Diffuziya va osmos xodisasi



Yüklə 20,82 Kb.
səhifə1/3
tarix29.11.2023
ölçüsü20,82 Kb.
#140070
  1   2   3
diffuziya va osmos xodisasi


DIFFUZIYA VA OSMOS XODISASI
Reja:



  1. Diffuziya va osmos.

  2. Osmotik bosim.

  3. Turgor va plazmoliz.

  4. Osmotik bosimni aniqlash usullari.



Diffuziya va osmos. Hujayraning hayotiyligi undagi doimiy modda almashinuv jarayonining mavjudligiga bog’liq. Ya’ni, hujayralar tashqi sharoitdan yoki yonma-yon joylashgan hujayralardan moddalarni to’xtovsiz qabul qiladi, ayrim moddalarni esa aksincha o’zidan chiqaradi. Ya’ni, o’simlikning hayoti uni tashkil qilgan hujayralarning tashqi va ichki muhit omillari bilan munosabati orqali amalga oshadi. Bulardan eng muhimi hujayralarga tashqi muhitdan suv va unda erigan moddalarning kirishi va hujayralararo harakatidir. Ana shu jarayonlarda o’simlik hujayralarida mavjud bo’lgan osmotik potensial katta rol oynaydi. Bu esa diffuziya va osmos qonunlaridan kelib chiqadi.
Umumiy sistemada moddalarning bir joydan ikkinchi joyga siljishiga diffuziya deyiladi. Diffuziyalanuvchi modda o’z yo’lida parda uchratsa, uning tarqalishi ancha qiyinlashadi. Hujayraning sellyuloza, gemisellyulozadan iborat po’sti ham shunga o’xshash pardalar qatoriga kiradi.
Suyuq va erigan moddalarning parda orqali diffuziyalanish hodisasiga osmos deyiladi. Eritmaning parda orqali ichkariga kirishiga endoosmos, tashqariga chiqishiga esa ekzoosmos deyladi. Keyingi yillarda o’tkazilgan tekshirishlarning ko’rsatishicha, faqat erituvchilarni (suv) o’tkazib, erigan moddalarni butunlay o’tkazmaydigan pardalar ham borligi aniqlandi. Bunday pardalar tanlab o’tkazuvchi pardalar deb ataladi.
Osmotik bosim. Ekzoosmosdan ko’ra endoosmosning kuchliroq bo’lishi natijasida rivojlanib, pufakning ichki tomonidan itaruvchi gidrostatik bosim – osmotik bosim deb ataladi. Bunday bosimning mavjudligini birinchi marta 1826 yilda fransuz botanigi Dyutroshe isbotlab bergan. Buni isbotlashda qo’llanilgan asbob esa Dyutroshe osmometri deyiladi. Bu osmometr bilan osmotik qonuniyatni ko’rib chiqish uchun hayvon qovug’idan yoki perg’ament qog’ozidan xaltacha tayyorlab, uni tez diffuziya qilmaydigan modda bilan (saharoza, glyukoza) to’lg’azib suvga solsak, xaltacha shisha boshlaydi, uning devorlari tarang bo’lib qoladi va ichkaridan hosil bo’lgan bosimga chidolmay yoriladi. Agar xaltacha og’zini butunlay bog’lash o’rniga shisha nay o’rnatilsa, uning ichidagi suyuqlik balandligi ichki bosim ta’sirida ko’tarila boshlaydi. Bu jarayon dastlab tezroq borib, keyinchalik sekinlashadi va to’xtab qoladi, keyin esa yana pasaya boshlaydi. Chunki Dyutroshe ishlatgan parda (plyonka) yarim o’tkazgich xususiyatiga ega emas edi.
Bu tajribani 1877 yilda V.Pfeffer o’simlik hujayrasiga yaqinroq holda o’tkazgan. Buning uchun u mayda teshikchali chinni silindr ichiga mis kuporosi eritmasini solgan va silindrni sariq qon tuzi K4[Fe(SN)]6 eritmasi ichiga tushirgan. Natijada o’simlik hujayrasiga yaqinroq yarim o’tkazgich membrana hosil bo’lgan. Pfeffer osmotik bosimning qiymati turli sharoitga bog’liq bo’lganini shu osmometr yordamida tekshirib, uning eritma konsentrasiyasiga nisbatan to’g’ri proporsional ekanligini aniqlagan.
O’simliklarning hujayrasida ham Shunday jarayonlar sodir bo’lishi mumkin. ya’ni, o’simlik hujayrasining po’sti elastiklik xususiyatiga ega bo’lib, cho’zilish qobiliyatiga ega. Suv va erigan moddalarni o’zidan o’tkazadi. Lekin protoplazma membrana qavatlarining mavjudligi (plazmolemma va tonoplast) sababli turli moddalarga nisbatan tanlab o’tkazuvchanlik xususiyatiga ega. Uning bu xususiyati suv va suvda erigan moddalarning hujayra shirasiga turli tezlikda o’tishiga asoslanadi.
O’simlik hujayrasining vakuolasida juda ko’p osmotik aktiv moddalar to’planadi. Bularga shakarlar, organik kislotalar va tuzlar kiradi. Hujayra shirasida osmotik aktiv moddalar qancha ko’p to’plansa, unda osmotik bosim shuncha yuqori bo’ladi.
Hujayraning osmotik bosimini Vant-Goff formulasi boyicha aniqlasa bo’ladi: RqRTSi, bu yerda R – osmotik bosim, S- eritma konsentrasiyasi, R – gazlar qonstanti-0,08207 ga teng, T-absolyut harorat, i –izotonik koeffisiyent bo’lib, elektrolit eritmalar uchun 1,5 ga va elektrolitmas eritmalar uchun 1,0 ga teng.
Osmotik bosim o’simlik turlariga, ularning yashash sharoitlariga va hatto organlariga ham bog’liq, ya’ni ko’pchilik mezofitlarning ildizida 0,3-1,2 mPa teng bo’lsa, yer o’sti qismida 1,0 – 2,6 mPa ga teng. Sho’r tuproqlarda yashovchi o’simliklarda (galofitlarda) eng yuqori – 15 mPa gacha bo’ladi.

Yüklə 20,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə