar o‘z ilohlari bilan bog‘lanadilar.
Uchinchisi
esa e’tiqodchilarni o‘zida jamlaydigan diniy tashkilotlarning 
mavjudligi. Diniy tashkilot, bu bir din izdoshlarining jamoaviy ravishda o‘z diniy 
rasm-rusum, 
ibodat marosimlarini o‘tkazadigan, diniy ta’lim oladigan 
muassasalaridir. Islomda - masjid, madrasa, xristianlikda - cherkov, seminariya, 
yahudiylikda - sinagoga va hokazo.


10 
Dinlar tarixi, ular bilan bog‘liq jarayonlar, dinning inson hayotining turli 
jabhalari bilan o‘zaro ta’sirlashuvini o‘rganuvchi fan «Dinshunoslik» deb ataladi. 
Dinshunoslik barcha ijtimoiy fanlar qatori ham o‘zining o‘rganish obyektiga 
ega. U dinning paydo bo‘lishi, ijtimoiy mohiyati va jamiyatdagi rolini tadqiq qilish 
bilan birga diniy e’tiqodlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi, ularning jamiyat 
taraqqiyotidagi evolyutsiyasini ilmiy jihatdan o‘rganadi. 

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə