Dinshunoslik



Yüklə 1,07 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/49
tarix13.12.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#149580
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   49
Oquv qollanma Dinshunoslik

karaimlar 
deb ataladigan yahudiy sektasi 
paydo bo‘ladi. Bu sekta tarafdorlari faqat Torani tan olar, Talmudni esa inkor 
qilar edilar. X asr O‘rta Osiyo karaimlarining ko‘zga ko‘ringan rahnamolaridan 
biri g‘aznalik Menexem Talmud tarafdorlariga qarshi o‘z fikrlarini isbotlash 
uchun Iskandariyaga safar qilgan. Karaimlar sektasi namoyandalaridan yana biri 
Xivi al-Balxiy ko‘plab asarlar yozib, ularda Talmudni tanqid qilgan va uning 
ishonchliligiga shubha bilan qaragan. 
XIII asr boshiga kelib, Chingizxon qo‘shinlari Movarounnahr shaharlarini 
birma-bir qo‘lga kiritgach, yerli aholini shafqatsiz ravishda qirg‘in qildilar. 
Qadimgi yahudiy jamoalari ham inqirozga uchradi. Saqlanib qolgan kam sonli 
yahudiylar Buxoro va uning atroflarida yashaganlar. XIII asrda boshlangan 
yahudiylar inqirozi, ba’zi istisnolardan tashqari, XVIII asrga qadar davom etdi.
Amir Temur va temuriylar davrida Movarounnahr mintaqasiga Erondan 
ko‘pgina yahudiy jamoalari ko‘chirib keltirilgan, ularning bir qismi Buxoroda 
yashagan. Temuriylar davrida O‘rta Osiyodagi xristian jamoalari inqirozga 
uchragan bo‘lsalar-da, lekin yahudiy jamoalari saqlanib qoldi va o‘zlarining diniy 
markazlaridan ajralib va uzoqlashib qolganliklariga qaramay, ular mintaqada o‘z 
mavqelarini uzoq vaqt egallab turdilar. 
XVIII asrning boshlarida O‘rta Osiyoda yuz bergan siyosiy jarayonlar 
tufayli yahudiylar Eron, Afg‘oniston, Xiva, Qo‘qon va Buxoro jamoalariga 
bo‘linib ketdi. XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya imperiyasi tomonidan O‘rta 
Osiyoning bir qismi bosib olinishi yahudiylarning yana Turkiston va Buxoro 
jamoalariga bo‘linib ketishiga olib keldi. O‘rta Osiyo yahudiylari Buxoro amirligi 
hududlarida yashaganliklari tufayli «Buxoro yahudiylari» nomi bilan tanilgan 
bo‘lsalar-da, ularning asosiy qismi ko‘proq Samarqandda yashagan. 
Yahudiylik yagona millatga xos din bo‘lganligi sababli yahudiylar qayerda 
yashamasin, biri ikkinchisidan qancha uzoqda bo‘lmasin, ular o‘z diniga va 
muqaddas kitoblariga e’tiqod qilishni davom ettiraverdilar. XVIII asrda O‘rta 
Osiyo yahudiylari ruhiy tushkunlik davrini boshdan kechirdilar. 1793 yili o‘zi 
G‘arbiy Afrikadan bo‘lib, Falastinning Sfat shahrida yashovchi Iosif Mamon 
Mag‘ribiy o‘z shahri yahudiylari uchun moddiy yordam to‘plash maqsadida 
Buxoroga keladi. U mahalliy yahudiylarning o‘z dinlaridan uzoqlasha 
boshlaganliklarini ko‘rib, sh
u ye
rda qolishga va millatdoshlariga diniy ta’lim 


30 
berishga ahd qiladi. Yahudiylar doimo tinch, kam aholili joylarda yashashni afzal 
ko‘rganlar. 
XIX asrga kelib yahudiylar O‘rta Osiyoning Qarshi, Marv, Xatirchi
Shahrisabz, Kattaqo‘rg‘on, Karmana, Marg‘ilon, Dushanba shaharlarida 
yashaganlar. Ular odatda bir mavzega jam bo‘lib yashar edilar. 1843 yilda 
mahalliy yahudiylarga Samarqandning sharqiy qismidan 2,5 gektar yerni 10000 
kumush tangaga sotish haqida shartnoma tuzildi. Bu shartnomani yahudiylar 
jamoasining 32 a’zosi imzoladi, davlat uning haqiqiyligini to‘rt muhr bilan 
tasdiqladi. Shunday qilib, yahudiylar o‘zlarining birinchi mahallalariga ega 
bo‘ldilar. Jamoa boshlig‘i Moshe Kalontar sotib olingan yerda qurilishlar qilish 
uchun yahudiylardan pul yig‘di. Ular yangi joyda birinchi bulib Bani Isroil 
qabilalari soniga mos 12 ta hovlida uy-joy, maktab, hammom, sinagoga qurdilar. 
XIX asrning 80-yillarida buxoro yahudiylaridan 1,5 mingga yaqini, XX 
asrning 20-30-yillari esa - 4 mingga yaqini yahudiy tilida o‘qish uchun Falastinga 
ko‘chib ketgan. 
O‘rta Osiyoda 1940 yilgacha yahudiylarning ivrit tilidagi maktablari, 
davriy va maxsus nashrlari mavjud bo‘lgan. 1932 yilda Samarqandda yahudiylar 
teatri tashkil qilingan. Keyinchalik yahudiy tilida o‘qitish va madaniy faoliyat 
yuritish to‘xtatilgan. SSSR parchalanib ketguniga qadar Buxoro yahudiylari 
asosan (28396 kishi) O‘zbekiston hududida istiqomat qilganlar. 
Yahudiylarning turmush tarzlari, urf-odatlari qadimiy yahudiy, fors va 
mahalliy madaniy an’analarning qorishmasidan iborat. Tarixning turli 
jarayonlarida bu uch madaniyatdan ba’zilarining ta’siri kuchayishi yoki aksincha, 
susayishi kuzatilgan.
Yahudiylikda ovqatlanishda qat’iy cheklovlar (kosher qoidalari) mavjud. 
Iste’molda foydalaniladigan mol, qo‘y, echki kabi hayvon go‘shtlarini muayyan 
diniy qoidalar asosida so‘yilishi lozim hisoblangan. «Shoxet»lar (qassoblar) 
hayvonni so‘yishdan avval uning terisi, o‘pkasi, jigari sog‘lom bo‘lishi, qorni yorib 
ko‘rilganda uning ichida o‘limiga sabab bo‘luvchi jismlar (tosh, temir, oynak) 
bo‘lmasligini tekshirib ko‘radilar. Shuningdek, so‘yilgan hayvon go‘shti tarkibidan 
qoni butunlay chiqarib yuborilishi kerak bo‘ladi. Baliq go‘shtini tanovul qilganda, 
uning tangali va suzkichli bo‘lishiga e’tibor qaratilgan.
Buxoro yahudiylari orasida islom dinini qabul qilganlar ham bo‘lib, 
bundaylar 
chala 
deb yuritilgan. Islomni qabul qilgan yahudiylar musulmonlar 
orasida yashaganlar. Biroq ko‘p hollarda ular o‘zlarining eski urf-odatlarini 
yashirincha saqlab qolganlar. Buxoroda Eshoni Pir mavzeida 100 tacha, Chor 
karvonsaroy mavzeida esa bir nechta mana shunday chala yahudiy oilalari 
yashagan. Ularning asosiy mashg‘uloti hunarmandlik, paxta savdosi bo‘lgan. 
Jamoa oqsoqoli 
kalontar 
deb atalib, u o‘z qavmidan soliq va o‘lponlar yiqqan. U 
jamoaning rasmiy vakili hisoblangan. 


31 
1991 yilda O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng barcha dinlarga, 
shu jumladan, yahudiy diniga erkin e’tiqod qilish uchun barcha sharoitlar yaratib 
berilgan. Hozirda Toshkent, Buxoro va Samarqand shaharlarida Buxoro hamda 
Yevropa yahudiylarining milliy madaniy markazlari, shuningdek sinagogalari 
faoliyat ko‘rsatib turibdi. 
Hozir respublikada jami 8 ta yahudiy jamoasi, shu jumladan, Toshkent 
shahri (3), Buxoro (2), Samarqand (2) va Farg‘ona viloyatlarida (1) faoliyat 
ko‘rsatib kelmoqda. Ulardan biri (Toshkent sh.) Yevropa yahudiylari (ashkinazlar) 
yo‘nalishiga, qolganlari sefardlar (sharqiy yahudiylar)ga mansub.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə