3. Madaniyat- o'zaro munosabatlar xodisasi



Yüklə 20,98 Kb.
səhifə1/2
tarix03.06.2023
ölçüsü20,98 Kb.
#115283
  1   2
madaniyat sotsiologiyasi


3. Madaniyat- o'zaro munosabatlar xodisasi
Eng keng qarashlarda "madaniyat " odamlar tomonidan yaratilgan barcha narsalami — fan va diniy e’tiqodlardan tortib, tosh yo‘ng‘ichlami tayyorlash usullariga qadar. Agar "madaniyat" atamasini mazkur m a’noda qo'llaydigan bo'lsak, u holda insonning ijtimoiy hayoti shakllari madaniyat mahsuli sifatida ifodalanishi mumkin. Axir oila ham, din ham, xo‘jalik faolligi va siyosiy hukumat shakllari ham - bulaming bari tabiat tomonidan taqdim qilinmagan, balki inson faoliyati va o‘zaro munosabatlar natijasida vujudga kelgan. Hayvonlaming ijtimoiy hayoti shakllari instinktlar bilan belgilab berilgan va shu sababli deyarli o‘zgarmaydi. Odamlaming ijtimoiy hayot shakllari esa ko‘p hollarda betartib va aniq maqsadga yo‘naltirilmagan holda odamlar tomonidan tuzilmalashtiriladi va ko‘p variantlilik va o‘zgaruvchanlik bilan ajralib turadi. Bo‘rilar to‘dasi va chumolilar bugungi kunda yuz yil aw algi qonunlarga ko‘ra yashamoqdalar. Inson jamiyatlari mazkur davr davomida ko‘plab o‘zgarishlami boshdan kechirdilar.
Aytish mumkinki, inson hayotining ijtimoiy shakllari madaniyat mahsulidir. Biroq madaniyat ham jamiyat mahsulidir, inson faoliyati mahsulidir. Aynan u yoki bu inson uyushmasini tashkil etuvchi individlar madaniy namunalami yaratadi va ishlab chiqaradi. Inson mavjudligining "ijtimoiy" va ..."madaniy" jihatlarining ajratilishi faqatgina nazariyada mumkin.' Amalda esa ular ajralmas birlikda mavjud bo'ladi. Madaniyatni jamiyatning bir qismi sifatida yoki jamiyatni madaniyatning bir "qismi" sifatida o‘rganish mumkin emas.
"Ijtimoiy” va "madaniy"ni aniq ajratish mumkin emas, biroq, shuningdek, ulami toMiq tenglashtirish imkoni ham mavjud emas. Madaniyat - bu, avvalambor, odamlar o‘z hayotida ularga amal qiluvchi mohiyatlar va qimatlar majmuasidir. Inson faoliyati - har doim qiymatlar bilan bog'liq bo'lgan faoliyatdir, bu turli tadqiqotchilar tomonidan bir necha marotaba qayd qilib o‘tilgan. Atrof muhitning har bir elementini (tabiiy va ijtimoiy) inson muayyan ma’no bilan to'ldiradi. Va faqatgina ushbu ma’nolarga tayangan holda u muhit bilan o‘zaro munosabatga kirishishi, unga moslashishi, uni o‘zgartirishi mumkin. "Ijtimoiynga esa aynan odamlar orasidagi kechishi davomida qiymatlar va m a’nolar qo’llaniluvchi va shakllanuvchi o‘zaro munosabatlar jarayonining o‘zini kiritish mumkin. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda madaniyat sotsiologiyasining o‘rganish obyekti sifatida inson mavjudligining mohiyatga oid muhiti va ijtimoiy o'zaro munosabatlar sohasining o‘zaro ta’sirini ifodalash mumkin.
Madaniyat sarchashmalarini "inson tabiati"ning o ‘ziga xos xususiyatlarida izlash lozim. Inson o‘z mohiyatiga ko‘ra madaniy mavjudotdir. Eng yirik zamonaviy antropolog Klifford Girs quyidagicha yozadi:
Bir hujayrali hayvonlaming o‘zini tutish pattemlari ahamiyatli ravishda ulaming fiziologiyasi bilan bog'liq. Axborotning genetik manbalari ulaming harkatlarini o’zgarishlaming ahamiyatli darajadagi kichik soni bilan modellashtiradi va ular qanchalik kichik bo'lsa va ular qanchalik kam miqdorda izchil bo’lsa, ushbu hayvonlar rivojlanishning shunchalik past pog‘onasida joylashadi. Insonda esa ichki jihatdan garchi ahamiyatli ravishdagi plastiklik mavjud bo’lsa-da, eng umumiy javob harakatlar mavjud... ular uning harakatlarini faqatgina taxminan tartibga soladilar... bunda ular madaniyat pattemlari bilan - belgilovchi ramzlaming tartibli tizimlari bilan boshqarilmaganida - inson o‘zini boshqarilmaydigan tarzda tutgan boMar edi, uning xulqi ma’nosiz harakatlami va betartib hissiyotlami anglatgan, uning tajribasi esa umuman tartibga solinmagan bo‘lar edi. Madaniyat bu kabi pattemlaming to‘plangan yig‘indisi — bu nafaqat inson mavjudligining bezagi, balki bu - va bu uning o‘ziga xos xususiyatini aniqlash uchun o‘ta muhim - muhim shartidir.
Bu kabi qarashni qo‘llab-quvvatlashning eng ishonchli argumenti... insonning kelib chiqishi deb nomlash qabul qilingan narsani, ya’ni aynan boshqa primatlardan Homo sapiensni ajratib ko’rsatilganligini anglashni aniqlab bergan kashfiyotlardir. Uchta kashfiyot o‘ta muhim ahamiyatga ega bo’lgan: 1) jismoniy evolyusi va insonning madaniy rivojlanishi o‘rtasidagi munosabatlar tabiatiga izchil jarayon sifatida qarashdan voz kechish va mazkur jarayonning birlashtirishi yoki o‘zaro munoabati sifatida tan olinishi; 2) zamonaviy insonni yaratgan biologik o'zgarishlaming asosiy omili markaziy asab tizimida, ayniqsa, bosh miyada sodir bo‘lganligini aniqlash; 3) inson fiziologiya nuqtai nazaridan to‘liq bo'lmagan, tugallanmagan hayvon ekanligini tushunish va eng asosiysi, uni hayvondan ajratib turuvchi narsa bu uning o‘qish qobiliyati emas (bu haqiqatan ham g‘aroyib), balki uning mustaqil ravishda harakatlanishi uchun qanchalik ko‘p narsani va aynan nimani o‘rganishga majbur bo’lishidir.


Yüklə 20,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə